Yurak patologik fiziologiyasi




Download 446,49 Kb.
bet17/33
Sana11.06.2024
Hajmi446,49 Kb.
#262579
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
YURAK

Etiologiyasi: ekzogen va endogen etiologik omillar (mikroblar, viruslar, zaxarlar, yurak tomirlarining trombozlari) chaqirgan miokardning har qanday patologiyasi eksrtosistoliyaning sababi bo’loishi mumkin. Eksrtosistoliya paydo bolishiga eng ko’p moyillik qiluvchi kasalliklarga miokrditlar, yurak nuqsonlari, yurakning ishimik kaslligi, katta va kichik qon aylanish dorilari gipertoniyasi, endokrin bezlar patologiyasi (gipertireoz), allergik kasalliklar, xomsistit, gastrit, qonda katexolminlar miqdorini keskin ko’payishi kabilr kiradilar.
Patоgеnеzi
1)transmеmbran pоtеnsialning pasayishini chеgara darajasiga kеlishi, kiruvchi оqim (tоk) tizimini fоllashuviga va navbatdan tashqari qo’zg’alish paydо bo’lishiga оlib kеladi;
2)shikastlоvchi tоklarning to’ppa-to’gri ta’siri hisоbiga shikastlangan dеstabililarda tinchlik pоtеnsialining dеstabilizasiyasi paydо bo’ladi;
qo’shni kardiоmiоsitlarda har хil faоliyatli harakat pоtеnsiali paydо bo’ladi.
Ekstrosistolalarni paydo bo’lishi va rivojlanish mexanizmida yurakni qo’zgaluvchanligining nerv regulyasiyasini buzilishi va miokardda elektrolitlar almashuvining buzilishi jiddiy ahamiyatga ega.
Ekstrosistolalarning turlari ektopik o’choq lokalizasiyasiga bogliq va shunga mos holda sinusli, bo’lmachali, atrioventrikulyar tugunli, qorinchali, to’siqli bo’ladilar. Sinusli ekstrasistola uchun qo’shimcha qo’zgolish impulsini sinoatrial tugunda paydo bo’lishi esosdir.
Bo’lmachali ekstrasistola uchun EKGda quyidagi belgilar xosdir: bo’lmacha tishi P ni vaqtidan erta paydo bo’lishi va deformasiyasi; P-Q - intervali 0,12 soniyadan uzayishi, to’liq bo’lmagan kompensator pauzani bo’lishi shular jumlasiga kiradi.
Qorinchali ekstrosistola uchun EKGda quyidagi ko’rsatkichlar xosdir: P tishining yo’qligi, ekstrasistola qorinchalar majmui va asosiy ritm qorinchalar majmuini keskin farq qilishi, qorinchalar kompleksi QRS davomiyligini ortishi (0,12 soniyadan ortiq), to’la kompensator pauzaning bo’lishi shular jumlasiga kiradi.
Atrioventrikulyar (tugunli) ekstrasistola uchun P tishining o’zgarishi xos bo’lib, manfiy yo’nalishda, teskari holatda joylashadi. Bu hodisa bo’lmachalarda qo’zgalish impulsining retrograd tarqalishi bilan bogliq.

  • tugunning yuqori qismi bilan bogliq ekstrasistolalarda teskari holatdagi P tishi QRS kompleksidan oldinda bo’ladi, P-Q intervali 0,12 soniyadan kam, qorinchalar kompleksi o’zgarmaydi.

  • tugunning o’rta qismi bilan bogliq ekstrasistolalarda P tishi qorinchalar kompleksi bilan qo’shilib, uni biroz deormasiyaga olib keladi.

  • tugunning pastki qismi bilan bogliq ekstrasistolalarda teskari P tishi qorinchalar kompleksidan so’ng joylashadi.

Qorinchalar bilan bogliq ekstrasistolalar quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: P tishi bo’lmaydi, qorinchalar kompleksi QRS 0,12 soniyadan ham uzayishi kuzatiladi, so’ng to’la kompensator pauza paydo bo’ladi.
Yakka tartibdagi ekstrasistolalar jiddiy patologik o’zgarishlar chaqirmaydi. Ko’p sonli ekstrasistolalar inson sogligi va hayoti uchun havflidir.


Download 446,49 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Download 446,49 Kb.