• Etiologiyasi
  • Bo’lmachalar titrashi
  • Yurak patologik fiziologiyasi




    Download 446,49 Kb.
    bet18/33
    Sana11.06.2024
    Hajmi446,49 Kb.
    #262579
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
    Bog'liq
    YURAK

    Paroksizmal taxikardiya
    Yurak qisqarishlari - to’satdan, xurujsimon tezlashishi va xuddi shuningdek behosdan me’yoriga qaytishi bilan iodalanuvchi aritmiyaga paroksizmal taxikardiya deyiladi, bu xolat ekstrasistolik qo’zgalishni patologik sirkulyasiyasi bilan, yoki porokning geterotop avtomatizm o’chog’ini yuqori patologik folligi bilan bog’liq.
    Paroksizmal taxikardiya ketma-ket kelayotgan uchta va undan ortiq ekstrasistolalarni rivojlanishi bilan ifodalanadi.
    Ko’pincha yurak qisqarishlari bir daqiqada katta yoshlilarda 220 gacha bolalarda 260 ga etadi. Xuruj bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi.

    Etiologiyasi


    Miokard ishemiyasi, koronarokardioskleroz, yurakni revmatik nuqsonlari yurak operasiyalari, ba’zi dori vositalarini qullash (adrenalin, novokain amid va h.k.), emosional va jismoniy zo’riqish, ovqatni ortiqcha iste’mol qilish, tana holatini keskin o’zgarishi kabilar hisoblanadi.

    Patogenezi


    bu patologiya rivojlanishida Re-entry mexanizmi jiddiy ahamiyatga ega (takrori kirishi)b ya’ni bir qo’zg’alish to’lqini bo’lmachalardan qorinchalarga tomon tarqalsa, qo’zg’alish impulsini boshqa qismi teskari yo’nalishda qorinchalardan bo’lmachalar tomon retrogrod yo’nalishda tarqaladi. SHunday qilib yopiq doira (circulus movement) hosil bo’ladi, demak, qo’zg’alishni tabiiy yo’nalishi bo’lmachalardan qorinchalar tomon bo’lsa ana shu buziladi
    Paroksizmal taxikardiyaning turiga qarab va ektopik o’choq lokalizatsiyasiga qarab EKG ko’rsatkichlari o’zgaradi.


    Bo’lmachalar titrashi
    Bu bo’lmachalar qisqarishlarini keskin tezlashuvi va bir daqiqada 200-400 gacha etadi, bunda qorinchalarni to’g’ri doimiy ritmi saqlanadi.
    Bunday patologiya miokardning organik shikastlanishlarida kuzatiladi. Uni rivojlanish mexanizmi bo’lmachalar o’tkazuvchi tizimi avtomatizmi ortishi yoki qo’zg’alish impulslarni takroriy kirish (Ae-entry) bilan bog’liq. Bo’lmachalarda qo’zg’alish to’lqinlarini uzoq davom etuvchi aylanma sirkulyasiyaasiga sharoit paydo bo’ladi.
    EKGda P tishlari o’rnida doimiy bo’lmachali F to’lqinlari (bir daqiqada 200 dan 400 gacha) yozib olinadi.
    Bo’lmachalar titrashida bo’lmachalarda sirkulyasiya qilib yuruvchi qo’zg’alish to’lqinlari (bir daqiqada 250-350) bo’lmachalar bilan bog’liq paroksizmal taxikardiya (140-250) dan ancha ortiq.


    Download 446,49 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




    Download 446,49 Kb.