|
Yurak ritmi va o’tkazuvchanlikni taxlili
|
bet | 15/33 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 446,49 Kb. | | #262579 |
Bog'liq YURAKYurak ritmi va o’tkazuvchanlikni taxlili
Yurak qisqarishlari doimiyligi taxlili. Agar o’lchangan R-R oraliqlari bir xil davom etsa va olingan kattaliklar R-R oraliqlari o’rtacha davomiyligidan 10% dan farq qilmasa yurak qisqarishlar ritmi to’g’ri hisoblanadi.
Yurak qisqarishlarining sonini sanashni quyidagi formula bo’yicha bajariladi: YuQSning yurak qisqarishlar soni
YuUQS = 60/ (R-R) bunda
YuQS - yurak qisqarishlari soni;
60 daqiqadagi soniyalar soni;
R-R soniyada ifodalangan oraliq jadval bo’yicha aniqlash mumkin.
1.Jadval.
R-R davomiyligiga qarab yurak qisqarishlar soni (YuQS)
R-R oralig’ini davomiyligi
|
daqiqadagi YUQS
|
R-R oralig’ini davomiyligi
|
daqiqadagi YUQS
|
1,50
|
40
|
0.85
|
70
|
1,40
|
43
|
0,80
|
75
|
1,30
|
46
|
0,75
|
80
|
1,25
|
48
|
0,70
|
86
|
1,20
|
50
|
0,65
|
82
|
1,15
|
52
|
0,60
|
100
|
1,10
|
54
|
0,55
|
109
|
1,05
|
57
|
0,50
|
120
|
1,00
|
60
|
0,45
|
133
|
0,95
|
63
|
0,40
|
150
|
0,90
|
66
|
0,35
|
172
|
Qo’zg’alish manbaini aniklash
Sinusli ritmda musbat P tishi hamma vaqt qorinchalar majmuidan oldin bo’ladi.
Bo’lmachalar ritmida manfiy P tishi qorinchalar majmuidan oldin bo’ladi
A-B tugun bilan bog’liq ritmlarda QRS majmui o’zgarmasligi va manfiy P-tishi qayd qilinadi. Agar ektopik impuls bo’lmachalarga va qorinchalarga bir vaqtda etib borsa P-tishi QRS majmuiga qo’shiladi va EKGda ko’rinmaydi. Agar ektopik impuls avval qorinchalarga so’ng bo’lmachalarga etib borsa manfiy P tishi QRS majmuidan keyin joylashadi. Yurak qisqarishlari odatda sekinlashib bir daqiqada 40-60 tashkil qiladi.
Qorinchali yoki idioventrikulyar ritmda QRS majmui kengayadi va deformasiyalanadi. Bo’lmachalar sinus tuguni ritmida qisqaradi. SHuning uchun EKGda P-tishlarini ko’pligi va QRS majmui sonini kamligi qayd qilinadi.
|
| |