|
YUrakning arborizasion qamali
|
bet | 24/33 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 446,49 Kb. | | #262579 |
Bog'liq YURAKYUrakning arborizasion qamali
Purkin’e tolalari oxirgi shoxlari darajasida qo’zg’olishni o’tishining buzilishi bilan ifodalanadi. EKGda qorincha kompleksini kengayishi qayd qilinadi. Kam uchraydi, sababi miokardning diffuz shikastlanishidir. Prognozi noxush.
1)Baqaning yuragiga I va II gigatura qo’yib sinoaurikulyar qamalni yaratish
Tajribaning borishi:
1.Baqaning orqa miyasi zond bilan shikastlanadi. Va uni qornini yuqoriga qilib Kongeym taxtachasiga yotqiziladi.
2.Oyoqlarini rezinkali bog’lag’ich bilan mahkamlanadi.
3.Asta-sekin baqani ko’krak qaasi ochiladi va yuragini perikardan ozod qilinadi.
4.YUrakni cho’qqisiga Engil’man richagchasi bilan ulangan ignachani biriktiriladi.
5.Aortani ostiga ligatura qo’yiladi.
6.YUrakni yuqori ko’tarib so’ng venoz sinus bilan o’ng bo’lmacha o’rtasida ligaturani tugiladi, uni kuchli bog’lanmaydi.
7.Kimograf lentasida normal kimogrammani yozib olinadi.
8.So’ng ligaturani siqib bog’lanadi va Staniusni I ligaturasi paydo bo’ladi, va yurak qisqarishlar ritmi yozib olinadi.
9.I ligaturaga tegmay, yurakning tagiga boshqa ligatura tortiladi va bo’lmachalar va qorincha o’rtasi (Staniusning II ligaturasi) qo’yiladi.
10.II ligaturani tortib bog’lanadi, ligatura qo’yilganidan so’ng yurak qisqarishlari yozib olinadi.
11.Tajribaning natijalari taxlil qilinadi, tegishli xulosa chiqariladi va daftarga yoziladi.
2.CHuqur gipotermiya rivojlanishida kalamush yuragida qamal yaratish
Tajribaning borishi
1.Ikki kalamushni teri ostiga hayvon 100 g og’irligiga 10 mg hisobida geksenal yoki tiopental eritmasi jo’natiladi
2.Hayvonlarda narkoz xolati paydo bo’lganida kalamushlarni mayda hayvonlar s+++toliariga qornini pastga qilib mahkamlanadi.
3.Ikkala kalamushning rektal temperaturasi o’lchanadi.
4.Bir kalamushni juni sovuq suv bilan ho’llanadi, va polietilen xaltachaga muz bo’lakchalari solib kalamushni o’rab qo’yiladi.
5.Har 10 daqiqada rektal temperaturasi o’lchab boriladi, uning temperaturasi 200S tushugncha kuzatiladi.
6.Gipotermiya xolatidagi kalamushni ignali elektrodlar yordamida VEKSga ulanadi, uning EKGsi kuzatiladi.
7.Xuddi shu yo’sinda sog’lom kalamushni ham VEKSga ulanadi va EKGsi yozib olinadi.
8.Tajribadagi va sog’lom kalamushlar EKGsi solishtiriladi.
9.Tajribadagi kalamushda atriventrikulyar tugun va Gis tutami qamali rivojlanishi aniqlanadi.
10.Natijalar taxlil qilinadi, xulosa chiqariladi va daftarga yozib olinadi.
|
| |