|
Yurak patologik fiziologiyasi
|
bet | 32/33 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 446,49 Kb. | | #262579 |
Bog'liq YURAKQ-T - intervali QRS kompleksi boshlang’ich qismidan T-tishining ohirigacha davom etadi.
RS - T segmenti QRS kompleksini ohiridan (R yoki S tishi oxiridan) T tishini boshlanishiga davom etadi. Ikkala qorinchalarni qo’zg’alish vaqtini o’z ichiga oladi.
T - tishi qorinchalar miokardining tez oxirgi repolyarizasiya jarayonini aks ettiradi.
EKG ni tushunnishning umumi rejasi ifodalanishi
(V.V.Murashko va A.V.Strutinskiy bo’yicha, 1991 yil)
I. Yurak ritmi va o’tkzuvchanligini taxlili:
Yurak qisqarishlarining doimiyligini baholash
Yurak kisqarishlarini sonini sanash
Qo’zg’olish manbaini aniqlash
O’tkazuvchanlik funksiyasini baholash
II. Yurakni oldindan orqa, bo’ylama va ko’ndalang o’qlari atrofida aylanishini aniqlash
Frontal yo’nalishda Yurakning elektrik o’qini holatini aniqlash
Yurakni bo’ylama o’qi atrofida aylanishini aniqlash
Yurakni ko’ndalang o’qi atrofida aylanishini aniqlash
III. Bo’lmachalar P-tishini taxlili
IV. Qorinchalar majmui QRSTni tahlili
QRS - majmui taxlili
RS - T - segment taxlili
T - tishini tahlili
Q-T - intervalni taxlili
Elektrokardiografik xulosa
Yurak ritmi va o’tkazuvchanlikni taxlili
Yurak qisqarishlari doimiyligi taxlili. Agar o’lchangan R-R oraliqlari bir xil davom etsa va olingan kattaliklar R-R oraliqlari o’rtacha davomiyligidan 10% dan farq qilmasa Yurak qisqarishlar ritmi to’g’ri hisoblanadi.
Yurak qisqarishlarining sonini sanashni quyidagi formula bo’yicha bajariladi: YuQSning Yurak qisqarishlar soni
YuUQS = 60/ (R-R) bunda
YuQS - Yurak qisqarishlari soni;
60 daqiqadagi soniyalar soni;
R-R soniyada ifodalangan oraliq jadval bo’yicha aniqlash mumkin.
|
| |