32
harakat moddaning tabiatiga bog’liq bo‘lmay,
temperaturaga, suyuqlikka
aralashgan zarrachaning katta kichikligiga va suyuqlikning qovushqoqligiga
bog’liq ekanligini topdi. Broun harakatining sababi uzoq vaqtgacha aniqlanmay
keldi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida gazlar
kinetik nazariyasining
muvaffaqiyatlari asosidagina Broun harakati sababini aniqlash mumkin bo‘ldi.
Bu nazariyaga muvofiq, suyuqlik molekulalari hamma vaqt harakatda bo‘ladi,
ular suyuqlikka tushirilgan zarrachaga kelib uriladi va uni bir tomondan ikkinchi
tomonga siljitadi. Demak, Broun harakati suyuqlik
molekulalarining issiqlik
harakatidan kelib chiqadi.Kolloid zarrachaning harakat yo‘li doimo o‘zgarib
turadi, uning o‘tgan yo‘lini chizib borish juda qiyin. Perren zarrachaning turgan
joyi ma`lum vaqt ichida qancha o‘zgarishini aniqlashni taklif qildi. Kolloid
zarracha yo‘lining ma`lum vaqt ichida o‘zgarishi zarrachaning siljishi deyiladi.
5-rasm. Mastika suspenziyasi zarralarining Broun harakati
proektsiyasi.
33
5-rasmda mastika suspenziyasining zarrachasi har 30 sekundda o‘tgan
yo‘lining tekislikdagi proeksiyasi ko‘rsatilgan.
Zarrachaning siljishi Broun
harakatining qanchalik sust yoki tez bo‘layotganligi haqida fikr yuritishga
imkon beradi.