94
2. Ochiq koagulyatsiya bo‘lishi uchun elektrolit konsentratsiyasi
koagulyatsiya konsentratsiyasi (koagulyatsiya chegarasi)
qiymatidan ortiq
bo‘lishi kerak.
3. Koagulyatsiyaga elektrolitning faqat bir ioni (kolloid zarracha
zaryadiga qarama-qarshi zaryadli ioni) sabab bo‘ladi. Musbat zaryadli kolloidlar
anionlar ta`siridan, manfiy zaryadli kolloidlar esa kationlar ta`siridan
koagulyatsiyalanadi.
4. Ayni kolloidning koagulyatsiya
chegarasi birinchi navbatda
koagulyatsiyalayotgan ion valentligiga bog’liq bo‘ladi. Koagulyatsiyalayotgan
ionning valentligi katta bo‘lsa, uning koagulyatsiyalash
xususiyati ham kuchli
bo‘ladi. Tajriba ko‘rsatishicha, agar bir valentli kationning koagulyatsiyalash
xususiyatini 1 desak, ikki valentli kationniki taxminan 70,
uch valentli
kationniki
esa
taxminan
550
bo‘ladi.
Elektrolitning koagulyatsiya
konsentratsiyasi (koagulyatsiya chegarasi) 1litr zolga qo‘shilgan elektrolitning
milli mol miqdorlari bilan ifodalanadi. 1-jadvalda As
2
S
3
va Fe(OH)
3
gidrozollarini
koagulyatsiyalovchi
elektrolitlarning
konsentratsiyalari
ko‘rsatilgan.