• Liofil kolloidlarning koagulyatsiyasi
  • § 15. DISPERS SISTEMALARNING BARQARORLIGI VA




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/94
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,22 Mb.
    #105433
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
    Bog'liq
    13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

    § 15. DISPERS SISTEMALARNING BARQARORLIGI VA 
    KOAGULYATSIYA 
    Tayanch so‘z va iboralar: Kolloidlarning koagulyatsiyasi, liofil 
    kolloidlarning koagulyatsiyasi, zolga elektrolit qo‘shish bilan vujudga keladigan 
    koagulyatsiya, kolloidlarning barqarorligi va koagulyatsiyasi haqida fizik 
    nazariya. 
    Modda kolloid holatga o‘tganida uning sirti juda ortib ketishi haqida 
    yuqorida aytib o‘tildi. Shuning uchun kolloid eritmalarda dispers faza bilan 
    dispersion muhit o‘rtasida chegara sirtning potentsial energiyasi katta bo‘ladi. 
    Erkin minimumga intiladi degan prinsipga muvofiq, kolloid eritma fazalar 
    o‘rtasidagi sirt energiyani kamayishga intiladi. Shu sababli kolloid zarrachalar 
    yiriklashib umumiy sirtni kamaytiradi. Kolloid eritma zarrachalarining bir-biri 
    bilan qo‘shilib, yiriklashish hodisasi koagulyatsiya (koagullanish) deyiladi. 
    Yiriklashgan zarrachalar og’irlik kuchi ta`siri ostida eritmaning yuqori 
    qismlaridan past qismlariga tusha boshlaydi, nihoyat zarrachalar eritmadan 
    ajraladi. O‘z-o‘zicha bo‘ladigan koagulyatsiya ancha uzoq vaqt davom etadi. 
    Koagulyatsiyani turli vositalar yordamida tezlatish mumkin. Koagulyatsiya uch 
    xil yo‘l bilan: zolga elektrolit qo‘shish, zolga boshqa kolloid qo‘shish va zolni 
    qizdirish yo‘li bilan tezlashtiradi.
    Liofil kolloidlarning koagulyatsiyasi 
    Liofil (suvdagi kolloidlarda – gidrofil) kolloidlarning koagulyatsiyasi 
    o‘zining bir necha xususiyatlari bilan liofob kolloidlar koagulyatsiyasidan farq 
    qiladi. Gidrofil kolloid gidrofob kolloidga qaraganda elektrolitlar ta`siriga kam 


    93 
    beriladi. 1 l gidrofob kolloidni cho‘ktirish uchun bir necha millimol elektrolit 
    sarf etilsa etarli, lekin bir litr gidrofil kolloidni cho‘ktirish uchun bir necha mol 
    elektrolit kerak bo‘ladi. Bu vaqtda elektrolitning faqat birgina ioni emas, balki 
    ikkala ioni ham koagulyatsiya uchun xizmat qiladi.
    Umuman gidrofil kolloidlarni barqarorligi ikki omilga bog’liq: 
    birinchi omil – kolloid zarrachaning elektr zaryadi; 
    ikkinchi omil – kolloid zarrachaning sol`vat qavat bilan qoplanganligi. 
    Demak, bu holda koagulyatsiyani amalga oshirish uchun kolloidni 
    zaryadsizlash va sol`vat qobiqni yemirish zarur bo‘ladi. Buni amalga oshirish 
    uchun avval kolloidga elektrolit qo‘shib, uni neytral holatga keltiriladi; bu holda 
    cho‘kma hosil bo‘lmaydi (ya`ni koagulyatsiya jarayoni bo‘lmaydi); so‘ngra 
    sol`vat qobiqni emirish uchun spirt, atseton yoki tannin kabi moddalar qo‘shiladi 
    faqat shundan keyingina liofil kolloid cho‘kmaga tushishi mumkin. 
    Gidrofil kolloidlarning koagulyatsiyasi shu tarzda sodir bo‘lishi ham 
    mumkin; cho‘kmaga tushgan liofil zol qo‘shimcha erituvchi qo‘shilganida 
    qaytadan eritma holatiga aylanadi. Lekin oqsillardan kelib chiqqan ba`zi liofil 
    kolloidlardan cho‘kmaga tushgan oqsil qayta erimasligi mumkin. Bunday 
    koagulyatsiya qaytmas koagulyatsiya deb yuritiladi. 

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    § 15. DISPERS SISTEMALARNING BARQARORLIGI VA

    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish