89
Lippman o‘zi yaratgan kapilyar elektrometr yordamida tekshirdi. Keyinchalik
uning tadqiqotlari Gui (1910 yil), A.N. Frumkin (1919 yil) va boshqa
olimlarning ishlarida rivojlantirildi.
Faraz
qilaylik, simob metali simob tuzining suyultirilgan eritmasiga
tushirib qo‘yilgan bo‘lsin. Simob ionlarini suvning qutbli molekulalari o‘ziga
tortib olishi sababli simobning sirt tarangligi kamayib ketadi. endi simob tuzi
eritmasidagi simob sirtiga manfiy elktr zaryad
berib bu sirtni qutblay borsak,
simobning sirt tarangligi bilan simob sirtining zaryadi orasida bog’lanish
borligini kuzata olamiz. Simob sirtidagi musbat zaryad kamaygan sari simob
bilan eritma chegarasida sirt taranglik orta boradi. Simob sirtidagi barcha
musbat zaryadlar neytrallanibbo‘lganidan keyin, ya`ni
simob sirtining zaryadi
nolga teng bo‘lganida sirt tarnglik kattaligi maksimal qiymatga erishadi. Simob
sirtida manfiy zaryad oshirilaversa, simob bilan eritma chegarasidagi sirt
taranglik kamaya boshlaydi.
Agar abstsissalar o‘qiga simob sirtidagi
elektr zaryad qiymatlari,
ordinatalar o‘qiga simob bilan eritma orasidagi sirt taranglik qo‘yilsa, parabola
shaklidagi diagramma hosil bo‘ladi (19-rasm elektrokapillyar diagramma).
0
Bu diagrammada simob bilan eritma orasidagi sirt taranglikning maksimal
qiymati kuzatiladigan nuqtada simob sirtining elektr zaryadi nolga teng (
0
)
bo‘ladi. Bu nuqtada sirt taranglik zaryadga bog’liq bo‘lmaydi, binobarin, bu
90
erda
0
d
d
bo‘ladi. Lekin bu nuqtada elektr potensialning haqiqiy qiymati
nolga teng bo‘lmaydi, bu erda faqat sirtdagi potensial
qarama-qarshi tashqi
potensial bilan tenglashadi xolos.