84
sirtning anionlari orasidagi potentsiallar ayirmasini ko‘rsatadi. Demak
elektrokinetik potentsial termodinamik potentsialning faqat ma`lum
qismini
tashkil etadi.
Eritmada ionlar kontsentratsiyasi kamaysa, ular qattiq zarracha sirtidan
uzoqlashgani sababli qo‘sh elektr qavatning qalinligi ortadi,
bunda qarshi
ionlarning bir qismi adsorbsion qavatdan diffuzion qavatga o‘tadi va ξ potentsial
ortadi. Agar diffuzion qavatdagi ionlarning hammasi adsorbsion qavatga o‘tsa,
unda qo‘sh elektr qavat qalinligi adsorbsion qavat qalinligiga teng bo‘lib qoladi
va ξ - potentsial nolga teng bo‘lib, termodinamik potentsial esa o‘zgarmaydi.
Elektr-kinetik potentsialga turli omillarning ta`siri.
Elektr-kinetik potentsialga potentsialga indifferent elektrolit ta`siri.
Indifferent elektrolitlar – bularning tarkibida kolloid zarrachasini kristallik
panjarasiga ta`sir etuvchi ionlar yo‘q. Amaliyotda indiferent elektrolitlar
ta`sirida kolloidlarni koagullanishi o‘rganiladi.
Bu elektrolitlar kolloid zarrachaning umumiy potentsialiga hech qanday
ta`sir ko‘rsatmaydi. Elektrokinetik potentsial esa qarama-qarshi ionlarning
kontsentratsiyasi oshishi bilan va ikkilamchi elektr
qavatning siqilishi bilan
kamayadi.
Indifferent elektrolitlar qo‘shilganda ikki ko‘rinishni ajratish lozim:
Sistemaga qarama – qarshi ioni bilan bir xil ionli elektrolit qo‘shish.
Termodinamik potentsial kattaligi sirtga adsorbilangan barcha anionlar
bilan suyuqlikning adsorbsion va diffuzion qavatlaridagi o‘shancha kationlar
orasidagi
umumiy
potentsiallar
ayirmasini
ko‘rsatadi.
Elektrostatik
potentsialning kattaligi esa sirtga adsorbilangan anionlar sonidan adsorbsion
qavat tarkibidagi kationlar sonini olib tashlaganda qoladigan kationlar soni bilan
sirtning anionlari orasidagi potentsiallar ayirmasini ko‘rsatadi.
Sistemaga
elektrolit – stabilizator bilan ionlari umumiy bo‘lmagan elektrolit qo‘shish.
Birinchi holatda – agar barcha qarshi ionlarning valentliklari bir xil
bo‘lgan ikkilamchi elektr qavat, qalinligi diffuz qavatning siqilishi natijasida
85
adsorbsion qavat qalinligiga tenglashishga xarakat qiladi. Natijada ξ – potentsial
nolga
tenglashguncha kamayadi, bu esa sistemani izoelektrik holatiga olib keladi
(ya`ni musbat va manfiy zaryadlar tenglashadi).
Ikkinchi holatda, ya`ni elektrolit stabilizatorning ikkala ionidan
bo‘lmagan elektrolit qo‘shilganda kolloid zarrachaning qarshi ionlari ekvivalent
miqdorda qo‘shilganda elektrolit ionlari bilan almashinadi. Almashinish
ionlarning valentligiga bog’liq bo‘ladi.