• Elektroforez va elektroosmos
  • Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/94
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,22 Mb.
    #105433
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
    Bog'liq
    13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

    15-rasm. 
    Gel’mgol’ts 
    va 
    Perren tasavvur 
    qilgan 
    qo‘sh 
    elektr 
    qavatnig 
    tuzilish cxemasi 
    Bu qavat potentsial belgilovchi qavat deyiladi. Natijada 
    oralig’i 1 – 2 molekula radiusiga teng bo‘lgan qarama- 
    qarshi zaryadli ionlardan iborat qo‘sh elektr qavat paydo 
    bo‘ladi. Bunday qo‘sh elektr qavat ichida elektr 
    potentsialning qiymati xuddi kondensatordagi kabi (to‘g’ri 
    chiziq bo‘ylab) keskin o‘zgarishi lozim.(rasm 1) 
    Rasmning shtrixlanmagan qismi eritmani ifodalaydi. +q 
    va –q sirtlar orasidagi punktir chiziq elektr potentsiallar 
    qiymatini ko‘rsatadi. Bu qiymat qattiq faza bilan eritma 
    orasidagi potentsiallar ayirmasini ham ko‘rsatadi. Bu 
    sxemaning asosiy kamchiligi ionlarning suyuqlik ichidagi 
    Broun xarakati xisobga olinmaydi hamda qavatlar 
    orasidagi masofani juda kichik deb faraz qilganlar. 
     
    Gui – Chepmen nazariyasi.  1913 yilda Gui-Chepmen qo‘sh elektr qavat 
    tuzilishi haqida nazariyani yaratdilar. Bu nazariyaga ko‘ra qo‘sh elektr qavat 
    hosil bo‘lishida bir tomondan qarama – qarshi zaryadlarni ikki qavat shaklida 
    yig’ishga intilgan elektrostatik tortishuv kuchi va ikkinchi tomondan ionlarni 
    suyuqlik ichida tarqatuvchi Broun harakat kuchi borligi katta ahamiyatga ega. 
    Gui – Chepmen qo‘sh elektr qavat tartibidagi qarshi ionlar qavati diffuz (yoyiq) 
    tuzilishga ega deb faraz qildilar. 
    Elektroforez va elektroosmos 
    Kolloid zarrachalar ma`lum zaryadga ega bo‘lganligi uchun kolloid 
    eritmaga tashqaridan elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrodga tomon 
    harakat qiladi: manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat zarracha manfiy 
    elektrodga tomon boradi. Kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta`sirida 
    harakat qilish hodisasi elektroforez yoki kataforez deyiladi. Bu hodisani 1807 
    yilda Moskva universitetining professori Reyss birinchi bo‘lib kashf etgan. 
    Reyss bir parcha loyga ikki nayni (A va B naylarni) o‘rnatib, bu naylarga 
    tozalab yuvilgan qum soldi va ikkala nayga bir xil balandlikda suv qo‘ydi (16-


    80 
    rasm). So‘ngra bu suvga o‘sha vaqtda elektrning birdan-bir manbai bo‘lgan 
    Vol`t ustuni elektrodlarini tushirdi. Tok yuborilgandan bir oz vaqt o‘tgach, 
    musbat elektrod tushirilgan naydagi suv loyqalandi: loy zarrachalari sekin-asta 
    ko‘tarilib, suvda suspenziya hosil qila boshladi. Lekin shu bilan bir vaqtda bu 
    naydagi suv kamaya bordi, manfiy elektrod tushirilgan nayda esa suv ko‘tarila 
    boshladi. Reyss bu tajribasi bilan loy zarrachalari manfiy zaryadli ekanligini 
    isbotladi. Sрu yo‘l bilan elektroforez usulida kolloid zarrachalarning 
    zaryadlarini aniqlash mumkin bo‘ldi. 

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish