• Suyuq-gaz chegara sirtidagi adsorbsiya
  • Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/94
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,22 Mb.
    #105433
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94
    Bog'liq
    13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

     
    § 12 . ADSORBSIYA ISSIQLIGI 
    Tayanch so‘z va iboralar: Adsorbsiya issiqligi haqida umumiy tushuncha, 
    qattiq jism sirtidagi adsorbsiya,, sirt faol va sirt passiv moddalar, Gibbs va 
    Shishkovskiy tenglamalari, ionlar adsorbsiyasi 
    Suyuq-gaz chegara sirtidagi adsorbsiya 
    Suyuqlik sirtiga adsorbsiyalanganda suyuqlikning sirt tarangligini 
    kamaytiruvchi moddalar sirt faol moddalar deyiladi. Masalan, suvga organik 
    kislota yoki spirt (aldegid, keton, murakkab efir, oqsil va h.k.) aralashtirilsa ular 
    suvning qavatida ko‘p yig’ilib suvning sort tarangligini kamaytiradi. 
    suyuqlikning sirt tarangligini oshiruvchi moddalar esa sirt noaktiv moddalar 
    deyiladi. Suyuqlikning sirt tarangligini o‘zgartirmaydigan moddalar sirt farqsiz 
    moddalar deyiladi. Bularga disaxarid va polisaxaridlar kiradi. 
    Sirt faol moddalar assimetrik tuzilishdagi molekula bulganligi sababli ular 
    suv -xavo (suv — bug’), suv- uglevodorod (suv-yog’), suv - qattiq
    jism kabi 
    sirtlarga adsorbilanadi. Sirt faol moddani O— shaklida (yoki O~ shaklda) 
    belgilanadi. Bu shaklning doira qismi qutubli gruppalarni to‘g’ri chiziq qismi 


    72 
    esa uglevodorod radikallarini bildiradi. Molekulaning gidrofil’ qismi suvda, 
    gidrofob qismi qutbsiz fazada bo‘lganida izobar potentsial minimal qiymatga 
    ega bo‘ladi.  
    Sirt faol moddalar suvdagi eritmalarida dissotsilanish qobiliyatiga qarab 
    ionlanmaydigan va ionlanadigan (kation, anion, amfoter) sirt faol moddalarga
    bo‘linadi. 
    Kation sirt faol moddalarga birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi 
    alifatik va aromatik aminlarning tuzlari, va alkilga alkilga almashingan 
    ammoniy asoslarining tuzlari kiradi. Musbat zaryadli zarrachalarga ega bo‘lgan 
    dispers sistemalar hosil qilishda kation sirt faol moddalardan foydalaniladi. Ular 
    yaxshi flokulyant – koagulyant sifatida suvlarni tozalash va qurilish ishlarida 
    qo‘llaniladi. Anion sirt faol moddalar suvda sirt faol anionlar hosil qiladi. Ular 
    jumlasiga: a) ba`zi karbon kislotalar va ularning tuzlari (C
    17
    H
    35
    COONa-natriy 
    steorat (sovun), C
    17
    H
    33
    COONa-natriy oleat, C
    15
    H
    31
    COONa-natriy palmitat), b) 
    alkilsulfatlar – ROSO
    2
    OMe, alkilarilsulfonatlar, g)boshqa tipdagi anion gidrofil 
    gruppalari bo‘lgan moddalar (fosfatlar, tiofosfatlar va h.k) kiradi. 
    Xozirgi 
    vaqtda tarkibida C
    10
    dan C
    17
    gacha uglerod atomlari bo‘lgan sintetik yog’ 
    kislotalarning tuzlari anion sirt faol moddalar sifatida keng qo‘llanilmoqda, ular 
    o‘simlik va hayvonlardan olinadigan organik yog’ kislotalarining o‘rnini 
    bosmoqda. Bunday moddalar O‘zFA UNKI xodimlari tomonidan olinib, halq 
    xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Ionlanmaydigan sirt faol 
    moddalar suvda eriganida ionlarga parchalanmaydi. Ularni olish uchun etilen 
    oksid spirtlarga, karbon kislotalarga, aminlarga, alkilfenollarga va boshqa 
    organik moddalarga ta`sir ettiriladi. Alkilfenollarning polioksietillangan efirlari 
    kir yuvishda ishlatiladi. P.A. Rebinder barcha difil sirt faol moddalarni xaqiqiy 
    eruvchan sirt faol moddalar va kolloid sirt faol moddalar degan ikki guruxga 
    bo‘ldi. 
    Haqiqiy eruvchan sirt faol moddalar jumlasiga-kichik radikalga ega 
    bo‘lgan difil’ eruvchan organik birikmalar (quyi spirtlar, fenollar, organik 
    kislotalar, ularning tuzlari, aminlar va x.k.) kiradi. Kolloid sirt faol moddalar 
    termodinamik jihatdan barqaror kolloid (liofil’) dispers geterogen sistemalar 


    73 
    hosil qiladi va ularning asosiy xossalari: a) sirt faolligi yuqori, b) mitsellalar 
    hosil bo‘ladigan kritik kontsentratsiyadan yuqori kontsentratsiyalarga ega 
    bo‘lgan liofil’-kolloid eritmalar hosil qila oladi, v) ularning eritmalarida 
    solyubilizatsiya hodisasi kuzatiladi.


    74 
    Kolloid sirt faol moddalar kuchli adsorbilanish xossasiga ega. Dyuklo 
    Traube organik kislotalar bilan suv orasidagi bo‘ladigan ta`sirni o‘rganish 
    natijasida, kislota tarkibida bitta - CH
    2
    guruhining ortishi bilan kislotaning suv 
    sirtidagi adsorbilanishi taxminan 3,2 marta ortishini aniklagan. Sirt-faollikni 
    aniqlashda cheksiz suyultirilgan eritma asos qilib olingan.
    Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya bilan suyuqlikning sirt tarangligi 
    orasida miqdoriy bog’lanish borligini 1876 yilda V.Gibbs ko‘rsatib berdi va 
    ushbu bog’lanishni quyidagi tenglama asosida ifodaladi: 

    d
    RT
    С
    Г




    bu erda G 
    - erigan moddaning suyuklik sirt birligiga yig’ilgan mikdori; S - eritma
    kontsentratsiyasi; R - gaz konstantasi; T-absolyut temperatura; dσ/dc - 
    kontsentratsiya o‘zgarganda sirt trangligining o‘zgarishi. dσ/dc ni Rebinder sirt 
    aktivlik deb atadi. eritma kontsentratsiyasi oshganda sirt tarangligi kamaysa, 
    dσ/dc manfiy, lekin adsorbsiya G musbat qiymatga ega bo‘ladi, ya`ni modda 
    suyuqlik sirtida adsorbilanadi. Agar kontsentratsiya ortishi bilan suyuqlikning 
    sirt tarangligi ko‘paysa, dσ/dc musbat qiymatga ega bo‘ladi, unda adsorbsiya 
    sodir bo‘lmaydi. Sirt tarangligi σ izotermasi orqali adsorbsiya izotermasini 
    chizish mumkin. Izoterma orqali -
    dc
    d

    ni topib Gibbs tenglamasiga qo‘ysak 
    dc
    d
    c
    z



    ;
    RT
    z
    dc
    d
    RT
    с
    Г





    bo‘ladi. Bir necha sirt tarangligi σ nuqtalarini 
    topib adsorbsiya izotermasini chizish mumkin (rasm 5). 


    75 
    Dyuklo Traube organik kislotalar bilan suv orasidagi bo‘ladigan ta`sirni 
    o‘rganish natijasida, kislota tarkibida bitta - CH
    2
    guruhining ortishi bilan 
    kislotaning suv sirtidagi adsorbilanishi taxminan 3,2 marta ortishini aniqlagan.
    Eritmalarning sirt tarangligi bilan kontsentratsiyasi orasidagi boglanish 
    Shishkovskiy B. A. tenglamasi orqali ifodalanadi: σ
    0
    σ = Bln (l+AC); 
    bundagi σ
    0
    —toza erituvchining sirt tarangligi; σ —eritmaning sirt tarangligi; A 
    — va V emperik konstantalar. 
    Qattiq jism sirtida suyuqliklarning adsorbsiyasi katta ahamiyatga ega, chunki u 
    zollarning xosil bo‘lishi, barqarorligi va ularni buzish asosida yotadi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish