• Qattiq-gaz chegara sirtidagi adsorbsiya.
  • Lengmyurning monomolekulyar adsorbsiya nazariyasi
  • Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/94
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,22 Mb.
    #105433
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94
    Bog'liq
    13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

    12-rasm. Adsorbsiya izotermasi. 
    Adsorbsiya izotermasi (rasm-1) 3 ta qismdan iborat bo‘lib, birinchi 
    qismda grafikni boshidagi to‘g’ri chiziqda adsorbsiya R va S ga proportsional 
    ravishda o‘zgaradi. Ikkinchi egri qism va abtsissa o‘qiga parallel to‘g’ri chiziq 
    maksimal miqdordagi adsorbsiyani ifodalaydi. 
    Qattiq-gaz chegara sirtidagi adsorbsiya. Freyndlix formulasi o‘zgarmas 
    temperaturada qattiq adsorbent sirtiga yutilgan gaz yoki erigan modda miqdori 
    bilan adsorbent og’irligi orasidagi bog’lanish Freyndlixning adsorbsiya 
    tenglamasi bilan ifodalanadi: 
    G = 
    = K∙S
    1/n
    , bu erda X – yutilgan modda miqdori; m – adsorbentning 
    massasi; S – eritmaning adsorbsion muvozanat vaqtidagi kontsentratsiyasi; K va 
    1/n - tajribadan topiladigan o‘zgarmas qiymatlar. K-adsorbilanuvchi modda 
    tabiatiga bog’liq. Uning fizik ma`nosi shuki, agar S = 1 va m = 1 bo‘lsa K = X 
    teng bo‘ladi. n– ning qiymati 1.5 bilan 5 orasida bo‘ladi. Freyndlix formulasi 
    asosida G ni hisoblash uchun formuladagi K va n konstantalarning son 
    qiymatlarini topish kerak.
    Buning uchun grafik usulidan foydalanamiz va formulani Logorifm shaklda 
    yozamiz: 
    orasidagi bog’lanish grafikda to‘g’ri chiziqni 
    beradi.


    70 
     
    13-rasm. Freyndlix formulasining logarifmik koordinatalarda chizilgan 
    grafigi. 
    Shunday qilib bir necha kontsentratsiyada x/m ni aniqlab grafikdan K va n 
    ni topamiz. Bu formula o‘rtacha kontsentratsiya va bosimlarda to‘g’ri natija 
    beradi.
    Lengmyurning monomolekulyar adsorbsiya nazariyasi 
    1916 yil Lengmyur bu nazariyani yaratganda quyidagilarga asoslangan: 
    Adsorbsion kuchlar ma`lum atomlar atrofida lokallangan bo‘lib, ularning tabiati 
    ximiyaviy kuchlar tabiatiga yaqin bo‘ladi. Adsorbsiya jismning hamma joylarida 
    emas, balki uning adsorbsion markazlar deyiladigan qismlarida ketadi. 
    Adsorbsion sirtga yutilgan modda monomolekulyar qavat hosil qiladi. 
    Adsorbsion molekulalar bir-biriga ta`sir qiladi. Adsorbilangan molekulalar bir-
    biri bilan ta`sirlashmaydi. Qattiq jism va gaz chegara sirtidagi adsorbsiya uchun 
    Lengmyur formulasi: G=G∞
    Bu tenglama kichik va katta bosimlarda adsorbsiyani to‘g’ri aks ettiradi. 
    Bosim juda kichik bo‘lsa, bu formuladagi 1+kr ni hisobga olmasa ham bo‘ladi 
    va u izotermadagi birinchi to‘g’ri chiziqni ifodalaydi, katta bosimlarda esa Kr=1 
    bo‘ladi, unda G=G∞ bo‘ladi, yani adsorbiya maksimumga etgandan keyin bosim 
    ortsa ham adsorbsiya o‘zgarmay qoladi.Eritmalar uchun esa bu formula: G = 


    71 
    G∞
    G – solishtirma adsorbsiya; G∞ - maksimum solishtirma 
    adsorbsiya; S – eritmaning adsorbsion muvozanat vaqtidagi kontsentratsiyasi; K 
    – konstanta. 
    Lengmyur nazariyasini pog’onali adsorbsiya uchun qo‘llash mumkin (rasm-3): 
    1 – pog’ona kam kontsentratsiya yoki bosimda eng aktiv markazlarni to‘lishini; 
    2 – pog’ona yuqori kontsentratsiya yoki bosimda aktivligi kam bo‘lgan 
    markazlarni to‘lishini va xokazolarni ko‘rsatadi. 
    Lekin yuqori kontsentratsiyalarda g’ovakli adsorbentlarda adsorbsiya 
    izotermasi uchun monomolekulalar nazariyani qo‘llab bo‘lmaydi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish