68
§ 11. ADSORBSIYA
Tayanch so‘z va iboralar: Adsorbsiya haqida umumiy tushuncha, qattiq
jism sirtidagi adsorbsiya, Freyndlix formulasi, Lengmyurning monomolekulyar
adsorbsiya nazariyasi, Polyanining polimolekulyar adsorbsiya nazariyasi.
Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari,
atomlari
yoki ionlari yig’ilishiga adsorbsiya deyiladi. Yutilish xajm bo‘yicha ketsa
absorbtsiya deyiladi. O‘z sirtiga boshqa modda zarrachalarini yutgan modda
adsorbent, yutilgan modda esa adsorbtiv deyiladi.
Adsorbsiya jarayoni satx
yuzasida ketadigan hodisa bo‘lib u liozollarning koagullanishi, kolloid
cho‘kmalarni peptizatsiyasi, zarracha zaryadining o‘zgarishi, ularni xo‘llanishi
va boshqalar bilan bog’liqdir.
Adsorbsiya ikki xil – fizikaviy va kimyoviy bo‘ladi.
Birinchisi qaytar
bo‘lib, u molekulalararo kuchlar ta`siriga bog’liq, adsorbsiyada bir – biriga
qarama-qarshi ikki jarayon sodir bo‘ladi: biri yutilish bo‘lsa, ikkinchisi yutilgan
moddaning desorbtsiyasidir. Har qanday qaytar jarayondagi kabi,
yutilish va
ajralib chiqish jarayonlarining tezliklari tenglashib, sistema adsorbsion
muvozanat holiga keladi. Bu esa sistemada moddaning
issiqlik harakati tufayli
bir tekis tarqalishiga olib keladi.
Yutilgan modda miqdorini aniqlash uchun tajribada adsorbtivning
adsorbsiyadan oldingi va keyingi kontsentratsiyalari topiladi. Adsorbentning 1
sm
2
sirtiga yutilgan moddaning g/mol hisobidagi miqdoridan adsorbsiyani mol
/sm
2
yoki mol /m
2
ifodalanadi va G bilan belgilanadi:
G
= ,
bunda X – yutilgan modda miqdori; S – adsorbent sirti.
Adsorbsiyani quyidagicha xarakterlash mumkin:
Yutilgan modda miqdorini temperaturaga bog’liqligi:
G = f(T) R = const (izobara) yoki S = const (izopika)
Bosim yoki kontsentratsiyani temperaturaga bog’liqligi:
R = f(T), S = f(T) (R va S – muvozanatda) G = const (izoterma)
Yutilgan modda miqdori bosim yoki temperaturaga bog’liq:
69
G = f(R), G = f(S) (R va S – muvozanatda) T = const (izoterma)
Bulardan ko‘pincha adsorbsiya izotermasida foydalaniladi.