Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

 
 


65 
3-jadval 
Floridinning turli erituvchilarda ho‘llanish issiqliklari 
Ho‘llanuvchi 
modda 
Erituvchi
Ho‘llanish issiqligi 
J/ g hisobida 
Floridin 
Floridin 
Floridin 
Floridin 
Floridin 
Floridin 
Atseton 
Etilatsetat 
Xloroform 
Benzol 
Tetraxlormetan 
Ligroin (60

dan 80
0
gacha bo‘lgan fraksiya) 
114,2 
77,4 
35,2 
23,4 
19,4 
17,6 
Qutbli molekulalardan iborat moddalarning qutbli erituvchilardagi 
ho‘llanish issiqligi katta bo‘ladi, qutbsiz molekulalardan tuzilgan moddalar esa 
qutbsiz suyuqliklarda katta ho‘llanish issiqligi namoyon qiladi. 
Moddalarning ho‘llanish issiqligiga uning solishtirma sirti nihoyatda katta 
ta`sir ko‘rsatishini nazarda tutib, P.A. Rebinder biror moddaning qutbli 
suyuqlik (masalan, suv) bilan o‘zaro ta`sir etish intensivligini xarakterlash uchun 
o‘lchov sifatida ayni modda suvda ho‘llanish issiqligi Q
1
ning uglevodorodlarda 
ho‘llanish issiqligi Q
2
ga α dan foydalanishni taklif etdi: 
2
1
Q
Q
a

(29) 
Agar α>1 bo‘lsa, sirt gidrofil, α<1 bo‘lganda esa gidrofob bo‘ladi. 
Qattiq jismning suyuqlik bilan ho‘llanishiga oid turli jarayonlarda gaz 
faza (yoki bo‘shliq) bilan suyuqlik chegarasidagi sirt sferik (do‘ng yoki botiq) 
shaklga ega bo‘lganligi tufayli kapillyar bosim yuzaga chiqadi. Suyuqlikka 
kapillyar naycha tushirilganida naycha ichidagi sirt do‘ng bo‘lsa, sirtda turgan 
molekulani suyuqlik ichiga tortadigan molekulalar soni tekis sirtdagiga 
qaraganda kamroq bo‘ladi. Lekin botiq sirtda turgan molekulani suyuqlik ichiga 


66 
tortadigan molekulalar soni tekis sirtdagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. 
Binobarin, botiq sirt bo‘lgan holda molekulalar orasidagi o‘zaro tortishuv 
kuchliroq ifodalanadi. Shu sababdan qattiq jism ho‘llanganida suyuqlik sirtining 
tekis holati bilan sferik holatida namoyon bo‘ladigan bosimlar orasida kapillyar 
bosim deb ataladigan ayrim bosim yuzaga chiqadi. Uni ∆P bilan ifodalasak, 
quyidagi tenglamaga ega bo‘lamiz: 
∆R =R
sfer.sirt
–R
tekis sirt
(30) 
(bunda R
sfer.sirt 
–sferik sirtli suyuqlik bosimi, R
tekis sirt
–tekis sirt hosil qiluvchi 
suyuqlik bosimi). 
Laplas o‘zgarmas temperaturada bu masalani tekshirib, kapillyar bosim 
ikki kattalikka bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Ulardan biri suyuqlikning sirt 
tarangligi, ikkinchisi suyuqlik qattiq jismni ho‘llaganida hosil bo‘ladigan sferik 
sirtning radiusidir. Laplas topgan tenglama quyidagidan iborat: 
R
P

2


(31) 
Bu erda σ –sirt taranglik, R –sferik sirt radiusi. Bu tenglamadan 
ko‘ramizki, tekis sirt hosil bo‘lganida ∆R=0 bo‘ladi (chunki 


P

0
1


), 
do‘ng sirtli holat uchun ∆R>0; ∆R musbat qiymatga, botiq sirtli holatda 
manfiy qiymatga ega bo‘ladi. 
Laplas tenglamasining ko‘rsatishicha, hajmiy fazalar orasida kapillyar 
bosim ∆R sirt taranglik σ ortishi bilan ortadi, lekin sferik radius ortganda ∆R 
kamayadi. Yana shuni ham aytib o‘tish kerakki, Laplas tenglamasiga asoslanib, 
suyuqliklarning sirt tarangligini o‘lchash uchun pufakchalarning eng katta 
bosimini aniqlash metodi yaratilagan. 

Download 3,22 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish