58
10-rasm. Qattiq jismni ho‘llamaydigan suyuqlik.
Agar chet burchak 180
o
ga teng (ya`ni θ=π) bo‘lsa, suyuqlik qattiq jismni
sira ham ho‘llamaydi. Lekin amalda bunday moddalar uchramaydi, juda o‘z
bo‘lsa ham suyuqlik qattiq jismni ho‘llaydi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, har
bir suyuqlik ba`zi qattiq jismlarni ho‘llaydi, ba`zilarini ho‘llamaydi. Masalan,
suv toza shisha sirtini ho‘llaydi, ammo parafin sirtini ho‘llamaydi; simob shisha
sirtini ho‘llamaydi, lekin toza temir sirtini ho‘llaydi. Suv bilan ho‘llanadigan
qattiq jism sirti gidrofil sirt
deb ataladi, ho‘llanmaydigan sirt gidrofob yoki olefil
sirtlar deyiladi. Parafin, talk, grafit, oltingugurt sirtlari shular jumlasiga kiradi.
Sirtlarni sun`iy ravishda biror suyuqlik bilan ho‘llanadigan yoki
ho‘llanmaydigan qilish mumkin. Masalan, biror qattiq uglevodorodning sirtiga
sirt-faol
modda surkab, uni suv bilan ho‘llanadigan holatga keltirish mumkin.
Ho‘llanish turli texnologik harayonlarda chunonchi, ruda va ko‘mirlarni
boyitishda katta rol o‘ynaydi. Suvda “kambag’al ruda”
suspenziyasi tayyorlab,
unda maxsus sirt-faol modda qo‘shilganida, qimmanbaho rudaning sirti
gidrofoblanadi, bo‘sh jins, ya`ni kvarts,
silikatlar, ohaktoshlar ho‘llanib, suv
tagiga cho‘kadi. Suspenziya orqali havo oqimi o‘tkazilganida sirti
gidrofoblangan ruda zarrachalari ko‘pik holida suyuqlikning yuziga chiqadi. Bu
jarayon rudaning flotatsiyasi (boyitilishi) deb ataladi.
Keyingi vaqtlarda
flotatsiya sanoatning boshqa sohalarida ham qo‘llaniladigan bo‘ldi.