54
sirtda besh tur hodisa sodir bo‘lish imkoniyati mavjud. Bularning barchasida sirt
energiya boshqa tur energiyaga aylanishi mumkin. Energiyaning bu aylanishlari
– disperslik darajasi o‘zgargan sari moddaning kimyoviy reaksiyalarga kirishish
qobiliyatining adgeziya (yani turli xil shakldagi moddalarning molekulalari
orasidagi o‘zaro tortishuv kuchlarining namoyon bo‘lishi) va kogeziya (ya`ni
bunda bir tur fazaga oid modda molekulalari orasidagi o‘zaro tortishish kuchlari)
o‘zgarishi bilan, kappilyarlik hodisalari bilan, adsorbsiya va elektr
potensiallarning o‘zgarishi bilan birgalikda sodir bo‘ladi.
Ikki faza orasida barqaror chegara sirt mavjudligining asosiy sharti – erkin
sirt energiyasining musbat ishorali bo‘lishidir. Agar bu energiyaning qiymati
manfiy ishorali (yoki nol) bo‘lsa, chegara sirt mavjud bo‘lmaydi, bunda
tasodifiy fluktatsiyalar tufayli bir faza ikkinchi fazaga tarqalib ketadi.