46
zollarining o‘tayotgan yorug’likdagi rangi yutilgan nurning to‘lqin
uzunligiga
ham bog’liq. Projector nuri, tuman, tutun havo ranglidir. Osmonning ko‘k tusda
bo‘lishiga sabab quyosh nurining havo qavatlarida to‘lqin uzunligiga qarab turli
darajada tarqalishidir.
Agar
jismga
tushayotgan yorug’likning to‘lqin uzunligi jism
zarrachalariga qaraganda kichik bo‘lsa, yorug’lik geometrik optika qonunlariga
muvofiq jismdan qaytadi. Lekin jism zarrachalarining
kattaligi tushayotgan
nurning to‘lqin uzunligidan ancha kichik (masalan, uning 0,1 qismi qadar)
bo‘lsa, bu holda sodir bo‘ladigan optik hodisalar ichida yorug’likning tarqalishi
asosiy o‘rinni tutadi. Shuning uchun kolloid dispers va dag’al sistemalar ko‘zga
ko‘rinadigan yorug’lik nuri bilan yoritilganda, dispers faza zarrachalari
tushayotgan yorug’lik nurlarini tarqatib yuboradi.
Dispers sistemadan intensiv
yorug’lik nuri o‘tkazib, sistemaga yorug’lik nuri qo‘nalishiga nisbatan biror
burchak ostida qaraganimizda, uning ichida yorug’ konusni ko‘ramiz. Bu
hodisani avval Faradey, so‘ngra Tindal tekshirgan edi. Shuning uchun bu hodisa
Tindal-Faradey effekti deb ataladi. Tindal-Faradey effektini ko‘rish
uchun
to‘rt qirrali shisha idishga (kyuvetaga) dispers sistema (C) solinadida, qora parda
oldiga qo‘yilib, proektsion fonar (A) bilan yoritiladi (8-rasm). Bu tajribada
yorug’ konus hosil bo‘ladi,
buning sababi shundaki, kolloid zarrachalarga
tushgan yurug’lik zarrachalar tomonidan tarqatiladi, natijada har qaysi zarracha
xuddi yorug’lik beruvchi nuqtadek bo‘lib ko‘rinadi. Mayda zarrachalarning
yorug’lik tarqatish hodisasi opalestsensiya deyiladi.
chin eritmalarda, toza
suyuqliklar aralashmasida yorug’lik nihoyatda kam tarqaladi va Tindal-Faradey
effekti yuz bermaydi. Uni faqat maxsus asboblar yordamida ko‘rish mumkin.
ba`zan tashqi ko‘rinishiga qarab kolloid eritmani chin eritmadan ajratib
bo‘lmaydi, ayni sistemani kolloid yoki chin eritma ekanligini aniqlashda Tindal-
Faradey effektidan foydalaniladi. Tindal-Faradey effektining intensivligi zolning
disperslik darajasi ortishi bilan kuchayadi, disperslik ma`lum darajaga borganda
maksimumga etadida, so‘ngra pasayadi.
47
Dag’al dispers sistemalarda (ularning zarrachalari yorug’lik to‘lqin
uzunligidan katta bo‘lganligi sababli) muhit-zarracha chegarasida yorug’likning
tartibsiz qaytishi va betartib sinishi natijasida yorug’likning sochilishi hodisasi
kuzatiladi. Dag’al diapers sistemalarda to‘lqin uzunliklari turlicha bo‘lgan nurlar
bir xilda tarqaladi. Agar sistemaga oq nur tushsa, sistemadan tarqalgan nur ham
oq bo‘ladi.
Kolloid zarrachalardan nurning tarqalish hodisasi o‘sha nurning to‘lqin
uzunligiga bog’liq bo‘ladi. Reley qonuniga muvofiq,
kolloid sistema orqali
yorug’lik o‘tayotganida difraksiya tufayli tarqalgan yorug’likninf intensivligi
kolloid zarrachalarning soniga, zarracha hajmining kvadratiga mutanosib bo‘lib,
tushayotgan nur to‘lqin uzunligining to‘rtinchi darajasiga nomutanosibdir:
2
2
2
2
1
2
2
2
1
4
2
0
)
2
(