Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

Nefelometriya usuli 
“Opalestsensiya” 
hodisasiga 
asoslanib, 
kolloid 
eritmalarning 
kontsentratsiyasini va kolloid zarrachalarning o‘rtacha o‘lchamini aniqlaydigan 
asbob – nefelometr deb ataladi (10-rasm). Agar ma`lum nur manbaidan 
foydalanilsa, aniq dispers faza va aniq dispersion muhitlar uchun Reley 
tenglamasiga kiradigan ba`zi kattaliklar (n
1
, n
2
, λ, ρ) o‘zgarmay qoladi. Shundan 
Reley tenglamasi quyidagi qisqa shaklni oladi: 
0
I
V
C
K
I




bu erda: 
const
n
n
n
n
p
K










2
2
2
2
1
2
2
2
1
4
3
2
24


Nefelometrik tekshirishlar uchun ikkita bir xil tsilindrik idish olib (4,5), 
ularning biriga kontsentratsiyasi ma`lum (standart) kolloid eritma, ikkinchisiga 
tekshirish uchun berilgan kolloid eritma solinadi. Ikkala idish bitta yorug’lik 
manbaidan yoritiladi (1). Bu vaqtda ikkala idishda Tindal effekti vujudga keladi. 
Kolloid eritmalardan tarqalgan nur asbobning tepa qismidagi okulyarga tushadi 
(10). Sinaladigan kolloid eritmaning kontsentratsiyasi standart kolloid eritma 
kontsentratsiyasiga teng bo‘lmasa, ikkala kolloid eritmalardan tarqalgan 
yorug’likning intevsivligi har xil bo‘ladi. Natijada okulyarda ko‘rinadigan ikkita 
yarim doiraning biri yorug’roq va ikkinchisi qorong’iroq bo‘ladi. Kolloid 
eritmalardan tarqalgan yorug’likning intensivligi zolning kontsentratsiyasiga 
proportsional bo‘lgani uchun sinaladigan va standart kolloid eritmaga tushgan 
nurlar bir xil sonli zarrachalardan tarqalgandagina okulyardagi ikkala yarim 


51 
doira bir xilda yoritiladi. Silindrik shisha idishlardan birini (2,3) (maxsus 
moslama yordami bilan) yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish orqali 
idishdagi kolloid eritmalarning yoritiladigan balandliklarini o‘zgartirib ikkala 
yarim doirani birdek yoritishga erishish mumkin. Faraz qilaylik, bu balandliklar 
h
1
va h
2
bo‘lib, ikkala eritmadagi kolloid zarrachalarning hajmlari bir-biriga teng 
bo‘lsin, u holda ikkala eritma uchun K=KV=const bo‘ladi. Doiraning ikkala 
yarim qismlari bir xilda ravshanlikka ega bo‘lganligi sababli: 
I
1
=I
2
=K
.
C
1

I
01
=K
.
C
2
.
I
02
tenglikka ega bo‘lamiz. Bu erda I
01
– sinalayotgan eritmadagi yorug’lik kuchi, 
I
02
–standart kolloid eritma solingan idishdagi yorug’lik kuchi, C
1
– sinaladigan 
eritma 
kontsentratsiyasi, 
C
2
–standart kolloid eritma kontsentratsiyasi. 
Yuqoridagi tenglamani o‘zgartirib, quyidagicha yozamiz: 
1
2
2
01
02
2
1
h
h
C
I
I
C
C


demak, 
1
2
2
1
h
h
C
C

asosida C
1
ni hisoblay olamiz.

Download 3,22 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish