Sirt qavatning umumiy xarakteristikasi




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

Sirt qavatning umumiy xarakteristikasi 
Suyuq va qattiq jismlardan iborat sistemalardagina fazalararo sirtlar 
mavjud bo‘la oladi. Suyuq va qattiq gomogen fazalarning ichki tuzilishi 
o‘zgarishi bilan sirt qavat shakli va xossalari o‘zgaradi. 
Suyuqlik molekulalari doimo harakatda bo‘lganligi tufayli unda bug’ 
bosimi paydo bo‘lib, sirtida bug’lanish, kondensatlanish kabi hodisalar 
to‘xtovsiz sodir bo‘lib turadi, binobarin suyuqlik sirti doimo yangilanib turadi. 
Molekulalararo kuchlar mavjud bo‘lgani uchun suyuqlik ma`lum 
qalinlikdagi sirt hosil qilib turadi. Suyuqlik sirt qavatning ichki chegarasi 
sirtidan boshlab suyuqlikning hajmidagi tuzilishi boshlanadigan chuqurlikka 
qadar davom etadi. Sirt qavatining qalinligi bir necha molekula diametri 
kattaligiga teng.
Qattiq jism sirti dastlab qanday shaklda bo‘lsa, uzoq vaqt o‘sha shaklda 
qoladi. Suyuqlik – suyuqlik (2 ta suyuqlik) orasidagi sirt qavat 2 qismdan iborat: 
uning bir qismi 1 – suyuqlikda, ikkinchisi esa 2 – suyuqlikda bo‘ladi.
 
 


55 
Suyuqlikning sirt tarangligi va to‘liq sirt energiya 
Suyuqlikning ichki qismidagi molekulani boshqa molekulalar hamma 
tomondan bir xilda tortib turadi va barcha kuchlar bir-birini muvozanatlaydi. 
Lekin suyuqlik sirtida turgan molekulalarni suyuqlik ichidagi qo‘sh molekulalar 
kuchliroq tortadi, gaz fazadagi molekulalar o‘sha molekulani juda o‘z kuchi 
bilan tortadi. Shu sababli suyuqlik sirtida turgan molekulalar mumkin qadar 
suyuqlik ichiga kirishga intiladi. Boshqacha aytganda, suyuqlik o‘z sirtini 
kattalashtirish uchun ish sarf qilishi kerak. Aksincha, suyuqlik sirti kamayganida 
energiya ajralib chiqadi. Demak, suyuqlik sirt qavati ma`lum energiya zahirasiga 
ega. U suyuqlikning sirt energiyasi deyiladi. 
 
Suyuqlik sirtini 1 sm
2
ga kattalashtirish uchun sarf qilish kerak bo‘lgan 
energiya miqdori shu suyuqlikning sirt taranglik koeffitsienti yoki to‘g’ridan- 
to‘g’ri sirt tarangligi deyiladi.
Sirt taranglikning kelib chiqish sababi suyuqlik molekulalari orasidagi 
bog’lanishdir. Ayni modda molekulalari orasidagi bog’lanish qancha kichik 
bo‘lsa, ularning sirt tarangligi shuncha katta qiymatga ega bo‘ladi. Bundan 
quyidagi xulosa kelib chiqadi: qutbli suyuqlikning suyuq-gaz chegarasidagi sirt 
tarangligi qutbsiz suyuqliklarning sirt tarangligidan katta bo‘ladi.
Suyuqliklar ichida simob eng katta sirt taranglikka ega, undan keyin suv 
va organik moddalar turadi, siqilgan gazlar eng kichik sirt taranglik namoyon 
qiladi. 
Suyuqliklarda sirt taranglikning temperatura koeffitsienti 
dT
d

to kritik 
temperaturagacha deyarli o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi. Kritik temperaturaga 
etganda suyuq va gaz fazalar orasidagi farq yo‘qolib sirt taranglik nolga teng 
bo‘ladi. Suyuqlik – suyuqlik sistemada ham, kritik erish temperaturada (yani 
ikkala suyuqlik bir – birida cheksiz eruvchan bo‘lib qolgan temperaturadan 
keyin) sirt taranglik nolga teng bo‘lib qoladi. 

Download 3,22 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish