Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

Ho‘llanish issiqligi 
Ho‘llanish sirt energiyaning kamayishi bilan sodir bo‘ladigan o‘z –o‘zicha 
boruvchi jarayondir. Biror adsorbent suyuqlikka tushirilganida ho‘llanish 
issiqligi ajralib chiqadi. Uning qiymati: 
Q=S
sol
(E
1
-E
2
) (27) 
bilan ifodalanadi. Bu erda S
sol
adsorbentning solishtirma sirti; E
1
– 
adsorbentning adsorbent-havo chegarasidagi to‘liq sirt energiyasi; E
2
– 
adsorbentning adsorbent-suyuqlik chegarasidagi to‘liq sirt energiyasi. 
Differensial va integral ho‘llanish issiqliklari bo‘ladi. Bu issiqliklarning 
qiymatlari qattiq jismni ho‘llaydigan suyuqlik miqdoriga bog’liq. Differensial 
ho‘llanish issiqligini quyidagicha ta`riflash mumkin. Ma`lum (x) miqdor 
zarrachalarni adsorblab olgan suyuqlik sirtiga cheksiz kam miqdor suyuqlik 
qo‘shilganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori Q
xd
– differensial ho‘llanish 
issiqligi deb ataladi. Uning kattaligi J mol
-1
m
2
lar bilan ifodalanadi. Qattiq jism 
sirtiga qo‘yilgan tomchi ustiga yana tomchilar qo‘shila borganida sistemaning 
differensial ho‘llanish issiqligi kamaya boradi. Binobarin differensial ho‘llanish 
issiqligining maksimal qiymati qattiq jism sirtidagi suyuqlik miqdori nolga teng 
bo‘lgan holatdagi ho‘llanishga, ya`ni fazalarning ajralish chegarasiga muvofiq 
keladi. Bu qiymat ekstrapolyatsiya usulida aniqlanadi. Differentsial ho‘llanish 
issiqligi doimo musbat qiymatga ega, chunki ho‘llanish paytida har doim issiqlik 
ajralib 
chiqadi. 
Sirt 
suyuqlikning 
yakka-yakka 
molekulalari 
qavati
(monomolekulyar qavat) bilan to‘lganida Q
xd 
nolga teng bo‘ladi.
Termodinamik mulohazalar yuritish natijasida differentsial ho‘llanish 
issiqligi sof adsorbsiya issiqligiga teng ekanligi aniqlandi. 
Integral ho‘llanish Q
i
issiqligi deganda sirt birligiga x miqdor suyuqlik 
berilganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini tushunmoq kerak. Ayni sirt 


64 
bilan qancha ko‘p miqdor suyuqlik o‘zaro ta`sirlashsa, shuncha ko‘p integral 
issiqlik ajralib chiqadi. Integral ho‘llanish issiqligi bilan differentsial ho‘llanish 
issiqligi orasida quyidagi bog’lanish bor: 
dx
Q
Q
d
x
i


0
(28) 
Agar berilgan suyuqlik miqdori sirt bilan o‘zaro ta`sirlashadigan 
miqdordan ortiq bo‘lsa, bu holda kuzatiladigan integral issiqlik to‘g’ridan –
to‘g’ri ho‘llanish issiqligi deb yuritiladi. Sirtda monomolekulyar qavat hosil 
bo‘lganida Q

to‘liq ho‘llanish issiqligiga teng bo‘ladi. Umumiy sirti katta 
bo‘lgan sistemalar (kukun va g’ovak jismlarning) ho‘llanish issiqligi J/m
2
yoki 
J/g bilan ifodalanadi. Ko‘pincha uning qiymatlari 5-1000 J/g atrofida bo‘ladi. 
Ho‘llanish vaqtida issiqlik chiqarishi sababli suyuqlik hajmi kattalashishiga 
asoslanib tajribada ho‘llanish issiqligini aniqlash mumkin. Buning uchun Dyuar 
idishi olib uning ichiga kapillyar naychaga ulangan probka tushiriladi, bu 
probkaga bir-biridan ajratilgan sanaladigan suyuqlik va qattiq jism joylangan 
bo‘ladi. 
Kapillyar naychaga hajmi issiqdan kattalashadigan suyuqlik (masalan, 
toluol) solingan va naycha darajalangan bo‘ladi. Probka chayqatilganda 
ho‘llovchi suyuqlikka ho‘llanuvchi qattiq jism (odatda kukun holatda) tekkanida 
ho‘llanish issiqligi chiqishi tufayli kapillyar naychadagi toluolning sathi 
balandlashadi. Bu balandlikni o‘lchab, ho‘llanish issiqligini hisoblab chiqarish 
mumkin. 
Temperatura ortishini maxsus termometr yoki termopara yordamida 
o‘lchaydigan maxsus kalorimetrlar yordami bilan ham ho‘llanish issiqligini 
aniqlash mumkin. 
Quyidagi jadvalda floridinning turli erituvchilarda ho‘llanish issiqliklari 
keltirilgan. 

Download 3,22 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish