• Kogeziya va adgeziyaning miqdoriy xarakteristikasi
  • -jadval  Har qaysi modda o‘zining chet burchagi qiymatiga ega




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/94
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,22 Mb.
    #105433
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
    Bog'liq
    13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

    2-jadval 
    Har qaysi modda o‘zining chet burchagi qiymatiga ega 
    Modda kvars 
    malaxit galenit 
    grafit 
    talk 
    Oltingugurt Parafin 
    Θ 
    0
    o
    17
    o
    47
    o
    55-60
    o
    69
    o
    78
    o
    105
    o
    Bu qatorda kvarsdan parafinga o‘tgan sari suv bilan ho‘llanilish intensivligi 
    kamaya boradi. Bu erda ham tanlab ta`sir etish kuzatiladi: har qaysi suyuqlik 
    qutblanganligi jihatdan o‘ziga yaqin qattiq jism sirtini ho‘llaydi. 
    Kogeziya va adgeziyaning miqdoriy xarakteristikasi 
    Ayni fazadagi modda zarrachalari (atom va molekula) orasidagi o‘zaro 
    tortishish kuchlarining namoyon bo‘lishi kogeziya deb ataladi. Kogeziya 
    moddaning uzilishiga bo‘lgan qarshiligini, ichki bosimi va hokazo xossalarini 
    xarakterlaydi. Kogeziyani yengish uchun sarflanadigan energiya modda 
    ko‘ndalang kesimi yuzining 1 sm
    2
    ga tog‘ri keladigan ish miqdori bilan 
    ifodalanadi. Agar kesim yuzi 1 sm
    2
    bo‘lgan jism uzilsa, 2 sm
    2
    yangi sirt hosil 
    bo‘ladi. Shu sababli kogeziyani yengish uchun bajarilgan ish: 
    A
    k
    =2σ (18) 
    formula bilan ifodalanadi (bu erda σ sinaladigan jismning havo bilan 
    chegarasida sirt tarangligi). 
    Agar modda bug’ holatga o‘tsa, bu holda modda ichidagi molekulyar 
    bog’lanishlar uziladi va uzilish energiyasi ayni moddaning bug’ga aylanish 
    entalpiyasiga teng bo‘ladi: 
    ∆H
    bug’
    = ∆G
    bug’ 
    + T∆S
    bug’
    (19) 


    61 
    Bu erda ∆G
    bug’
    –moddaning bug’ga aylanish izobar potensiali, ∆S
    bug’
    -
    moddaning bug’ga aylanish entropiyasi, T –absolyut temperatura. Qattiq 
    jismlarning bug’ga aylanish energiyasi ayni modda kristallik panjara 
    energiyasiga teng bo‘ladi. 
    R, T o‘zgarmaydigan sharoitda muvozanat qaror topgandan keyin ∆G =0 
    bo‘ladi; binobarin: 
    ∆H
    bug’
    = T∆ S
    bug’
    (20) 
    Demak, moddaning bug’ga aylanish entalpiyasi qanchalik katta bo‘lsa, 
    uning entropiyasi ham shunchalik katta bo‘ladi. 
    Agar
    ∆S
    bug’
    =∆S

    –Rlnp (21) 
    ekanligini nazarga olsak, suyuqlikning bug’lanish entalpiyasi qancha katta 
    bo‘lsa, uning ayni temperaturadagi bug’ bosimi shuncha kichik bo‘ladi, degan 
    xulosaga kelamiz. Suyuqliklarning qaynash temperaturasida r=1 atm bo‘lgani 
    uchun (20) va (21) tenglamalar asosida 
    0
    0
    S
    H
    кайн
    буг




    (22) 
    tenglamani olamiz (bunda ∆H
    bug’
    suyuqlikning bug’ga aylanish entalpiyasi, 
    ∆T
    qayn
    – uning absolyut qaynash temperaturasi; ∆S
    0
    bug’ga aylanish vaqtida 
    entropiya o‘zgarishi). Truton qoidasiga muvofiq ∆S

    =87,86 kJ/mol (21 
    kkal/mol) (22) tenglamadan ko‘ramizki, kogeziyani suyuqlikning qaynash 
    temperaturasi va bug’ga aylanish issiqliklari qiymatlari bilan xarakterlash 
    mumkin. 
    Endi adgeziyani qarab chiqamiz. Turli fazalardagi moddalar zarrachalari 
    orasida o‘zaro ta`sir kuchlarining namoyon bo‘lishi adgeziya deb ataladi. Bir 
    moddaning sirti boshqa modda sirtiga tekkanda va bir-biriga tortilganida 
    adgeziya hodisasi sodir bo‘ladi. Demak, adgeziyada bajarilgan ishni fazalararo 
    sirt qavatni bir-biridan ajratish uchun zaruriy energiya deb qarash mumkin. Bu 
    holda 2 ta faza mavjud bo‘lgani uchun fazalararo yangi sirt hosil bo‘ladi. 


    62 
    Natijada sistemaning dastlabki erkin energiyasi adgeziyada bajarilgan ish 
    qiymati qadar kamayadi. Shunga ko‘ra Dyupre adgeziyada bajarilgan ish uchun 
    quyidagi tenglamani taklif qildi: 
    A
    a

    2,1

    3,1

    2,3
    (23) 
    Bu erda: A

    – adgeziyada bajarilgan ish; σ
    2,1 
    – birinchi faza bilan havo 
    chegarasidagi sirt taranglik; σ
    3,1 
    – ikkinchi faza bilan havo orasidagi sirt 
    taranglik, σ
    2,3 
    – birinchi va ikkinchi fazalararo sirt taranglik. 
    Dyupre tenglamasi energiya saqlanish qonunining adgeziya uchun tatbiq 
    etilishini ifodalaydi. Tenglamadan ko‘rinib turibdiki, dastlabki komponent-
    larning sirt tarangliklari qancha katta va fazalararo sirt taranglik qancha kichik 
    bo‘lsa, adgeziya bajariladigan ish shunchalik katta qiymatga ega bo‘ladi. 
    Suyuqliklar bir-biriga cheksiz erigan sharoitda fazalararo sirt taranglik nolga 
    teng bo‘lib qoladi. Binobarin, ikki moddaning bir-biriga erish sharti: 
    1
    ,
    3
    1
    ,
    2




    a
    A
    (24) 
    ekanligini ko‘ramiz. Kogeziya entalpiyasi 2 σ ga tengligini nazarga olib: 
    2
    2
    2
    2
    //
    /
    1
    ,
    3
    1
    ,
    2
    k
    k
    a
    A
    A
    A






    (25) 
    ni olamiz. Bu erda A
    /
    k
    –birinchi moddaning kogeziya entalpiyasi, A

    k
    –ikkinchi 
    moddaning kogeziya entalpiyasi. Agar (17) (18) va (23) tenglamalaridan 
    foydalansak, adgeziya bajarilgan ish uchun quyidagi tenglama kelib chiqadi: 
    Aa= σ
    2,1
    (1+cosθ) (26) 
    Bu tenglamada A
    a
    ni suyuqlikning sirt tarangligi σ
    2,1
    va ho‘llanish burchagining 
    kosinusidan hisoblab chiqarish mumkin. Adgeziya qancha kuchli namoyon 
    bo‘lsa, cosθ shuncha katta qiymatga ega bo‘ladi. (25) tenglamadan ko‘ramizki, 
    o‘zaro muvozanatda turgan ikki faza bir –birida erib ketishi uchun adgeziyada 
    bajariladigan ishning qiymati ayni fazalar kogeziya entalpiyalari yiindising 
    yarmiga teng yoki undan katta bo‘lishi kerak. 
    Adgeziya hodisasi fazalararo sirt taranglikning o‘z-o‘zicha kamayishi 
    natijasida kelib chiqadi. Binobarin, adgeziya termodinamik jihatdan o‘z-o‘zicha 


    63 
    sodir bo‘la oladigan jarayonlar jumlasiga kiradi. Adgezion o‘zaro ta`sirning 
    kattaligi Van-der-Vaals kuchlari qiymatlaridan tortib, to sof kimyoviy 
    bog’lanish energiyalariga qadar bo‘lishi mumkin. 

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval  Har qaysi modda o‘zining chet burchagi qiymatiga ega

    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish