|
Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyoBog'liq 13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)Elektrokinetik hodisalar. Ularga elektroforez, elektroosmos, Dorn
effekti va oqib chiqish potentsiallari kiradi.
Elektroforez - kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta`sirida
harakat qilish hodisasidir (1808 yilda prof. Reyss tomonidan kashf etilgan).
Elektroosmos – suyuqlikning elektr maydonida g’ovak jism orqali
elektrodlar tomon harakat qilishi elektroosmos deyiladi. Bu ikkala hodisa
asosida qattiq va suyuq fazalarning turli zaryadga ega ekanligi yotadi.
Dorn effekti (cho‘kish potentsiali) - bu hodisa elektroforezga qarama –
qarshi hodisa bo‘lib u 1878 yilda Dorn tomonidan kashf etilgan. Og’irlik kuchi
ta`siri ostida qattiq faza kolloid eritmadan cho‘kkanida qattiq faza bilan suyuqlik
chegarasida elektr potentsial paydo bo‘lishi cho‘kish potentsiali deyiladi.
Oqib chiqish potentsiali – elektroosmosga qarama-qarshi hodisa bo‘lib,
1859 yilda Kvinke tomonidan kashf etilgan. Suyuqlik bosim ta`siri ostida
kapillyar naydan oqib chiqish joyida elektr potentsial – “oqib chiqish”
potentsiali paydo bo‘ladi.
Qo‘sh elektr qavatning tuzilishi. Qo‘sh elektr qavat hosil bo‘lishi
haqidagi tasavvurni dastlab Kvinke ilgari surdi. Qo‘sh elektr qavatning
tuzilishini birinchi marta Gel’mgol’ts va Perren tushuntirib berdilar. Ularning
fikricha, qo‘sh elektr qavat xuddi yassi kondensator kabi tuzilgan bo‘lib,
zaryadlar fazalar chegarasida ikkita qarama-qarshi ionlar qatori shaklida
joylashadi. Ikki qavatning biri qattiq jism sirtiga bevosita yopishib turadi,
ikkinchisi (ya`ni birinchisiga nisbatan qarama-qarshi zaryadli qavat) esa
suyuqlik muhitida bo‘ladi. Qavatlar orasidagi masofa juda kichik bo‘lib, uning
qalinligi molekulalarning (yoki sol’vatlangan ionlarning) radiuslari kattaligiga
yaqin bo‘ladi. Qattiq faza sirtiga musbat va manfiy ionlar adsorbilanadi.
|
| |