83
φ
0
= φ
δ
+ (φ
0
- φ
δ
)
AV – siyqalanish tekisligi.
Shtern nazariyasi kolloid zarrachalarning qayta
zaryadlanish hodisasini
tushuntira oldi, chunki Shtern fikricha, qo‘sh elektr qavatning tuzilishiga qarshi
ionlar tabiati katta ta`sir ko‘rsatadi. Agar eritmaga elektrolit qo‘shilsa, diffuz
qavat qisqarib qarshi ionlar adsorbsiya qavatga ko‘proq yig’ila
boshlaydi,
buning natijasida qo‘sh elektr qavat Gel’mgol’ts va Perren sxemasiga yaqin
tuzilishga ega bo‘lib qoladi, bunda (dzeta-potentsial) ξ –
potentsial qiymati
kamayadi. Agar eritma suyultirilsa,
diffuz qavat, aksincha kattalashadi va ξ –
potentsial ko‘payadi.
Qo‘sh elektr qavat tuzilishiga qarshi ionlarning xilma xil valentlikka ega
ekanligi ham katta ta`sir ko‘rsatadi, chunki Shtern fikricha diffuz qavatning
qalinligi va adsorbsiya qavatdagi ionlar soni ularning valentligiga bog’liqdir.
Qarshi ionning valentligi qancha katta bo‘lsa, diffuz qavat shuncha yupqa va ξ –
potentsial shu qadar kichik qiymatga ega bo‘ladi.