XIII bob. TOPOGRAFIK CHIZMALAR
l- § . Topografik chizmalar
Yerimizdagi qit’alar, ulardagi okean, dengiz, daryo, tog‘lar, o ‘rmonlar,
cho‘llar, past-tekisliklar qog‘oz tekisligida
topografik plan va xarita
ko ‘rinishida tasvirlanadi.
Yer, y a’ni topografik sirtni o ‘lchash, u bilan ishlash, uni o ‘rganish va
tasvirlash usullari bilan geodeziya va kartografiya fani shug‘ullanadi.
Yer sirti, odatda, topografik sirt deyiladi va u xarita hamda topografik
planlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Yer sirtining b a’zi bir qismlari joy relyefi
375
deb ataladi va har biri alohida nomlanadi. 13.1-shaklda
yer relyefining
nomlari va ulaming
H tekisligida tasvirlanishi ko‘rsatilgan bo'lib, u plan
ham deb ataladi. Topografik sirtlar yopiq yoki
ochiq gorizontallar orqali
tasvirlanadi.
Topografik planlarda yerning m a’lum bir kichikroq uchastkasi tas-
virlanib, unda yer sathidagi past-balandliklari hisobga olinmaydi. Xari-
talarda esa, erning past-balandliklari (relyefi) hisobga olingan holda tas
virlanadi. Karta va topografik chizmalar bitta to‘g ‘ri burchakli (ortogonal)
proyeksiyada tasvirlanib, past-balandliklar sonlar bilan belgilanadi.
Shuning uchun ular sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar deyiladi.
Yer sirti fikran bir nechta o'zaro parallel gorizontal
tekisliklar bilan
kesilgan deb faraz qilinadi. Shunda yer sathining tekislik bilan kesishgan
egri chiziqlari hosil bo‘ladi. Topografik chizmalarda xuddi shu egri
chiziqlar tasvirlanadi. Ular gorizontal
chiziqlar deyilib, yer sathining har
xil balandligidagi past-balandliklaming xarakterini ko‘rsatadi. Gorizontal
chiziqlar uchun raqamlarda yozilgan belgilar ulaming dengiz sathi (00
belgi)dan qancha balandda yoki pastda joylashishini ko‘rsatadi. Joyning
topografik planida uning gorizontal
chiziqlari berilgan boMsa, ko‘prik,
yo‘l, har xil muhandislik inshootlari kabi qurilishlami loyihalashda yer
past-balandligining o ‘sha joydagi xarakteri hisobga olinadi.
Joyning past-balandliklarini hisobga olgan
taqdirda uning gorizontal
chiziqlari qatorida o ‘rmon, uylar, yo'llar, suv, muhandislik inshootlari
masshtabga binoan tasvirlanganda topografik
plan hosil boMadi
(13.2-shakl).
Shartli belgilar M l:500 da xuddi samolyotdan ko‘ringandek tasvir
lanadi. Gorizontal chiziqlar belgisi shu chiziqning hamma joyiga tegishli
va ulaming orasidagi masofa qancha katta bo‘lsa, o ‘sha joylam ing qi-
yaligi kam, yaqin bo‘lsa, qiyalik tikroq bo'ladi. Barcha xarita va topo
grafik planlar geodeziya va kartografiyada standart tasdiqlagan shartli
belgilarda chiziladi (13.1-jadval).
376