KIRISH
Chizma bu - maxsus chizma asboblari yordamida m a’lum
qonun va
qoidalar asosida bajarilgan tasvir b o ‘lib, u bizga buyum haqida, y a ’ni
uning ichki va tashqi tuzilishlari, o'lcham lari bo'yicha to ‘la m a’lumot
beradigan hujjatdir.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizma alohida o ‘rin tutadi. Chun
ki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy-
ro ‘zg‘or buyumlari va k o ‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi.
Ulami esa
chizmalarsiz yasab bo ‘lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblar-
ning alohida detallari tayyorlanadi, tayyor detallardan murakkab mexa
nizmlar yig'iladi.
Chizma o ‘ziga xos grafik, baynalminal (intematsional) til bo ‘lib, tex-
nika sohasida savodli har bir kishi uchun u qanday tilda gapirishidan
qat’iy nazar, tushunarlidir.
Chizma, asosan, axborot (informatsiya) uzatishning grafik vositasi
bo‘lib, u texnik g'oyani ifodalashning eng tushunarli vositasi hisoblanadi.
Chizmalar
bir zavoddan ikkinchi zavodga, bir mamlakatdan boshqa
mamlakatga yuboriladi. Chizmani o'q iy oladigan har qanday ixtisosli
mutaxassis ulami tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tu-
zilishini o'rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo ‘lishni
istagan har bir kishi chizmachilikni yaxshi bilishi va o ‘zlashtirishi lozim.
Biroq chizmalar faqat texnikadagina zam r bo ‘lib qolmay, balki ko‘plab
kasblardagi m utaxassislar uchun ham doimiy yo‘ldoshdir. Chizmalarga
qarab turar joy binolari, to'g'onlar, shaxtalar,
elektr stansiyalari, temir-
yo‘l va avtomobil yo‘llari quriladi, kiyim-bosh, poyafzallar tikiladi,
mebel
yasaladi, shahar va qishloqlar ko'kalamzorlashtiriladi. Texnikani
o ‘zlashtirish va uni rivojlantirish uchun malakali ishchi, muhandis, kon-
stm ktor va m usavvir dizaynni ham, chizmani ham bajarishi va uni o ‘qiy
olishi kerak, chunki chizma atrofimizdagi,
mavjud olamdagi narsalami
o ‘rganish vositalaridan biri hisoblanadi.
Shuning uchun ham texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har
qanday inson chizmachilikni yaxshi bilishi lozim.
M ashhur aviakonstmktorlardan biri O.K.Antonov «Aqlli» qo‘l meh-
nati kelajakda ham zamr. Har qanday avtomat robotlar va mantiqiy
mashinalar insonda vujudga keladigan ilmiy tafakkumi almashtira ol-
4
maydi. Aksincha, texnika qanchalik rivojlanib borgan sari insonda shakl-
lanib boradigan, uning o ‘ziga xos nozik «zargarlik» ishi bo‘lgan chiz
mani
bajarish bilimi, shuningdek, buyuk mehnatsevarlik, sabr-qanoat,
ixtirochilik shunchalik zarur» degan edi.
Loyihalangan har qanday detalni, masalan, klapanni ishlab chiqarish-
ga tayyorlash uchun uning chizmasi bajariladi.
Chizmasi asosida u detal
ko ‘rinishida tayyorlanadi. Detal ish joyida yaxshi va davomli xizmat qili-
shi uchun unga turli ko‘rinishdagi texnologik ishlovlar beriladi va niho-
yat detal nazoratdan o'tkaziladi. Nazorat paytida kamchiliklari topilsa,
y a’ni standartga mos kelmasa, u brak deb topiladi. Demak, detal ish-
latishga yaroqsiz.
Har qanday detaining, y a’ni mahsulotning aniq ishlab
chiqarishdagi har bir texnologik jarayonlari uchun alohida standartlar
mavjud bo ‘ladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi ЕСКД (Единная система конструирова
ния документа) ning GOST 2.001.00 «Chizmalami chizish bo ‘yicha
umumiy qoidalar»i 2003-yilning 17-noyabrida isloh qilingan bo ‘lib,
hozirda u « 0 ‘zbekiston Davlat Standard 0 ‘z DSt 2.001:2003 0 ‘zbekiston
Respublikasining Konstmktorlik Hujjatlarining Yagona Tizimi ( 0 ‘z
KHYT) Asosiy Qoidalari» deb yuritiladi. Shu bois, 0 ‘zbekiston Respub
likasi hududidagi barcha o ‘quv yurtlarida chizmachilik fanini o ‘qitishda
chizmalami chizish va o ‘qish bilan bogTiq barcha hujjatlar 0 ‘z DSt
2.001 dan 2.999 gacha chizmalar chizish bo‘yicha «Umumiy qoidalar»ga
rioya qilishimiz shart.
5