ishlatiladi. Agarda qalam noto‘g ‘ri tanlangan bo‘lsa, chizma titilgan,
bo‘yalgan va aniqmas bo ‘lib chiqishi mumkin.
Hozirgi vaqtda turli qattiqlikdagi va yumshoqlikdagi sterjenli sangali
qalamlar sotuvga chiqarilmoqda. Ulardan ham foydalanish mumkin.
0 ‘c h irg ‘ich. Qalam izini o'chiradigan o ‘chirg‘ich yumshoq bo‘lishi
kerak. N oto‘g ‘ri tanlangan o ‘chirg‘ich qog‘ozda iz qoldiradi va chizm a
ning ko ‘rinishini buzadi. 0 ‘chirg‘ichdan foydalanganda bir tomonga
y o ‘naltirib o ‘chiriladi. Aks holda qog‘oz titilib, uning yuzasi buziladi.
C hizg‘ich. Chizg‘ich qalam bilan to ‘g ‘ri chiziqlami chizish uchun
ishlatiladi.
Uchburchakliklar. Uchburchakliklar (2.2- shakl) chizmalar chizishda
zarur bo ‘lgan asboblardan hisoblanadi. Ular yordamida perpendikular va
parallel chiziqlami aniq va tez o ‘tkazish mumkin. Ular to‘g ‘ri burchakli
uchburchak shaklida yog‘ochdan, plastmassadan va selluloiddan ishlab
chiqariladi. Chizmalar chizishda o ‘tkir burchaklari 45° li hamda 30° va
60° li ikkita uchburchaklik bo ‘lishi kerak.
Uchburchaklikni chizma qog‘ozi ustida chizg‘ich (reysshina) bilan
birgalikda 2 .2 -shakl,
a, b, с da ko‘rsatilganidek joylashtiriladi va reys
shina chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Qirralari butun va tekis bo'lgan
uchburchakliklami ishlatishdan oldin, ulardagi to‘g ‘ri burchakning aniq
ligi tekshirilgan bo ‘lishi lozim. Buning uchun uchburchakning bir kateti
reysshinaning ustki qirrasiga jips qilib qo'yiladi (2.2-shakl,
a). So‘ngra
vertikal chiziq o'tkaziladi. Shundan keyin uchburchaklikni 180°ga
ag'darib, yana vertikal chiziq o'tkaziladi. Agar vertikal chiziqlar ustma-
ust tushsa, uchburchaklikning ishlab chiqarilishi aniqlik darajasida
bo'ladi (2.2-shakl,
b), aks holda n o to 'g 'ri bo'ladi (2.2-shakl,
d).
Chizma taxtasi. Chizma taxtalari GOST 6671-85 ga muvofiq chizma
qog'ozining
АЗ, A2, A1 formatlariga m o'ljallanib, yumshoq daraxt nav-
laridan tayyorlanadi.