etishda, chizmalar birdaniga emas, ikkilamchi
proyeksiyalar vositasida ham hosil qilingan. Ayniq-
sa, k o ‘plab asarlarida aksonometrik proyeksiyalar-
ning talqin qilinishi uning ijodi chizma geometriya
qoidalariga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Xalq m e’morchiligida
«Muhandislar sultoni»
nomli unvonga sazovor bo‘lgan atoqli matematik,
astronom Jamshid ibn M as’ud
ibn Mahmud
G ‘iyosiddin Koshiy (XV asr) ham fanning ko‘p so-
halari bilan, shu jumladan, grafika bilan ham
shug‘ullangan.
Al-Koshiyning
«Aylana haqida risola» asari ay
lana uzunligining o ‘z diametriga nisbati, ya’ni «7Г»
sonini hisoblashga bag‘ishlangan. U «л» (pi) soni-
ning 17 xonali qiymatini shu sohadagi Yevropa
olimlaridan 200 yil ilgari topgan. Uning asarlari shuni ko'rsatadiki, o ‘rta
asrlarda 0 ‘rta Osiyodagi fanning rivojlanish darajasi o ‘sha davrdagi
G ‘arbiy Yevropadan bir necha yuz yillar o ‘tib ketgan.
Al-Koshiy o ‘zining
«Hisob kaliti» asarida ko‘p
burchaklar haqida
shunday deydi:
«Ko'pburcluik bu shunday sirtdan iboratki, to'rltadan
ortiq, to 'g 'ri chiziqlar bilan chizilgan. Masalan,
beshburchak, oltibur
chak, yettiburchak, sakkizburchak va hokazo. Ular teng tomonli va teng
burchakli yoki har xil tomonli voxud bir xil lari teng, ayrimlari esa har xil
yo ‘na/gan. Birinchisida ко 'pburchak tomonlariga urinma bo ‘Igan doira
chizish mumkin, uni ikkinchisidan ayrimlariga ham о ‘tkazish mumkin»
(G ‘. Koshiy
«Hisob kaliti», 114-119-betlar).
Al-Koshiyning asarida bayon qilinishicha, to ‘g ‘ri burchakli uchbur
chak va muntazam ko‘pburchaklami, shu jumladan,
qavariq va yulduz-
cha ko‘rinishidagi shakllami yasash, aylanani 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
bo ‘lakka bo ‘lishdan kelib chiqadi. Aniq yasash mumkin bo ‘lgan ko‘p-
burchaklar quyidagilardir: 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12, 15, 16, 17, 20, 24 burchak
va hokazo. Aniqlikda yasalishi uchun qoidasi bo‘lmagan ko'pburchaklar
quyidagilar: 7, 9, 11, 13, 14, 18, 19, 21, 22, 23 burchak va hokazo. Bu
bayonda o'rta asr matematigi asosiy shakllarga: to ‘rtburchakni,
«ikki
qo ‘14», «ikki oyoqli»,
«arpa doni»,
«chasha» va
«bodom»\arga qo‘shishi
qiziqarlidir. Al-Koshiy m e’morlar va duradgorlarga bu shakllami quri-
lish ishlarida ko‘plab tatbiq qilishni dalil sifatida chizib ko'rsatadi. Uning
22
geometrik shakllarning yuzasini hisoblash usuli bino devorlarini suvash
ishlarida muhim bo‘lib, «
Qobusnoma» (XI asr)da aytilgan eskicha, istal-
gan shaklni uchburchaklarga bo ‘lib, yuzasini aniqlash qoidasiga mos
keladi.
Grafikaning rivojlanishida naqqosh ustalarimizning ham hissasi beqi-
yosdir. Shunday mashhur ustalarimizdan biri 0 ‘zbekiston
Fanlar Aka-
demiyasining faxriy akademigi, ganchkor usta, m e’moriy shakl ijodkori
Usta Shirin Murodov (1879-1958) dir. U oddiy ganchdan murakkab mu-
kamas, sharafa, irokiy kabi bezaklami yasagan, o ‘ymakor qalami bilan
jim -jim ador gullar chizgan, chizmalar orqali m o'jizalar yaratgan.
Usta Shirin Buxoro
yaqinidagi Sitorai Moxi Xosa, «
Oqsaroy» nomli
mehmonxonani bezashda
«Oyna pardozi»ni qo‘llagan. Naqsh kompo-
zitsiyasiga yangiliklar kiritdi va tabaqa pardoz usulini rivojlantirdi. Vay-
ron holdagi bebaho obidalarni avaylab ta ’mir etdi. Masalan, Buxorodagi
Somoniylar maqbarasi, Abdulazizxon madrasasi shular jumlasidandir.
Moskvada butunittifoq ko‘rgazmasidagi 0 ‘zbekiston va Turkiston pa-
vilonlarini hamda Toshkent, Samarqandda yirik qurilishlami bezashda
ishtirok etgan. U o ‘z qo ‘li bilan barcha
ulgilarni chizib tayyorladi, turli
xil o ‘ymakorlik nusxalarini o ‘z qo‘li bilan bajardi. Usta tomonidan ba
jarilgan chizma tarxlar va naqshlar bir necha yuzdan oshadi.
Ganchkorlik san’atining yetuk vakili ToshpoMat Arslonqulovning
qariyb yarim asrlik ijodiy tajribasi A .N avoiy nomidagi teatr binosi
bezaklarini belgilashda va ularni amalga oshirishda katta yordam berdi.
Toshkent zalining bezaklari Toshpo‘lat Arslanqulov ijodining yetuk na-
munalaridir. Uning ijodiy ishlaridan namunalar Toshkentdagi san'at
muzeyi ekspozitsiyalaridan munosib o ‘rin olgan. U « 0 ‘zbekiston xalq
ustasi» degan yuksak unvonga muyassar bo ig an .