1.14-shakl.
О ‘zbekiston xalqlari tarixi
muzeyida saqlanayotgan
Muhammad zamon yasagan
asturlob (XVII asr).
Buyuk o ‘zbek
astronomi, matematigi va
geografi O 'rta asr Yevropa ilmiy adabiyotida
A l’fraganus deb atalgan Abul Abbos Ahmad
Farg‘oniy (IXasr) B og‘doddagi
«Bayt-ul-hik-
mat» qoshidagi rasadxonaning olib borilgan
kuzatuv ishlarida qatnashgan.
Uning asarlarida
juda ko‘p chizmalar bo'lib, ulardan biri astur
lob va markaziy proyeksiyalash uskunasi
k o ‘pchilikka m a’lum (1.14- va 1.15-shakllar).
Buyuk qomuschi olim xalq orasida ikkinchi
Aristotel deb atalgan Abu Nasr al-Farobiy
(873-950) fanning deyarli hamma sohasi b o '
yicha 180 dan ortiq risola yozgan va tadqiqotlar
qilgan. Ulaming ichida grafikaga bevosita alo-
qador bo'lgan
geometriya, stereometriya, as-
tronomiya, optika, mexanika, arxitektura va
boshqa sohalar bo'yicha asarlari bor. Uning fikricha geometrik chizma
(ilm-al-Handasa) hamma fanlar bilan uzviy bog'liq.
Farobiyning
«Fanlarning kelib chiqishi va tasnifi» nomli asari ik
kinchi qismining grafikaga bevosita bog'liq bo'lgan qismida geometriya
haqida, uchinchi qismida esa kuzatish haqidagi fan (optika) haqida
m a’lumot berilgan. Hozirda u chiziqli perspektiva deb o'rganiladi.
Farobiy arxitektura loyihasining asosini muhim geometrik yasash
usullari tashkil etishini aniqlab, o'zining
«M a'naviy mohir usullari va
geometrik shakllarning tabiiy nozik sirlari» kitobini yozdi. Unda turli
geometrik shakllar - doira, uchburchak, to'rtburchak, kvadrat, kub, ko
nus, silindr, prizma, sferalami hamda parabola va boshqalami chizish us
ullari ustida to'xtaladi. Farobiyning
«Kitob al-Xiyal ar-ruxoniyma va as-
ror attabiiyya fid a koik al-ashkal al-Xansiyya» nomli 10
kitobdan iborat
asarida geometrik yasashning 130 ta masalalari turli variantlarda keltiril
gan va ulami yechishning eng oson yo'llari chizmalar orqali ko'rsatilgan.
Olim moddiylikning xarakterli xususiyati va belgisi deb uchta o'l-
chovni - bo'yi, eni va chuqurligini hisoblaydi.
M e’morchilikdan yaxshi xabardor bo'lganligi sababli uning
«Пт-al-
Xiyal» kitobi amaliy san'at, shu jumladan, arxitekturani ham o 'z ichiga
oluvchi juda keng m a’noga ega asardir. Shunga ko'ra, al-Farobiy
«Ко 'p
16