Beruniyning matematikaga tegishli «
Trigonometrik funksiyalarni sod-
dalashtirish», «
Yulduzlarni tekislikda tasvirlash»,
«Sferik yoyni aniqlash
haqida», «Sfera nuqtalarini tekislikda tasvirlash», «Yevklid ishlariga
izohlar» kabi asarlari ham grafika bilan bevosita bog'liqdir.
Abu Rayhon Beruniy o ‘z ilmiy ishlarida proyeksiyalar metodini tat
biq etib, chizmalar chizgan va ulardan foydalangan. U biror jism ni tas-
virlovchi chizmani chizishda uning ko'rinishlariga e ’tibor berilishiga
to ‘xtalib shunday deydi:
«To'g'ri burchakli oltiyoqlik ichida uning biror
tarafiga qarab bir jo n ivo r turibdi deb faraz qilinsa, и holda yoqlar
jonivorning oldi, orqasi, о ‘ngi, so 'li, usti va osti bo ‘
ladi» (1.16- shakl).
Beruniy o ‘z ilmiy ishlarida foydalangan asboblami chizmalar yor
damida yasagan (1.17-shakl). Uning 1257-yilda yozilgan «.
Attaxim» ki-
tobida Yer sathining Sharqiy yarim shar xaritasi tasviri berilgan
(1.18-shakl). Tasvir hozirgi zamonning shu taxliddagi xaritalariga sol-
ishtirish mumkin bo‘lishi uchun asl nusxa 180° ga burilgan holatda beril
gan.
Olim markaziy proyeksiyalash usulidan foydalangan holda o ‘zining
«
Mas 'udqonuni» asarida kartografik proyeksiyalar usuliga keng to ‘xtalib
o ‘tgan. Bu asarda u Yemi go‘yo shar qiyofasidagi bir geometrik jism deb
qarab, uning tekislikdagi tasvirini hosil qilish borasida ko‘p ishlar qilgan.
U Yemi doira orqali tasvirlash uchun 90 ta konsentrik aylana va shu ay
lanalar markazidan tarqaluvchi 300 ta nur ishtirokida hosil qilingan
proyeksiya orqali ifoda etishni taklif qilgan. Bunda konsentrik aylanalar,
parallellar markazidan tarqaluvchi nurlar m eridianlar vazifasini o ‘tagan.