norasi, Samarqanddagi Shohizinda, G o'ri Amir maqbaralari, Ulug'bek,
Sherdor, Tillakori madrasalari, Shahrisabzdagi
Oq Saroy bezaklari va
boshqalardir. O 'sha zamon uchun girixning chizmachilik asboblari,
matematika formulalari asosida ishlanishi katta ilmiy kashfiyot edi. Bun
day olimlar ichida alohida mavqega ega bo'lgan naqqoshlar va chiz-
makashlar ham bo ‘lib, ular grafikaning rivojlanishiga katta hissa qo'sh-
gan. M e’morlar har bir inshootni qurishda o'ziga xos chizmalardan foy-
dalanishgan. Ravoq bo'ylash usuli, gumbaz qurish usuli, linga o ‘matish
va boshqa usullarning avvalo chizmalari tayyorlangan. Xiyobon va cha-
manzorlaming tarxini ham tuzishgan.
Xalq ustalari binolami va rasmlar kolleksiyasini yig'ganlar. Bu usul
bilan keyingi m e'm orlarga loyiha va naqsh
yasash kaliti berilib, ulaming
keyingi rivojiga y o ‘l ochib berilgan.
Keyinchalik tasavvur qilish orqali simmetriya, muvozanat, mutanosib-
lik, uyg'unlik va chiziqning g o‘zalligi haqida tushunchalar paydo bo‘la
boshlagan. M e’morlar loyihalami chizishda turli sharoitlami hisobga
olishgan. Masalan, Ibn Xoldun yaratgan m e’morchilik chizmalariga aso-
san uy-joylar qurila boshlangan. Amur Temuming zamondoshi yirik olim
Ibn Xoldunning fikricha shaharlami qurishda albatta uning sifatli puxta
o'rganib chiqilgan chizmasi b o iish i lozim bo'lgan.
M a’lum hunar uchun zarur bo'lgan ilmlarning tarkibiy qismi sifatida
chizmakashlik hunari avloddan avlodga o'tgan va takomillashib borgan.
Olimlar, chizmakashlar va m e’morlar (ular geometriyani yaxshi bi-
lishgan) bevosita geometrik yasashlar va grafik tasvirlar bilan
shug'ullanib, ulardan foydalangan holda o 'z fikr va g ‘oyalarini bayon
qilishgan. Natijada yangi-yangi
grafik tasvirlar vujudga kelib, tako
millashib va rivojlanib borgan.
Saqlanib qolgan chizmalar ayrim yo‘q bo‘lib ketgan yodgorliklarni
tasavvur qilishda, yemirilgan binolami tiklashda muhim rol o ‘ynaydi.
1957-yil Buxorodagi vayrona uylardan birining chordog‘ida X V -
XIX asrlarga oid b o ig a n qadimiy qo'lyozm a hujjatlarining katta bir tu-
guni topilgan. 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining sharqshunoslik insti-
tutida saqlanayotgan bu kolleksiyada xarita va chizmalar sonining o ‘zi
o ‘ttizdan ortiq. Bu xarita va chizmalar orasida qator madrasa va masjid-
laming o ‘rog‘liq qal’aga chizilgan reja, fasad va profillari, ulam ing sha-
harlarda egallagan o ‘rinlari, naqshlarni yasashga oid ustalaming xomaki
chizma va rasmlari bor. Bundan tashqari 0 ‘rta
Osiyoning boy madaniy
tarixi, turli davrlarda ishlangan tasvirlari, qisman irrigatsiya, melioratsi-
ya, transport ishlari sohasidagi yutuqlari ham grafikaning rivojlanish
tarixini tasdiqlovchi materiallar bo ‘lib xizmat qiladi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, XII asr davlat arboblari ham bino lo-
yihalari bilan shug‘ullanishgan va boshqa loyihalami muhokama qilishda
ham ishtirok etishgan. Masalan, Qoraxoniy Emer M a’sud binolar va yirik
m e’moriy ansambllaming loyihasi bilan o ‘zi shug‘ullangan. Memoriallar
yoki solnomalardan Abul Fazl Bayhakining so‘ziga ko‘ra «G ‘aznada,
Nishopurda yangi uylar arxitektura maydonlarini Emmeming o ‘zi yarat-
gan, u ham o ‘z qo‘li bilan loyihalami chizgan. Ajoyib saroylardan biri va
bir qancha kichik saroylar va maydonlar shular jumlasidandir. Bayha
kining tasdiqlashicha bu podsho hamma ishlarda zo ‘r usta b o ‘lgan». U:
«Biror boshqa podshoh bunday bino va ко 'shklarni yaratgan emas. JJ
о ‘zining zo ‘r ilmi va me ’morchilik san ’ati tufayli chizmalarni asboblar-
dan foydalangan holda о ‘z q o 'li bilan bajargan, me ’morchilik asboblar-
ini a ’lo darajada anglagan. Undan Olloh rozi bo ‘Isin». (Bayhaki Abul
Faysh (XI asr). - М.: «История Масуда», 1969).
XIII asrda Chingizxon hukmronligida m e’morchilik va grafika san’ati
bir muncha izdan chiqqan bo‘lsada, Temur va temuriylar davri X IV -X V
asrlarda ilm, m a’rifat, m e’morchilik, hunarmandchilik bilan bir qatorda
grafika, shu jumladan, naqqoshlik ham keskin rivojlandi. Bu davr
U yg‘onish (Renessans) davri deb ataldi.
Temur va temuriylar davrida muhtasham binolar, masjid va madra-
salar qad ko‘tardi. B og‘ va xiyobonlar tashkil qilindi. Amir Temur (1336—
1405) barpo etgan inshootlaming ulug‘vorligi Oq saroy peshtog‘iga
«Qudratimizni ko'rm oq istasang binolarimizga boq» degan yozuvda o ‘z
ifodasini topgan.
Amir Temuming bunyodkorligi sharq m e’morlarini ilhomlantirar,
yangidan yangi ijodga undar edi. Amir Temur m e’morlar chizgan bino va
inshootlar chizmasini kuzatib turar va unga yoqqan loyihalardagi bino va
inshootlami qurishga m xsat berar edi. U shunday deydi:
«Muhandislar
bilan ittifoqda oliy imoratlar barpo etib, bog'u bo'stonlarning loyiha
tarxini chizdirdim» («Temur tuzuklari», 6 6 -bet). M e’morlar o ‘ta talab-
chan hukmdor oldida bor mahoratlarini ishga solishgan va ular yaratgan
m e’moriy qonun asoslari qadimiy Misrga borib taqaladi.
12
Qadimgi Sharq mamlakatlarida, M isr va Yunonistonda maxsus geo
metrik uyg‘unlikni belgilovchi m e’moriy «qonun» bo‘lganligi va Afina
shahridagi qadimgi Akropolning m o‘jizadek asori-atiqalari maxsus qo
nun asosida yaratilganligi haqida tarixiy m a’lumotlar bor.
«Qonun» so‘zi yunoncha
«каппа» so‘zidan kelib chiqqan bo ‘lib, u
«Каппа» - o ‘lchov tayog‘i, «
Gazcho'p» m a’nosini bildiradi. Demak,
m e’mor ustalaming ish quroli bo ‘lgan gazcho‘p o ‘lchov m e’yori sifatida,
keyinroq hamma soha tartibini belgilovchi
«Qonun» so‘zining
kelib
chiqishiga sabab bo‘lgan.
M a’lum bo ‘lishicha, bino shakllarining muntazamligi va mutanosib-
ligini aniq belgilashda eng qulay usul - dinamik kvadratlar deb atalgan.
0 ‘zaro b o g iiq bo‘lgan kvadratlar asosida tortiladigan chiziqlar turi hal
qiluvchi ahamiyat kasb etgan (1.9-shakl). Ushbu to ‘rdan foydalanib,
uning ustiga m o‘ljallangan binoning tarxi chizilardi. Shu tarx
o ‘lchamlariga bog‘liq ravishda yana to ‘r ustiga binoning fasad chizma
lari ham tushirilar edi va shu tizim asosida 100 dan ortiq asori-atiqaning
shakli va qurilish tarzi tadqiq qilindi. P.Zohidovning
«Zeb ichra ziynat»
asarining 31-betda dinamik kvadratlar to ‘rida joylashgan
besh ming yil
avval Misrda barpo qilingan Xefren piramidasi va Xeops ehromi tarxi
berilgan (1.10-1.11-shakllar).
13