II bob. CHIZM ACHILIK X O ‘JALIGINI TASHKIL ETISH
l-§ . Chizma buyumlari, asboblari va moslamalari
Chizmalarni
bajarish uchun quyidagi buyum, asbob va moslamalar
bo ‘lishi zarur.
Chizma q og‘ozlari. Chizmaning sifati, uning tashqi ko'rinishi, shu
ningdek, chizmani bajarish
uchun sarflanadigan vaqt, chizma uchun ish
latiladigan qog‘ozning xususiyatiga bog‘liq.
Barcha ishlab chiqarish tashkilotlarining konstruktorlik byurolarida
va chizmachilikka bog'liq bo'lim larida, shuningdek, o ‘quv
yurtlarida
quyidagi asosiy chizma qog'ozlari: oq chizma qog‘ozi, millimetrli qog‘oz
(millimetrovka) va kalkadan foydalaniladi.
Chizma qog'ozi qalin, silliq oq qog'oz bo‘lib, unda qalamda chizilgan
qismlarini bir necha marta o ‘chirish mumkin. Bunday qog'ozlarda tush-
da chizilgan chiziqlar yoyilib ketmaydi.
Oq chizma qog'oz GOST 597-56 ga muvofiq
В va О markalarda ish
lab chiqariladi va list (varaq) ko'rinishida
A4, АЗ, A2, A l, AO formatlarda
kesilgan bo'ladi. Ba’zan metrli rulon holida ham sotuvga chiqariladi.
So'nggi
paytlarda A3 formatda kesilgan, papkaga solingan 10 varaqdan
iborat chizma qog'ozi chiqarila boshlandi. O 'quv
yurtlarida bajariladi-
gan chizmalar uchun bu juda qulay.
В markali qog'oz yuqori sifatli bo'lib, unga uzoq vaqt saqlanadigan
muhim chizmalar chiziladi.
О
markali qog'ozdan esa uzoq vaqt saqlash talab qilinmaydigan chiz
malar konstruktorlik byurolarida va o'quv yurtlarida chizishda foydala
niladi.
Millimetrli qog'oz. GOST 334-56 ga muvofiq rulon yoki varaq
ko'rinishida ishlab chiqariladi. Millimetrli qog'ozdan diagramma,
sxema
va turli grafikalami, shuningdek, detallarning eskizlarini chizishda foy
dalaniladi.
Kalka yupqa shaffof qog'oz bo'lib, GOST 892-47
ga asosan rulon
ko'rinishida ishlab chiqariladi. GOST 1111-61 ga asosan
U va
D markali
qalambop kalkalar ham ishlab chiqariladi. Bu kalkalarda chizmalar
to 'g 'rid an to 'g 'ri qalam bilan chiziladi.
26