Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi 306 – guruh talabasi




Download 125.64 Kb.
bet3/10
Sana07.09.2022
Hajmi125.64 Kb.
#25668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Genetik materialning o’zgaruvchanligi
Ahrorov H Hattotlik sanati va arabcha yozuv turlari uquv uslubiy qullanma, pdf storage english-text-morning-routine, Neft tarkibini aniqlash usullari, Turk xoqonligi, allel genlarning o`zaro ta`sirida va natijasida bel, Kimyo oziq –ovqat sanoatida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi., 2-TO\'PLAMLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR, Презентация Microsoft Office PowerPoint, Bioinformatika fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanishi, 01.Giperpolik tipdagi to‘lqin tenglamalarisi, Neft tarkibini aniqlash usullari, Tibbiyot genetikasining taqiqot usullari, Xusanova Shaxnoza Meyoz, 202-guruh 2-kursida tahsil olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchi talabalar
Kurs ishining tarkibi:
Kirish, - ta bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxati - sahifadan iborat.


Oʻzgaruvchanlik – tirik organizmlar hamda viruslar belgi va xususiyatlarining xilmaxil boʻlishi. «Oʻzgaruvchanlik» termini organizmlarning yangi belgi va xususiyatlar hosil qilishi yoki eski belgi va xususiyatlarni yoʻqotishini ham ifodalaydi. Oʻzgaruvchanlik irsiyatga qarama-qarshi maʼnoni anglatadi (q. Irsiyat). Tabiiy sharoitda paydo boʻladigan Oʻzgaruvchanlik tabiiy, yaʼni spontan, eksperimentda hosil qilinadigan Oʻzgaruvchanlik sunʼiy, yaʼni indutsirlangan Oʻzgaruvchanlik deyiladi. Oʻzgaruvchanlik manbai genetik materialning kombinatsiyasi yoki rekombinatsiyasi, gen yoki xromosoma tarkibining oʻzgarishi, atrof muhit sharoitining taʼsiri boʻlishi mumkin. Tabiatiga koʻra, Oʻzgaruvchanlik genotipik, yaʼni irsiy va fenotipik, yaʼni noirsiy shakllarga ajratiladi.
Genotipik Oʻzgaruvchanlik — organizmlar belgi va xususiyatlarining genotip bilan bogʻliq boʻlgan, avlodlarda saqlanib qoladigan (Ch. Darvinga koʻra, aniq boʻlmagan) Oʻzgaruvchanlik, yaʼni belgilarning keskin oʻzgarishi — mutatsiya (mutatsion Oʻzgaruvchanlik) yoki organizmlarni duragaylashda belgilarning kombinatsiyalanishi (kombinatsion Oʻzgaruvchanlik) tufayli kelib chiqadi (q. Duragaylash).
Fenotipik Oʻzgaruvchanlikda genotip oʻzgarmaydi. Organizmning individual rivojlanishi davomida uning yoshi (qarishi) bilan birga barcha morfofiziologik va biokimyoviy belgilarining oʻzgarishi (ontogenetik, yaʼni yosh bilan bogʻliq Oʻzgaruvchanlik) bunga misol boʻla oladi. Oʻzgaruvchanlikning boshqa bir xili modifikatsion Oʻzgaruvchanlik (modifikatsiya) ni bitta turga mansub, genetik jihatdan bir xil, lekin har xil sharoitda yashaydigan va organizmdan mikdor va sifat jihatdan farq qiladigan individlarda koʻrish mumkin. Modifikatsion Oʻzgaruvchanlik (Ch. Darvinga koʻra, aniq boʻlgan Oʻzgaruvchanlik) muayyan belgilarning muayyan yoʻnalishda oʻzgarishi orqali yuzaga chiqadi va ommaviy xususiyatga ega boʻladi. Har xil fizik va kimyoviy omillar taʼsirida yuzaga keladigan modifikatsion Oʻzgaruvchanlik morfozlar deyiladi. Muayyan genlar mutatsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan morfozlar fenokopiyapar deb ataladi. Fenotipik Oʻzgaruvchanlikni organizmlardagi belgilar va xususiyatlar bilan emas, balki ular rivojlanish imkoniyatining irsiylanishi asosida tushuntirish mumkin. Shu sababdan genotipning fenotipda roʻyobga chiqishi uchun muayyan sharoit boʻlishi lozim. Mas, oʻsimlik rangining yashil boʻlishi uchun xlorofill sintezlanishini nazorat qiluvchi gen bilan birga yoruglik \am zarur. Muhit sharoiti taʼsirida paydo boʻladigan Oʻzgaruvchanlik darajasi ham koʻp jihatdan irsiyatga bogʻliq, chunki genotip har bir belgiga nisbatan organizm reaksiyasi normasini belgilab beradi. Irsiy va noirsiy Oʻzgaruvchanlik organizmlarning individual sifat va miqdoriy, mustaqil va korrelyativ (oʻzaro bogʻlangan), adaptiv (moslanishli) va noadaptiv hamda b. belgilarining xilmaxilligini belgilab beradi. Evolyutsiya jarayonida Oʻzgaruvchanlikning turli shakllari bir xilda ahamiyatga ega boʻlmaydi. Irsiy Oʻzgaruvchanlik organik evolyutsiyaning asosi (q. Makroevolyutsiya) va seleksiya uchun material manbai hisoblanadi. Noirsiy Oʻzgaruvchanlik organizmlarni muhitning oʻzgarib turadigan sharoitiga moslanishini taʼminlaydi. Matematik statistika va solishtirmatavsifiy metodlar — Oʻ. ni oʻrganishning asosiy metodlari.
O'zgaruvchanlik tirik organizmlarga xos xususiyat bo'lib, biotik va abiotik omillar ta'sirida yangi belgilami paydo bo'lishi va nasllar orasida farqlar hosil bo'lishiga aytiladi.O'zgaruvchanlik irsiyatni qarama — qarshi ko'rinishi bo'lib, irsiy belgilar tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida o'zgaradi. Bu o'zgargan belgi irsiyat tufayli organizmda mustahkamlanadi,natijada tur ichida xilma —xil belgili organizmlar hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan yangi belgi ma'lum qonuniyat bilan keyingi naslga beriladi.Genetika fani irsiyat bilan birgalikda o zgaruvchanlik qonunlarini ham o'rgatadi. Tirik organizmlardagi belgilarning irsiylanishini ta'minlovchi genlarni turg'unligi nisbiy bo'lib biotik, abiotik omillar ta'sirida o'zgaradi. Genlarning o'zgarishi shu organizmdagi organni fiziologik holati, moddalar almashinuvi jarayonini o'zgarishiga, o'zgaruvchanlikka sabab bo'ladi.
O'zgaruvchanlikni hosil bo'lishiga quyidagilar sabab bo'ladi:
1. Organizm genotipini har xilligi.
2. Organizmlarni tabiiy yashash sharoiti har xilligi.
3. Bir xil genotipli organizmlar har xil yashash sharoitida turlicha ko'rinishdagi belgilarning hosil bo'lishi.
O'zgaruvchanlikni tasnifi.
Tabiatda o'zgarv /chanlik 2 xilda uchraydi:
Noirsiy —fenotipik.
1. Irsiy — genotipik, naslga beriladigan.
Mutatsiya o'zgaruvchanligi sakrash tarzida hosil bo'ladi. Tabiatda keskin irsiy
o'zgarisblar (mutatsiyalar) bilan bir qatorda boshlang'ich holidan bir oz farq qiladigan kichik mutatsiya o'zgaruvchanligi ham ko'plab uchrab turadi.

Download 125.64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 125.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi 306 – guruh talabasi

Download 125.64 Kb.