• Genom mutatsiyalari.
  • Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi 306 – guruh talabasi




    Download 125.64 Kb.
    bet7/10
    Sana07.09.2022
    Hajmi125.64 Kb.
    #25668
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Genetik materialning o’zgaruvchanligi
    Ahrorov H Hattotlik sanati va arabcha yozuv turlari uquv uslubiy qullanma, pdf storage english-text-morning-routine, Neft tarkibini aniqlash usullari, Turk xoqonligi, allel genlarning o`zaro ta`sirida va natijasida bel, Kimyo oziq –ovqat sanoatida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi., 2-TO\'PLAMLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR, Презентация Microsoft Office PowerPoint, Bioinformatika fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanishi, 01.Giperpolik tipdagi to‘lqin tenglamalarisi, Neft tarkibini aniqlash usullari, Tibbiyot genetikasining taqiqot usullari, Xusanova Shaxnoza Meyoz, 202-guruh 2-kursida tahsil olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchi talabalar
    Transpozitsiya - bu DNK kichik bo‘lagini bir xromosoma yoki boshqa xromosoma bo‘ylab ko‘chib yurishidir. Bu hodisa dastlab 1950 yilda amerika olimasi Barbara Mak Klintok tomonidan makkajo‘xori donida ixtiro qilingan. Transpozitsiya genetik birliklarni xromosoma bo‘ylab xarakatlanishi natijasidir. Bunday genetik birliklar ikki tipga ajratiladi.
    Ularning birinchisi insersiya deb atalib, u DNK kalta bo‘lagidan iborat, u o‘z-o‘zini tiklash qobiliyatiga ega. Ikkinchi kalta bo‘lagi transpozon deb nomlanadi. U o‘zini tiklash to‘g‘risidagi axborotdan tashqari fenotipik belgilarni ham kodlashda qatnashadi. Ba’zi genetik birliklarni xromosomada mavjudligi DNKdagi genlarning turg‘un bo‘lmasligiga olib keladi. Shunga ko‘ra ular asosiy genetik elementlar ta’sirida turli mutatsiyalarni hosil qiladilar. Mazkur genetik elementlar faqat DNKdagi genlarnigina emas, ayni vaqtda xromosoma tuzilishini ham o‘zgartirishi mumkin.
    Aniqlanishicha Mak Klintok tasvirlagan xromosoma bo‘ylab ko‘chib yuruvchi yoki «sakrovchi» genetik bo‘lak birgalikda funksiya bajaruvchi ko‘p genlar birikmasidan iborat bo‘lib makkajo‘xori so‘tasida donlarni antotsian (qizil) pigmentini sintezini ta’minlaydi. Ana shu genlar birikmasidagi genlardan birortasi nofaol bo‘lsa donda antotsian rang kuzatilmaydi.
    «Sakrovchi» genetik elementlar keyinchalik ko‘pchilik eukariot va prokariot organizmlarda ham aniqlandi. Hanuzgacha mazkur genetik elementlar organizm
    uchun foydali funksiyaga egami degan masala hal etilmagan. Ba’zi olimlar «sakrovchi» genetic elementlar «xudbin DNK» bo‘lib, faqat o‘z-o‘zini ko‘paytirish funksiyasini bajaradi, organizm uchun hech qanday foyda keltirmaydi degan fikrni quvvatlaydilar. Bunga qaramaqarshi o‘laroq «sakrovchi» genetik elementlar xromosomada har xil mutatsiyalarni hosil etish qobiliyatiga ega bo‘lib, xromosomalarning ichki tuzilishini o‘zgarishiga olib kelishadi degan mulohazalar bor.
    Genom mutatsiyalari.
    Genom mutatsiyasi genotipning barcha sistemasini qamrab oladi. U poliploidiya geteroplodiyaga ajraladi. Poliploidiya deganda xromosoma to‘plamini karra ortishi, geteroplodiya atamasi ostida esa xromosoma sonini ortishi yoki kamayishi tushuniladi.
    Dastlab 1889 yilda I.I.Gerasimov spirogira suv o‘tiga yuqori harorat bilan ta’sir etib yadro moddasini ikki hissa ko‘payishiga erishgan. Poliploidiya atamasini birinchi bo‘lib fanga 1916 yilda G.Vinkler kiritgan. U yunoncha poly-ko‘p marotaba va plooseidos-tur degan ma’noni anglatadi. Poliploidiya doimo olimlar diqqat markazida bo‘lgan. Chunki 1909 yili R.Geyts G.de Frizning mutatsion nazariyasi uchun asos bo‘lgan enotera o‘simligi mutant bo‘lib, tabiiy tetraploid (2p=24) ekanligini ma’lum qildi. Poliploidiyalarga qiziqish XX asrning 40 yillarida birmuncha ortdi. Bunga asosiy sabab amerika tadqiqotchilaridan Bleksli va Eyveri o‘simlik urug‘larini kolxitsin alkoloidi bilan ta’sir qilish natijasida ko‘plab poliploid formalarni oldilar. Aniqlanishicha kolxitsin alkoloidi hujayralar bo‘linayotganda bo‘linish urchug‘ini hosil etmaydi va oqibatda mitozning metafazasida xromosomalar ikki qutbga tarqalmay ona hujayra markazida qoladilar.
    Poliploidiya tabiatda keng tarqalgan hodisadir. Eukariot organizmlardan zamburug‘larda, suvo‘tlarda, gulli o‘simliklarda poliploid formalar ko‘p uchraydi.
    Infuzoriyalarning makronukleusi ham yuqori darajada poliploid hisoblanadi. Hayvonlar orasida poliploid organizmlar nihoyatda kam tarqalgan. Lekin ayrim ixtisoslashgan organlar, chunonchi, sutemizuvchi hayvonlar jigar, ichak to‘qimasi, so‘lak bezi poliploid ekanligi aniqlangan.
    O‘simliklarda sun’iy ravishda poliploid formalarni hosil etishda kolxitsin alkoloididan tashqari vinblastin, achitqi zamburug‘larida kamfora foydalaniladi. Poliploidiya ikki xil bo‘ladi: avtopoliploidiya va allopoliploidiya. Avtopoliploidiya bir turga mansub organizmlarda xromosomalarning karra ortishi tufayli paydo bo‘ladi. Avtopoliploidlar muvozanatli (4n, 6n, 8n va hokazo) va muvozanatsiz (3n, 5n, 7n va hokazo) ga ajraladi.
    Muvozanatli avtopoliploidlar xromosomasi diploid bo‘lgan organizmga qaraganda yirik poyali, bargli, gulli, urug‘li bo‘ladi. Poliploid hujayralar hamda yadrolar diploidli hujayralarga, yadrolarga qaraganda yirikdir. Ko‘pgina o‘simliklarda poliploid qatorlar bo‘lib ular xromosoma soni 2n, 10n gacha boradi. Gulli o‘simliklarda ayniqsa ko‘p avlodlar poliploid qatorlardan iborat.
    Allopoliploidlar har xil turga mansub xromosomalarning birlashishidan hosil bo‘ladilar.
    Ular odatda turlararo duragay organizmlardagi xromosoma to‘plamini karra ortishi tufayli kelib chiqadilar. Bunday formalarni tabiatda barpo bo‘lishi mumkinligi tajriba yo‘li bilan isbotlangan. Masalan, XX asrning 20 yillarida G.D.Karpachenko karam (Brassica oleraceae) bilan turp (Raphanus sativus)ni chatishtirib duragay olgan. Bunday avlodlararo duragaylarning vegetativ organlari kuchli rivojlansa ham ular pushtsiz edi. Chunki avlodlararo duragaylarda xromosomalar soni 18 bo‘lsa ham, ularning 9 tasi karamga, 9 tasi turpga tegishli bo‘lgani sababli ularning xromosomalari bir-biri bilan kon’yugatsiyalanmaydi va oqibatda gametalarni hosil bo‘lishi normal bormaydi. G.D.Karpachenko urug‘chi va changchi gametalarining ayrimlarida ikki avlodning xromosomalar yig‘indisi (9R+9B) borligini aniqladi. Bunday diploid to‘plamli xromosomaga ega urug‘chi va changchi gametalarni o‘zaro chatishishidan 36 xromosomali tetraploid nasl beruvchi o‘simliklar olindi.
    Tabiatda turlararo duragaylanish va har xil turga mansub xromosomalarni bir organizmda mujassam bo‘lish extimoli bor. Chunonchi, bug‘doyning 14, 28, 42 xromosomali, g‘o‘zaning 26, 52 xromosomali turlari mavjudligi bundan dalolat beradi.
    Akademik A.Abdullayev fikriga ko‘ra g‘o‘zaning 52 xromosomali turlarida eski va yangi dunyo g‘o‘zalarining xromosomalari 2p=26 formalarini o‘zaro chatishishidan hosil bo‘lgan G‘1 duragaylarda xromosomalarni ikki marotaba ortishi hisobiga ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.
    Aneuploidiya yoki geteroploidiya hodisasi xromosomalar karra ortishi emas, aksincha, son jihatdan ortishi yoki kamayishi bilan aloqador. Ayrim holatlarda meyoz jarayonida xromosomalar ikki qiz hujayraga teng taqsimlanmasligi mumkin. Bunday holatlar bir gametada bitta, ikkita yoki uchta xromosoma ortiqcha, ikkinchi gametaga shuncha xromosoma kam taqsimlanadi. Agar zigotada 1 xromosoma ortiqcha bo‘lsa trisomik, ikkita kam bo‘lsa nullisomik deb ataladi. Xromosomalarning son jihatdan ortiqcha yoki kam bo‘lishi fenotipda bir qancha o‘zgarishlarni namoyon bo‘lishiga olib keladi. U ayniqsa odamlarda va hayvonlarda kamomatlikga sababchi bo‘ladi. Chunonchi, odamlar 13, 18, 21 xromosomalarini bittaga ortib ketishi oqibatida Patau, Edvards, Daun sindromi kuzatiladi.
    Bunday xromosoma to‘plamiga ega bolalar tana tuzilishi, organlar sistemasida juda ko‘p g‘ayritabiiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgani uchun ular o‘lik holda tug‘iladi yoki tug‘ilsalar ham tezda o‘ladilar.
    Agar o‘simlik changida bitta ortiqcha xromosoma bo‘lsa, u changchini hosil etmaydi, ona hujayrasida bitta ortiqcha xromosoma bo‘lgan taqdirda u hayotchan bo‘ladi. Odatda yadrodagi asosiy xromosomalar (A tipidagi) dan tashqari qo‘shimcha (V tipidagi) xromosomalar ham uchraydi. V tipidagi xromosomalar ikki urug‘pall ali o‘simliklarning 510 turida, bir urug‘pallali o‘simliklarning 1007 turida, hasharotlarning 40% turida topilgan.
    Odatda V tipidagi xromosomalar to‘liq geteroxromatindan tashkil topgan bo‘ladi.
    Qo‘shimcha V tipidagi xromosomalar organizm rivojlanishiga noqulay ta’sir ko‘rsatadi. V xromosomaning qanday vazifa bajarishi hali aniqlanmagan.
    Tabiiy va sun’iy mutatsiyalar.
    Tabiiy muhitda paydo bo‘lgan mutatsiyalar tabiiy, sun’iy sharoitda olingan mutatsiyalar sun’iy mutatsiyalar deb ataladi.
    Tabiiy mutatsiyalar: mutatsiya genning yangi genetik holati bo‘lib, u uni hosil qilishda qatnashgan gen kabi turg‘undir. Tabiiy mutatsiyalarning paydo bo‘lish sabablari har xil.
    Odatda mutatsiya organizmlarga tashqi muhit omillari ta’sirida, shuningdek modda almashinuvining o‘ziga xosligi natijasida paydo bo‘ladi. Mutatsiyaning hosil bo‘lishida ichki sabablar, chunonchi, autoreproduksiyadagi xatoliklar, shuningdek krossingover muxim rol o‘ynaydi.
    Tabiiy mutatsiyalar to‘g‘risidagi tasavvurlar XX asrning 60 yillarida genlarning o‘zo‘zini hosil etishi, reparatsiya va genlarning rekombinatsiyasi, shuningdek ularga sababchi ferment sistemasi ochilgandan so‘ng shakllandi. Dastlabki paytda gen mutatsiyalar DNK sintezida qatnashadigan fermentlar faoliyatidagi xatoliklarga sababchi degan faraz mavjud edi. Hozirgi davrga kelib mazkur faraz deyarli barcha olimlar tomonidan e’tirof qilinadi.
    Insonlar tabiiy mutatsiyalardan seleksiya ishlarida foydalanib kelganlar. Bunga misol tariqasida ankon qo‘y zotini chiqarish tarixini olish mumkin. 1791 yil AQShning Massachusets shtatida qo‘ydan kalta, qiyshiq oyoqli qo‘zichoq tug‘iladi. U boqilgandan so‘ng yirik qo‘yga aylanadi. Bu erkak qo‘y ona qo‘y bilan chatishtirilganda qisqa, qiyshiq oyoqlilik belgisi avlodga beriladi. Fermerlar ana shu qo‘ylarni boqish osonligini e’tiborga olib ko‘paytiradilar va shu tariqa qisqa oyoqli ankon qo‘y zoti yaratiladi. Bunday tabiiy mutatsiyalarni o‘simlik va hayvonlar, odamlarda ko‘plab uchraydi. Chunonchi, bug‘doy rangli yoki qora tanli odamlar orasida oq tanli - albinos bolalarni tug‘ilishi yoki qon ivimasligi - gemofiliya kasali paydo bo‘lishi bunga yorqin misoldir.
    Sun’iy mutatsiyalar 1925 yilga qadar insonlarga tabiiy mutatsiyalar ma’lum edi. 1925 yili G.A.Nadson va G.S.Filippovlar achitqi zamburug‘larida rentgen nurlari yordamida mutatsion jarayonni ko‘p marotaba tezlashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotladilar. 1927 yili esa amerika genetigi G.D.Meller rentgen nurlari drozofila meva pashshasida ham ko‘plab mutatsiyalar hosil qilishini isbotladi. Keyinchalik kimyoviy, fizikaviy omillar ta’sir etdirish natijasida boshqa o‘simliklar, zamburug‘, hayvonlarda ham ko‘plab sun’iy mutatsiyalar olindi. Xususan, respublika olimlaridan akademik Sh.Ibragimov va R.I.Kovalchuk, akademik N.Nazirov, akademik O.Jalilov, F.Djanikulovlarning bu soxadagi yutuqlari diqqatga sazovor.
    Xususan, O.Jalilov radiatsion seleksiya asosida g‘uzaning serhosil, tezpishar AN-402, Oq oltin, Farxod, Samarqand-3, Yulduz navlarini yaratdi. Sun’iy mutatsiyalarni hosil etishda rentgen, kobalt (60So) yoki seziy (137Cs) nurlari kabi fizik omillardan, etilenimin, etilmetansulfat, dimetilsulfat, nitrozoetilmochevina, nitrozometilmochevina kabi kimyoviy moddalardan foydalaniladi.

    Download 125.64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 125.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi 306 – guruh talabasi

    Download 125.64 Kb.