Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi 306 – guruh talabasi




Download 125.64 Kb.
bet8/10
Sana07.09.2022
Hajmi125.64 Kb.
#25668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Genetik materialning o’zgaruvchanligi
Ahrorov H Hattotlik sanati va arabcha yozuv turlari uquv uslubiy qullanma, pdf storage english-text-morning-routine, Neft tarkibini aniqlash usullari, Turk xoqonligi, allel genlarning o`zaro ta`sirida va natijasida bel, Kimyo oziq –ovqat sanoatida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi., 2-TO\'PLAMLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR, Презентация Microsoft Office PowerPoint, Bioinformatika fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanishi, 01.Giperpolik tipdagi to‘lqin tenglamalarisi, Neft tarkibini aniqlash usullari, Tibbiyot genetikasining taqiqot usullari, Xusanova Shaxnoza Meyoz, 202-guruh 2-kursida tahsil olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchi talabalar
Modifikatsion o‘zgaruvchanlik.
Organizmlardagi o‘zgaruvchanlik faqat irsiy omillarga bog‘liq bo‘lmaydi. Ko‘pgina hollarda organizm yashash muhiti omillari ta’sirida ham o‘zgaruvchanlik hosil bo‘ladi.
Bir xil genotipga ega organizmlarda tashqi muhit omillari ta’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar modifikatsion o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik populyatsiyadagi ko‘pchilik organizmlarga xos ekanligi, muxit sharoitining o‘zgarishi kelgusi avlodlarga berilmasligi bilan tavsiflanadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar nuklein kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib fenotipda namoyon bo‘lishini tushunishga yordam beradi. Shuni ta’kidlash lozimki har qanday tirik mavjudotning morfologik, fiziologik, biokimyoviy belgi-xossalarini majmuasi ya’ni fenotipi faqat ota-onadan olingan genlargina emas, balki ma’lum darajada shu organism rivojlanayotgan muxitning xilma-xil omillari ta’sirida ro‘yobga chiqadi.
Modifikatsion o‘zgaruvchanlikga misol bo‘lib gornostay quyon zotidagi yung rangi o‘zgarishi bo‘yicha qilingan tajriba natijasini keltirish mumkin. Quyonning bu zotida yung oq bo‘lib, faqat oyoq uchlari, quloq suprasi, tumshuq uchi, dumi qora rangda bo‘ladi.
Agar quyonning oq yungli orqa tomonida uncha katta bo‘lmagan qismidagi yunglar ustar a bilan olinib, shu quyon harorat pastroq xonada boqilsa yungi qirqilgan joydagi yunglar qora rangda bo‘lib o‘sib chiqadi.
Xuddi shunday xodisani xitoy navro‘zguli (Primula sinensis) da ham kuzatish mumkin.
Bu o‘simlikning qizil gulli irqida odatdagi 150 -250 sharoitda qizil gul rivojlanadi. Aksincha 300 -350 haroratli muxitda o‘stirilsa uning gullari oq rangda bo‘ladi. Ana shunday oq gulli navro‘zgul urug‘lari normal sharoitga ekilsa, urug‘lardan rivojlangan o‘simliklarning guli qizil rangda bo‘ladi.
Alpinistlarning 1mm3 qonida 4000 m balandlikda eritrotsitlar soni ikki martaga oshadi, vodiyga qaytganda esa ularda eritrotsitlar soni normal holatga keladi. Ba’zan kimyoviy, fizikaviy mutatsiyalar ta’sirida organizmning fenotipi keskin o‘zgaradi va badbashara organizm rivojlanadi. Shu singari modifikatsiyalar morfozlar deb ataladi.
Organizm belgilarining tashqi muxit omillari ta’sirida genotipga bog‘liq holda o‘zgarish qobiliyati reaksiya normasi deyiladi. Shuni ta’kidlash lozimki ba’zi belgilar tashqi muxit ta’siriga ko‘proq beriluvchan, ba’zilari esa unchalik tashqi ta’sirotga berilmaydigan, nisbatan turg‘un bo‘ladi. Shunga ko‘ra birinchi belgilarning reaksiya normasi keng, ikkinchisiniki tor bo‘ladi. Masalan, g‘o‘za o‘simligida mineral ozuqa va namlikning ta’siri natijasida tupdagi ko‘saklar soni ortishi yoki kamayishi mumkin. Lekin ko‘sakning hajmi esa unga nisbatan kamroq o‘zgaradi, gultojibargning yoki yoki tolaning rangi o‘ta turg‘un sanaladi. Shoxli qoramollarda ozuqaning ta’siri sut miqdoriga ko‘proq, sutdagi yog‘ miqdoriga kamroq ta’sir ko‘rsatadi.
Yung rangi esa tashqi muxit ta’siriga berilmaydigan, turg‘un belgi hisoblanadi. Binobarin, g‘o‘zaning hosildorligi, sigirlarda sut miqdorining reaksiya normasi keng, g‘o‘zada ko‘sakning hajmi, sigirlar sutidagi yog‘ miqdori belgilarining reaksiya normasi o‘rtacha, g‘o‘zadagi tola rangining, shoxli qoramollarda yung rangi belgilarining reaksiya normasi nihoyatda tor hisoblanadi.
Modifikatsion o‘zgaruvchanlik tabiatda keng tarqalganligi sababli u poligenlar ta’sirida irsiylanadimi yoki tashqi muhit ta’sirida hosil bo‘ladimi degan masala munozaraga sababchi bo‘ldi. Bu munozaraga XX asrning boshida Iogannsen tajribalari nuqta qo‘yadi. U arpa, no‘xat, loviya o‘simliklarida kuzatish olib bordi. U tashqi muxit ta’sirida paydo bo‘lgan modifikatsion o‘zgaruvchanlik avloddan-avlodga berilmasligini isbotlab berdi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik irsiylanmasa ham organizmning o‘zgargan tashqi muhit sharoitida moslanishida, evolyutsion jarayonda har bir organizm turining saqlanib qolishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Odam belgilari hamda irsiy kasalliklari autosomali-dominant, autosomali-resessiv va jins bilan birikkan holda irsiylanar ekan, ana shu tiplar ustida to‘xtalib o‘tamiz. Autosomali-dominant irsiylanish.
Ayrim kasalliklar uchun tuzilgan nasl-nasab (shajara) ni o‘rganish jarayonida,
kasallikning ota-onalarning biridan keyingi bir qancha avlodlarga berilishini aniqlagan edik.
Odamlarda uchraydigan kasalliklardan, adabiyotlarda dastlab tasvirlangani-braxidaktiliya (kalta barmoqlilik), sindaktiliya (barmoqlarning qo‘shilgan holati), polidaktiliya (ko‘p barmoqlilik). Bu belgilarning irsiylanishi autosomali-dominant xarakterga ega. Dominant pakanalik (axondroplaziya), aql zaifligi bilan bog‘liq dominant mikrotsefaliya kabi kasalliklar ham shu tipda irsiylanadi.

Download 125.64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 125.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi 306 – guruh talabasi

Download 125.64 Kb.