|
Z. R. Babayeva Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi Pdf ko'rish
|
bet | 10/108 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 53,35 Mb. | | #240157 |
Bog'liq Geometriya 7 uzb 2022:
22
?
?
?
?
Amaliy mashq va tatbiq
Geometrik joziba
15
Xiva shahridagi Ichanqal’a rasmida (24-rasm) qanday geometrik shakllarni ko‘ryapsiz?
Tojmahal – Hindistonning Agra shahrida boburiy hukmdor Shoh Jahon qurdirgan
qadimiy yodgorlik (25-rasm). Uni qurgan ustalar geometriyadan mukammal bilimga ega
bo‘lganliklari kundek ravshan.
Sidney shahri opera teatri (26-rasm) – Avstraliyada qurilgan zamonaviy me’morchilik
namunasi. O‘zining g‘aroyib geometrik ko‘rinishi bilan diqqatga sazovordir.
Go‘zal geometrik tasavvurlar egasi, iroqlik mashhur arxitektor ayol Zaha Hadidning
loyihasi asosida Xitoy potaxti Pekin shahrida qad rostlagan “Galaxy Soho” dam olish
kompleksining ajabtovur ko‘rinishidan zavq olmaslikning iloji yo‘q (27-rasm).
27
23
25
24
26
16
Ahmad al-Farg‘oniy
Taxminan 797–875-yillarda
yashab ijod qilgan buyuk astronom,
geograf va matematik olim.
Nilni jilovlagan farg‘onalik alloma
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizdan yetishib
chiqqan Ahmad al-Farg‘oniy 861-yili Qohira shahri
yaqinida Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan
“Nilometr” (ya’ni “Nil o‘lchagich”) deb nomlangan
inshootni barpo etgan (28-rasm). Ilmiy-texnik va
me’moriy jihatdan g‘oyat mukammal hisoblangan
hamda o‘zida noyob geometrik yechimlarni mujassam
etgan bu qurilmada olib borilgan o‘lchash ishlari uzoq
vaqtlar davomida dehqonchilik uchun juda zarur bo‘l
-
gan va u hozirgacha saqlanib qolgan.
Ahmad al-Farg‘oniy o‘zining
“
Usturlab yasash
haqida risola
”
asarida astronomiya uchun muhim
xossa – Ptolemey teoremasining nafis isbotini bergan.
O‘rta asr Yevropa ilmiy adabiyotida uni Alfraganus
deb ataganlar. Ahmad al-Farg‘oniy sharafiga Oyda
topilgan krater nomlangan va Qohira shahrida haykal
o‘rnatilgan.
28
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Z. R. Babayeva Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi
|