13
92
1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni mantiqan to‘g‘ri so‘zlar bilan to‘ldiring.
1. Agar uchburchakning ikkita tomoni teng bo‘lsa, u ... bo‘ladi.
2. Teng yonli uchburchakning ... uning ham medianasi, ham balandligi bo‘ladi.
3. O‘z-o‘zini kesmaydigan yopiq siniq chiziqdan iborat shakl ... deyiladi.
4. Hamma tomonlari o‘zaro teng bo‘lgan uchburchakning ... teng bo‘ladi.
5. ... uchburchakning medianalari, bissektrisalari va balandliklari o‘zaro teng.
6. ... asosiga yopishgan burchaklari teng.
7. Teng tomonli uchburchak ... uchburchak ham bo‘ladi.
2. Quyida keltirilgan jumlalardagi xatoni toping va tuzating.
1. Teng yonli uchburchakning burchaklari teng.
2. Agar ikki uchburchakning burchaklari mos ravishda teng bo‘lsa, bu uchburchaklar teng
bo‘ladi.
3. Teng yonli uchburchakning medianasi uning ham bissektrisasi, ham balandligi bo‘ladi.
4. Uchburchakning burchagidan chiqib, shu burchakni teng ikkiga bo‘luvchi nur “uchbur
-
chak bissektrisasi” deyiladi.
5. Mediana – uchburchak tomonini teng ikkiga bo‘luvchi chiziq.
6. Agar ikki uchburchakning bir tomoni va ikkita burchagi mos ravishda teng bo‘lsa, bu
uchburchaklar teng bo‘ladi.
7. Bir uchburchakning ikki tomoni va bir burchagi ikkinchi uchburchakning ikki tomoni va
bir burchagiga mos ravishda teng bo‘lsa, bu uchburchaklar teng bo‘ladi.
8. Perimetri teng bo‘lgan uchburchaklar o‘zaro teng bo‘ladi.
9. Uchburchakning balandligi uning tomoni o‘rtasiga tushirilgan perpendikulyardir.
10. Agar bir uchburchakning uchta burchagi ikkinchi uchburchakning uchta burchagiga
mos ravishda teng bo‘lsa, bunday uchburchaklar o‘zaro teng bo‘ladi.
3. Berilgan xossaga ega bo‘lgan geometrik shakl nomini o‘ng ustundagi
mos qatorga yozing.
1
Hamma medianalari teng
2
Uchburchakning bir uchi va shu uchining qarshisidagi tomon
o‘rtasini tutashtiruvchi kesma
3
Uchburchakning bir uchidan shu uchining qarshisidagi tomonga
tushirilgan perpendikulyar
4
Uchburchak tomonlarining yig‘indisi
5
O‘z-o‘zini kesmaydigan yopiq siniq chiziq
13.2. Bilimingizni sinab ko‘ring
|