|
)
geometriyaning asosiy tushunchalari, ularning xossalarini yaxshi bilish va yodda
tutish;
2) Pdf ko'rish
|
bet | 95/108 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 53,35 Mb. | | #240157 |
Bog'liq Geometriya 7 uzb 20221)
geometriyaning asosiy tushunchalari, ularning xossalarini yaxshi bilish va yodda
tutish;
2)
turli geometrik shakllarning xossalari haqidagi teoremalarni isbotlash usullarini
egallash;
3)
berilgan geometrik masalaning mohiyatini tushunib yetish.
Odatda geometrik masalalarni yechish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1-bosqich:
masalani tushunish.
Bu bosqichda masalaning sharti va xulosasi alohida
ajratib olinadi. Nimalar berilgan, nimani topish, isbotlash yoki yasash kerakligi aniqlanadi.
Masalaga oid chizma chiziladi. Chizma katta va aniq bo‘lishi maqsadga muvofiq. Berilgan
barcha ma’lumotlar chizmada belgilanadi.
2-bosqich:
rejalashtirish.
Bu bosqichda masalani yechish usuli tanlanadi. Uni qo‘llash
uchun qanday qo‘shimcha ma’lumotlar zarurligi aniqlanadi. Yordamchi shakllar chiziladi.
3-bosqich:
yechish.
Bu bosqichda masala bevosita, berilgan reja asosida yechiladi.
4-bosqich:
tekshirish.
Bu bosqichda masalaning topilgan yechimi bevosita tekshiriladi.
Yechish jarayoniga tanqidiy nazar tashlanadi. Agar xato aniqlansa, u tuzatiladi. Tuzatishning
imkoni bo‘lmasa, masalani yechishning boshlang‘ich bosqichiga qaytiladi va hamma ish
qaytadan bajariladi.
25.1. Geometrik masalalarni yechish bosqichlari
25
TAKRORLASHGA DOIR MASALALAR
Masala yechishni o‘rganish uchun ko‘proq masala yechish kerak!
Masalaga oid chizmani to‘g‘ri chizish – masalaning
yarmini yechish demak.
Geometrik masalalar qo‘yilishi va mohiyatiga qarab uch xil turda bo‘lishi mumkin:
1)
hisoblashga doir masalalar;
2)
isbotlashga doir masalalar;
3)
yasashga doir masalalar.
Geometrik masalalar yechish faqat qandaydir geometrik shaklning xossasini
o‘rganishdan iborat faoliyat emas, albatta. U to‘g‘ri fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritish va
ular asosida to‘g‘ri va oqilona qarorlar qabul qilish, xulosa chiqarish ko‘nikma va malakalarini
ham shakllantiradi. Bunday ko‘nikma va malakalar nafaqat matematikada, balki kundalik
turmushda uchraydigan muammolarni hal qilishda ham qo‘l keladi.
Albatta, masalani yechish bu faqat to‘g‘ri javobni topish degani emas. Masalalar
yechish davomida ma’lum xossalarni, teoremalarni va ularning natijalarini qo‘llay olish,
turli usullardan foydalanishni bilish zarur bo‘ladi.
Quyidagi masalaning yechilish jarayonini kuzataylik.
|
| |