• LMS (Learning Management Systems — ta’limni boshqaruv tizimlari) haqida.
  • Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalar va kompyuter injiniringi fakulteti




    Download 488,8 Kb.
    bet3/12
    Sana29.01.2024
    Hajmi488,8 Kb.
    #148024
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    famale
    1-m.ADOBE PHOTOSHOP FUNKTSIYALARI VA VERSIYALARI, TAT, Шартнома амалиёт КИ, Kompyuter grafikasi va dizayn(test), akademik-litseylarda-informatika-va-axborot-texnologiyalari-fanini-o-qitish-holati-va-uning-tahlili, informatika-fanini-o-qitishda-o-yinli-texnologiyalardan-foydalanish-metodikasini-takomillishtirish, 5-sinf Informatika fanidan Scratch dasturlash muhiti dars ishlanmasi, Tabiiy fanlar fakulteti, informatika-ta-limida-scratch-dasturidan-foydalanish-ta-lim-samaradorligidan-biridir, 15-mavzu. Tkinter vidjetlari., tarmoq, animatsiya, To\'garak jalb qilish KIAT 2, L2 - Vocabulary
    Mavzuni vazifasi:
    LMS(Learning Managment Systems – ta’limni boshqaruv tizimlari) haqidad tushuncha va malumot berish;
    LMS platformalari orqali masofaviy talimni qanday qurish va boshqarish;
    LMS da xususan Google Classroom platformasida virtual darslarni tashkil qilish va uni nazorat qilish;
    LMS da yaratilgan virtual darslar orqali o’quvchilarni doimiy nazorat qilish va ularni muntazam ravishda yangi platformalar orqali bilim darajalarini sezilarli oshirish;

    LMS (Learning Management Systems — ta’limni boshqaruv tizimlari) haqida.
    Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi internet orqali masofadan o‘qish imkoniyatini kengaytirib yubordi. Masofadan turib onlayn o‘qish ta’lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda o‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi, bilimlarni o‘zlashtiradi, o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa chiqaradi. Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS – Learning management systems)dan foydalaniladi.
    Ta’lim boshqaruv tizimlari (LMS — learning management systems) — bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma’ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.
    Learning — o‘qitish. LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv materiallarining yagona bazasini yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bo‘yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir.
    Management — boshqaruv. Ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o‘qituvchi) boshqarib boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi.
    System — elektron tizim. LMS o‘qituvchining o‘rniga har bir o‘quvchi berilgan topshiriq yoki testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi. Hisobotlar orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini kuzatib borishi ham mumkin.
    LMSNING AFZALLIKLARI :

    • Foydalanishning erkinligi — o‘quvchi tizimdan deyarli hamma joyda foydalanishi mumkin. Yoshi katta ta’lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olishlari mumkin.

    • O‘qish xarajatlarini kamaytirish — metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ talab qilinmaydi.

    • Moslashuvchanligi — o‘quv jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi imkoniyat va talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilishi mumkin.

    • Zamon bilan hamnafasligi — elektron kurs foydalanuvchilari, xususan, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini eng zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq rivojlantirib boradi. Bunda elektron o‘quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o‘z vaqtida yangilab turish imkoniyati mavjud.

    • Ta’lim olishning tengligi — o‘qitish ma’lum bir ta’lim muassasasidagi o‘qitish sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi.

    • Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati — o‘quv jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini belgilab olish mumkin.

    • Tajriba almashish — muloqot qilish, xabarlar almashish uchun chat, blog, forum va konferensiyalardan foydalanish mumkin.

    • Statistika — darsga qatnashish, o‘zlashtirish kabi ma’lumotlar tizimda qayd etib borilganligi uchun, o‘qituvchi xohlagan paytda kerakli shakldagi hisobotni olishi mumkin.

    LMSNING KAMCHILIKLARI :

    • O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida bevosita aloqaning mavjud emasligi o‘quv jarayonini nazorat qilish va o‘quvchi natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.

    • LMSni joriy etish zamonaviy texnologik qurilmalarni talab etadi.

    • O‘qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka hamda o‘z o‘quv dasturlarini elektron ta’limga moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.

    • O‘qituvchi individual pedagogik mahoratini to‘liq namoyish qila olmaydi.


    Download 488,8 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 488,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalar va kompyuter injiniringi fakulteti

    Download 488,8 Kb.