• Oson sozlamalar.
  • Samarali aloqa.
  • Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalar va kompyuter injiniringi fakulteti




    Download 488,8 Kb.
    bet7/12
    Sana29.01.2024
    Hajmi488,8 Kb.
    #148024
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    famale
    1-m.ADOBE PHOTOSHOP FUNKTSIYALARI VA VERSIYALARI, TAT, Шартнома амалиёт КИ, Kompyuter grafikasi va dizayn(test), akademik-litseylarda-informatika-va-axborot-texnologiyalari-fanini-o-qitish-holati-va-uning-tahlili, informatika-fanini-o-qitishda-o-yinli-texnologiyalardan-foydalanish-metodikasini-takomillishtirish, 5-sinf Informatika fanidan Scratch dasturlash muhiti dars ishlanmasi, Tabiiy fanlar fakulteti, informatika-ta-limida-scratch-dasturidan-foydalanish-ta-lim-samaradorligidan-biridir, 15-mavzu. Tkinter vidjetlari., tarmoq, animatsiya, To\'garak jalb qilish KIAT 2, L2 - Vocabulary
    Google Classroom − LMS sifatida ishlatiladigan dasturlardan biri sanaladi. Google xizmatidan foydalanish va sozlash juda oson. Barcha ma’lumotlar Google xizmatlarida saqlanadi: videodarslar YouTubeda, elektron darsliklar Google Diskda, kurs ishtirokchilari Google dokumentda o’zlarining yozma ishlarini bajaradilar.
    Kurs yaratilib, parol kurs ishtirokchilariga tarqatilgandan so’ng onlan faoliyat boshlanadi. Kursda e’lon, topshiriqlarni qo’shish, savollar berish mumkin (savol talabalarga bir-birlarining javoblariga izoh berish imkoniyatini berib, butun guruh tomonidan muhokama qilinishi mumkin).
    E’lon − bu Google Drivega fayllarni, YouTubedan videolarni va tashqi manbalarga havolalarni qo’shishingiz mumkin bo’lgan matn. Google Docs formatidagi barcha fayllar bitta nusxada saqlanadi (tinglovchilarga faqat o’qish rejimida ochiladi) yoki har bir foydalanuvchiga o’zgartirishi (tahrirlashi) mumkin bo’lgan nusxasi beriladi. Foydalanuvchi Google Docsda hujatlarni tashkil qilishi (matnli hujjat yaratishi mumkin), shuningdek, onlayn ravishda prezentatsiyalar yoki jadval yaratishi mumkin.
    Google Classroom foydalanuvchiga haqiqatan ham qog’ozsiz ishlarga o’tishga, talabalar jamoasini yaxshilashga va talabalar uchun turli xil ko’rsatmalar berishga, vaqtni tejashga, qog’ozni tejashga va sinfning inverter modelini yaratishga imkon beradi. Google Classroom − o’qituvchi yoki talabalar o’quv jarayonidan tashqarida bo’lganlarida foydali vosita bo’lib, ular dars berishda davom etishlari va o’tkazib yuborilgan darslarni davom ettirishlari mumkin.
    Oson sozlamalar. O’qituvchilar kurslar tashkil qilishi, talabalar va boshqa o’qituvchilarni kurslarga taklif qilishi mumkin. Kurs davomida topshiriqlar, e’lonlar va savollarni joylashtirish juda qulay.
    Qulaylik. Talabalar topshiriqlarni lentada, kalendarda yoki “Topshriqlar ro’yxat”da ko’rishlari mumkin. Barcha materiallar avtomatik ravishda Google Drivedagi papkalarga joylashadi.
    Samarali aloqa. Google Classda o’qituvchilar topshiriqlarni yuklashi, e’lonlar yuborishi va muhokamaga qo’yishi mumkin. Shu o’rinda, ishtirokchilar ham o’zaro ma’lumot almashishi, kurs lentasida izohlar qo’yishi va elektron pochta orqali muloqot qilishi mumkin. Taqdim etilgan ishlar haqida ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib boriladi, bu o’qituvchilarga topshiriqlarni tezda tekshirish, baholarni belgilash va sharhlar qo’shish imkonini beradi.

    Download 488,8 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 488,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalar va kompyuter injiniringi fakulteti

    Download 488,8 Kb.