«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi




Download 363,42 Kb.
bet69/71
Sana07.01.2024
Hajmi363,42 Kb.
#131379
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni-fayllar.org

Kalit so’zlar: tilshunoslik, adverbial variantlar, ravishdosh, sintaksema, birlik.
Hozirgi zamon tilshunosligining muhim va asosiy bir qismi hisoblanuvchi tillar
tipologiyasi hozirgi lingvistik tadqiqotlar ichida katta o‟rin egallaydi, chunki u jonli, faktik
materialga asoslanib, u yoki bu hodisaning tabiatini aniqlashga xizmat qiladi. Dunyodagi
barcha mavjud tillarning tipologiyasini o’rganish, turli tizimga mansub tillarning o’xshash va
farqli jihatlarini tekshirish tipologiyasi va barcha tillar uchun umumiy bo‟lgan universal
konstantlarni aniqlash masalalari tilshunoslar oldiga konkret tillarning tipologiyasi va ularni
qiyosiy-tarixiy jihatdan guruhlarga bo’lish vazifasini qo’yadi. Hozirgi zamon tilshunosligida
turli strukturadagi tillarni qiyoslashga asoslangan grammatik tadqiqotlar tillarda mavjud
bo’lgan barcha ahamiyatga molik bo‟lgan xususiyatlarning hammasini qamrab ololmaydi, va
shu tufayli, boshqa ko‟pgina o’rganilayotgan tillardagi xususiyatlardan kelib chiquvchi yangi
yo’nalishlarga asoslanishi talab qilinadi. Faqatgina har bir konkret tildagi yoki qardosh guruh
tillaridagi tipologik alomatlarni aks ettirish orqali tadqiqotchi har xil tizimdagi tillarni
tipologik qiyoslash, ulardagi universal va urg’u berilishi lozim bo’lgan alohida xususiyatlarni
aniqlash mumkin. Biror tildagi faktlarni boshqa sistemadagi til bilan struktural-tipologik
qiyoslash ko‟pincha tildagi hodisalarning alomatlarini to’g’ri aks ettirishga to’sqinlik qiladi.
Bunga misol qilib, hozirgi turkiy tillar grammatikasi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarda
sifatdoshli o’ramlar kategoriyasini ergash gaplar bilan qiyoslab, ularning faqat ma‟no jihatdan
to’g’ri kelishini va bir-biriga sinonim deyishlarini ko’rsatish mumkin.
Konkret tillarni va qarindosh tillarni tadqiq etishda ularning tipologik xususiyatlarini
aniq belgilash tilshunoslikning umumiy masalalarini, xususan, til va tafakkurning aloqasini,
tilning kelib chiqishini, umumiy tipologik universaliyalarni aniqlashni talab qiladi. Hozirgi
tilshunoslikda barcha yo’nalishlar uchun bir xil va umumiy bo‟lgan, asosan struktura va
model, bosqich va yarus, sistema, grammatik va leksik kategoriya, shakl, format va hokazo
uchun lingvistik terminologiya bir xil bo‟lmagani tufayli, bu asosiy tushunchalarning asl
ma‟nosi va ularga to’g’ri keluvchi terminlarni ushbu tadqiqotda belgilab o’tish lozim ko’rinadi.
Struktura – kichik tizimlar va sistemalar yoki ularning yig‟indisi aloqasining tarixiy
shartlangan birligi bo’lib, u tilning yoki ayrim til birliklarining (gaplar, so’z birikmalari,



93
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»


nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
so’zlar) qurilish arxitektonikasini xarakterlaydi. Tilning strukturasi tildagi barcha
bosqichlarning aniq va tartibli o’zaro bog‟lanishini ko‟rsatuvchi farqlanish belgilarining
yig‟indisida aks etgan barcha elementlar va ularning birbiriga munosabatini o‟rganadi.
Gapning morfologik strukturasi so‟zning barcha elementlari va ular o‟rtasidagi munosabat
bilan izohlanuvchi farqlanish elementlari yig’indisida aks etgan tarixiy shartlangan birlikdir.
Model eng konkretdan eng abstraktgacha bo‟lgan har xil pog’onadagi biron til strukturasi,
uning biror bosqichida yoki tilning u yoki bu bosqich mikrostrukturasining
umumlashtirishdagi tipologik tahlil birligidir.
Tilning modeli, sintaktik, morfologik, fonologik, leksik struktrurasining modeli, gap,
so’z birikmasining modeli, so‟zning morfologik, leksik, fonologik struktrurasining modelidir.
Tilning bosqichi va yarusi til strukturasining shartli ravishda analitik bo‟linish tomonidir. U
tilning asosiy kichik strukturasidan biri bo’lib, bir-biri bilan o‟zaro ma’lum bog‟lanish va
ierarxiya munosabatida organik bog‟langan farqlanish belgilarining funksional
qonuniyatlarini izohlaydi: sintagmatik yoki sintaktik bosqichi, morfema va morfologik
bosqichi, semiotik yoki semasiologik bosqichi, fonemik yoki fonologik bosqichi ayrim
holatlarda fe’lli va sifatli murakkablashuv o’zaro o’rin almashtirishlari yoki birlikda ishlatilishi
mumkin. Vositasiz to’ldiruvchining murakkablashuvi muayyan semantikaga mansub
fe’llardan so’ng infinitiv, sifatdosh, sifat, holat kategoriyasiga mansub so’zlar yoki predlogli
guruhlarning to’ldiruvchi vazifasida kelishi bilan yasaladi. To’ldiruvchi bilan uning
murakkablashuvi o’rtasida ikkilamchi kesimlari munosabatlari kuzatiladi. Bu xususiyat ko‟rib
chiqilayotgan konstruksiyalarini aniqlashda eng muhim belgi hisoblanadi. A.G’.G’ulomov
fikricha “Sintaktik munosabatlarni ifodalashning asosiy yo’llari to’rt xildir, ya’ni: so’z shakllari,
yordamchi so’zlar, so’z tartibi va intonatsiya orqali ifodalash.” (2,18)
A.Sodiqov sintaksis atamasini ikki xil ma’noda qo’llaydi:
1. Tilning sintaktik qurilishi ma‟nosida;
2. Tilning sintaktik qurilishini o‟rganadigan grammatikaning bir qismi ma‟nosida. Ba’zi
tilshunoslar sintaksisning predmeti deb faqat gapni tan oladilar. Ularning fikricha, sintaksis,
birinchi navbatda, tilning kommunikativ birligi – gapni, gapning turlarini, ularning shaklsi va
mazmuni, gapni bo‟laklarga ajratish masalasini va sintaktik vositalarni o‟rganadi. (3, 175-
176)
Ma’lumki, gap sintaksisning asosiy o’rganish ob’ekti hisoblanadi. Gaplarni tasniflash
bo’yicha tilshunoslar o’rtasida turlicha yondashuvlar mavjud. E.Krayzingning fikricha,
sintaksis grammatikaning gap qurilmasini o’rganuvchi bir bo‟limi sifatida olib qaraladi va
unda gap tarkibida ishtirok etgan birliklar ikki guruhga ajratiladi: Close syntactic groups va 
loose syntactic groups. Close syntactic groups morfologik jihatidan verb groups, noun groups,
adjective groups, adverb groups, preposition groups, pronoun groups kabilarga ajratib
o‟rganishni tavsiya etadi. Loose syntactic groups esa ikki xil bo’lishi mumkin: Linked groups
va unlinked groups: linked group is five and twenty; unlinked group-a low soft breathing.
Bundan tashqari, ushbu guruhlarda ishtirok etgan a‟zolarning sonini ko‟rsatish bilan
chegaralanadi: double, triple, quadruple va hokazolar.
Demak ingliz tilida uchraydigan bir tarkibli gaplar o‟zbek va rus tillaridagi bir tarkibli
gaplarning turlaridan farq qiladi.
Ikkinchi darajali predikatsiyali ravishdosh o’ramlar qatnashgan sodda gap tarkibidagi
mazmunlar qo‟shiluvida ikkinchi darajali propozitsiyadagi harakat bilan asosiy



94
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»


nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
propozitsiyadagi harakatning bir paytda sodir bo‟lganlik ma‟nosidan iborat qo‟shimcha
ma‟no ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Adolat went to the spring with her instrument on
her shoulder. Adolat ketmonni yelkalab, buloq boshiga bordi (I.Rahim). Ayrim hollarda
ikkinchi darajali predikatsiyali ravishdosh o‟ramning predikativ bo‟lagi bo‟lgan ayni
ravishdosh fe‟lning analitik shaklidan yoki hozirgi zamon shaklidan shakllanganda birmuncha
boshqacharoq qo‟shimcha ma‟no ifodalanadi. Ikkinchi darajali predikatda ifodalangan
harakat davomli bo‟ladi, asosiy predikatda ifodalangan harakat esa mazkur davomli harakat
“ichida” bajariladi. Shuni ham aytish mumkinki, bunda ikkinchi darajali predikatning asosiy
predikatga tobeligi birmuncha kuchsizlanadi va ayni paytda uning umumiy sub‟ekt (gapda
ega shaklida ifodalangan)ga tegishliligi, u bilan aloqadorliligi yana ham bo‟rtib ko‟rinadi.
Masalan: Drying her hands in the towel, Saltanat looked out of the kitchen window. Saltanat
qo’lini sochiqqa arta turib, oshxona derazasi orqali tashqariga qaradi (O’.Usmonov). Bunday
gaplardagi propozitsiyalarning qo‟shiluvi ayni propozitsiyalar o‟rtasidagi sabab-oqibat
aloqasidan iborat qo‟shimcha ma‟noni aks ettirishi mumkin. Bunda ayni propozitsiyalarning
aloqasi benihoya zich bo‟ladi, ular bir- 48 birini hamisha taqozo etadi. Zero, sababsiz oqibat
va oqibatsiz sabab mantiqan bo‟lishi mumkin emas. Ikkinchi darajali predikatsiyali ayni
ravishdosh o‟ramlar sabab mazmunli propozitsiyani ifoda etadi va bu propozitsiya asosiy
propozitsiyani keltirib chiqaradi, uning voqe bo‟lishi uchun sabab bo‟ladi. Shuning uchun
ham ikkinchi darajali propozitsiyadagi harakat (holat va sh. k.) asosiy propozitsiyadagi
harakat (holat va sh.k.)dan oldin amalga oshadi. Masalan: Aziz, irritated by this weep, can’t
sleep on the balcony even in summer. Aziz shu yig’idan bezib, yozda ham balkonda
yotolmaydi (O’.Usmonov).

Download 363,42 Kb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Download 363,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi

Download 363,42 Kb.