95
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
DIQQAT BARQARORLIGI VA DIQQAT BUZILISHLARI HAMDA UNING
BELGILARI
Pardayeva Maftuna Baxtiyor qizi
Temiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar
Fakultiteti Amaliy Psixologiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6362706
Annotatsiya: Ushbu maqolada diqqat haqida umumiy tushuncha, diqqat barqororligini
taminlovchi omillari, diqqat buzilishlarining turlari va uni qanday bertaraf etish yollarini
keltirib o’tamiz.
Kalit so’zlar: Diqqatning inertligi, simultan , konsentratsiya , aprozeksiya
Biz dunyoga kelganimizdan boshlab
olamga teran nigoh bilan qarab, har bir ovozga ,
qimirlagan bizga notanish narsalarga u nima ekanligini bilish uchun bor diqqatimizni
qaratamiz va shu zayilda olamni tanishni boshlaymiz. Boshida qiziquvchanligimiz hamda
begona narsalarning barchasini bilishga harakat qilganimiz tufayli diqqatimiz beqaror, tez
bo’linuvchan bo’ladi bu aynan bolalik chog’larimizga to’g’ri keladi, biz buni psixologiyada Ivan
Pavlovich Pavlov tabiri bilan “bu nima gap” refleksi deb ataymiz . Yosh davrlar xususiyatidan
kelib chiqqan holda bu diqqatning bolalarga xos holatidir.
Xo’sh, diqqat deb o’zi nimaga aytiladi?
Psixologiya fanida har xil ta’rif beriladi, uni izohlashda esa psixologlar
turli nazariyalarga
asoslanadilar.
Diqqat – bu ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan obektga aktiv ( faol) qaratilishiga aytiladi
Ivanovning fikricha biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qilgan har bitta narsa , o’y,
fikr va rejalarimiz hamda har bitta qilgan ishimiz va hodisalar diqqatning obekti bo’la oladi .
Shuni aytish joyizki diqqat vujudga kelishida ong bir nuqtaga to’planadi hamda bu ong
doirasining torayishini vujudga keltiradi. Bunday torayish natijasida ong doirasi yanada
yorqinlashadi. Agarda miyani ko’rish imkoniyati paydo bo’ganda huddi shu jarayon vaqtida
miyamiz ichida kichkina nurlarni uning markazida kattaroq nurni ko’rishimiz
mumkin edi
.Olim I.P.Pavlov fikri bilan aytganda biror bir yangi g’oya tug’ilayotgan yoki yaratayotgan
inson miyasini kuzataigan bo’lganimizda kichkina bir yorqin nurning u yoqdan bu yoqqa
yurganini ko’rgan bo’lardik.
Diqqat bo’inuvchanlik xususiyatiga egadir, diqqatimizni yo’naltirayotgan obektga maksimal 3-
5 daqiqa qarata olishimiz mumkin shu orada diqqat bir va undan ko’p martta bo’linishi
mumkin bu jarayonni biz sezmay ham qolamiz. Simultan bo’linish diqqatning barqaror
ishlashiga yordam beradi.
Ayrim odamlarning fikri tez chalg’iydigan bo’ladi – bu diqqat barqarorligi yetishmasligi bilan
bog’liq holatdir. Diqqatning ma’lum vaqt oralig’ida saqlanishi diqqatning barqarorligi deb
ataladi. Agarda biror bir mashg’ulotga e’tibor bilan kirishilsa ushbu jaraoyon kuzatiladi. Bu
xususiyat inson qiziqishlari va kasbiga bog’liq ham bo’ladi . Shuncha
vazifalarni uddalashda
diqqatning faqatgina o’zi emas boshqa kognitiv jarayonlar ham qatnashadi. Aytish mumkinki,
diqqatning barqarorligi har qanday sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning eng muhim
shartlaridan biridir. Ushbu bilish jarayoni insonning atrofdagi borliqni va unda sodir
bo’layotgan jarayonlarni idrok etish jarayoni ravshanlashtiradi. Diqqatning barqarorligi – bu
96
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
diqqatning kontsentratsiyaning davomini bilgilaydigan xususiyat hamdir. Bundan xulosa
qilib
diqqatning bir joyga to’planishida diqqat barqarorligi yetakchi rol o’ynaydi deyish mumkin.
Shuni ham ta’kidlash joizki, qabul qilingan ma’lumotlarning ishlashi va hajmini asosan ushbu
omil belgilaydi. Diqqat qanchalik barqaror bo’lsa faoliay natijasi ham shunchalik samarali
bo’ladi. Diqqatning barqaror yoki beqaror diqqat turiga kirishini tartiblab belgilab beruvchi
birorta ham me’yor, ko’rsatkich yo’q va bunday omillarning bo’lishi ham mumkin emas. Bu
vazifani diqqatning turi – ixtiyoririy, ixtiyorsizligiga qarab, bajarilayotgan ma’lum bir
faoliyatning mazmun va natijasiga qarab turli xil baho berish mumkin.
Diqqatning barqaror bo’lishi bir qator shartlarga: diqqat obektining mazmundorligiga ,
faoliyatga ,
ish bajarilayotgan vaziyatga , odamning ruhiy holatiga va albatta , irodasi va
qiziqishlariga bog’liq.
Agarda diqqat obekti qanchalik mazmundor bo’lsa , diqqat ham shunchalik kuchli va barqaror
bo’adi. Diqqatning barqarorligi iroda kuchi bilan ham o’lchanadi ko’pincha, ixtiyorsiz
(irodaviy) diqqatning barqarorligi ham faoliyat jarayonida irodaning kuchi bilan ushlab
turiladi . Iroda kuchimiz hamda qiziqishlarimiz uyg’unligida eng qiyin vaziyatlarda ham o’z
faoliyatimizga diqqatimizni jamlab tura olamiz. Diqqatning rivojlanishi xususida L.C.Vigotskiy
balalarda barqaror diqqat sust rivojlanganligini keltirib, bu ixtiyorsiz diqqat sifatida
namoyon
bo’ladi deb tushuntiradi.Bu jarayon 4,5 – 5 yoshga qadar saqlanib qoladi va bola uchun
normal holat sanaladi.
Bizning tayanch qismimiz hisoblanmish diqqat doim ham biz istagandek va bir xil
ishlayvermaydi, unda ham ayrim buzilishlar sodir bo’ladi. 1.
Parishonxotirlik –
diqqatning cheklangan obektlariga uzoq vaqt mobaynida qaratilib turilishining buzilishi . Bu
buzilish asosan charchaganda , astenik xolatlarda kuzatiladi.