|
Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natijaBog'liq 12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDFo‘zi yo‘q, deb hisoblashadi. Shunga ko‘ra, ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etib, ularni
yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. Pedagoglar birinchi navbatda o‘quvchining, hatto xato
bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayoni esa ota-ona va o‘qituvchi
o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi.
Biz kuchli davlat barpo etishimiz uchun, har bir sohani yuksak darajaga olib chiqishimiz uchun
ta’limning har qanday ko‘rinishiga jiddiy e’tibor berishimiz, ta’lim olayotgan yosh avlodning va ta’lim
berayotgan o‘qituvchilarning fikrlarini inobatga olgan holda o‘zgarishlar qilishimiz lozim. Buning uchun
quyidagi jihatlarga ‘tibor qaratish muhim:
1. Agar niholni boshidanoq noto‘g‘ri parvarishlasangiz yoki nihol ekishda xatolikka yo‘l qo‘ysangiz,
oqibati niholimiz hozi bermaydi. Shuning uchun ham o‘quvchini boshlang‘ich sinq partasiga ilk qadam
qo‘ygan kunidan boshlab, o‘qituvchi unga namuna bo‘lib ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishi zarur.
2. Ta’limning maqsadini aniq belgilab olib, dars jarayonini shu maqsadni amalga oshirishga qaratish
lozim.
3. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga munosabatda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari
asosida amalga oshirilishi kerak.
4. Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino va Beruniy kabi buyuk allomalarimizga qay tarzda ta’lim
berganliklari, ularning pedagogik g‘oyalarini o‘rganib amaliyotga qo‘llanilishi muhim.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchiman, ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy bundan yuz yillar avval
aytgan «Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat
masalasidir», degan iborasi ayni kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Darhaqiqat, dunyoning
rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi uchun yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘QITUVCHINING O‘QUVCHI BILIMINI BAHOLASH XUSUSIYATLARI
|
| |