Международный научный журнал
№
10
(100),
часть
1
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
328
Jarayonni to’xtatish.
Bajarilish xolatidagi jarayon ishi, biror bir uzilish natijasida
to’xtaydi. Protsessor avtomatik tarzda komandalar schyotchigini saqlaydi va boshqaruvni
bu uzilishga ishlov beruvchi maxsus adresga uzatadi. OT jarayonni tayyorlik xolatiga
o’tkazadi va uzilishni katta ishlashga, ya’ni uzilishga olib kelingan xolat uchun ma’lum
operatsiyalarni bajaradi.
Jarayonni blokirovka qilish.
Jarayon o’z ishini xisoblash tizimida biror bir xodisa ro’y
bermaguncha davom ettira olmaydi. Shuning uchun jarayon ma’lum tizimli chaqiriq bilan
OTga murojaat qiladi. OT tizimli chaqiriqni qayta ishlaydi(kiritish –chiqarish operatsiyalarini
initsializatsiya qiladi, biror qurilmani bo’shashini yoki xodisa ro’y berishini kutayotgan
jarayonlar navbatiga qo’shadi va xokazolar.), jarayonni bajarilish xolatidan kutish xolatiga
o’tkazadi.
Jarayonni bloklashdan chiqarish(razblokirovanie). Tizimda biror xodisa ro’y bergandan
so’ng, OT aynan qanday xodisa ro’y berganligini aniqlashi zarur. Keyin OT, qaysi jarayon shu
xodisani kutish xolatida ekanligini aniqlaydi va shunday jarayon bo’lsa uni tayyorlik xolatiga
o’tkazadi.(bunda OT xodisa ro’y berishi bilan bog’liq bo’lgan amallarni bajaradi.)
Protsessorni
bir
jarayondan
ikkinchisiga
to’g’ri(korrekt)
o’tkazish
uchun
bajarilayapgan jarayon kontekstini saqlashi va protsessor o’tkazadigan jarayon kontekstini
tiklash zarur. Bunday jarayonlar ishlanganligini saqlash/tiklash protsedurasi kontekstni
o’tkazish deyiladi.
Jarayonlarni rejalashtirish.
Xar gal, chegaralangan resurslar va ularning bir nechta
iste’molchilari bilan ish ko’rilganda, masalan, misol uchun mexnat jamoasida maosh fondini
taqsimlash deylik, biz mavjud resurslarni iste’molchilar o’rtasida taqsimlash bilan
shug’ullanishimizga to’g’ri keladi, yoki boshqacha aytganda resurslardan foydalanishni
rejalashtirishimizga to’g’ri keladi. Bunday rejalashtirish aniq qo’yilgan maqsadlarga (ya’ni,
masalan, resurslarni taqsimlash xisobicha biz nimaga ega bo’lmoqchimiz) va bu
maqsadlarga mos va iste’molchi parametrlariga tayanadigan algoritmlarga ega bo’lishi
kerak.