Dars, uning turlari va tuzilishi mavzusini o'rganish bo'yicha quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilandi




Download 249,46 Kb.
bet2/6
Sana18.12.2023
Hajmi249,46 Kb.
#122485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish prizentatsiyasi

Dars, uning turlari va tuzilishi mavzusini o'rganish bo'yicha quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilandi.
1. Y. A. Komenskiyning ta'limni tashkil qilishdagi qarashlari. Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg'onish davri madaniyatining ta'siri ostida vujudga kelish faoliyatini o'rganish.
2.Hozirgi kundagi ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan sinf - dars tizimi. O'quvchilarning mashg'ulot jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarini chuqur egallashlari, uning idrok etish qobiliyatlari va ma'naviy - axloqiy sifatlarini tarbiyalashdagi vazifalarini o'rganish.
3.Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko'ra zamonaviy dars xususiyatlarini o'rganish.
4.Zamonaviy didaktik talablar asosida tashkil qilingan , Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi mavzusi bo'yicha darsning texnologik xaritasini ishlab chiqish.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk Chex pedagogi Y. A. Komenskiy ( 1592 - 1670 ) tarixda birinchi bo'lib maktab ta'limida sinf -dars tizimini yaratgan. Ya. A. Komenskiyning ta'limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo'lsa ham g'arb mamlakatlariga juda ham tez tarqaldi. Ta'limni tashkil qilishning birdan -bir shakli deb e'tirof etilgan [10-14]. Sinf - dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq bo'lmadi. Ularda oktabr to'ntarilishiga qadar o'rta asr maktablariga xos ta'lim tizimi davom etib keldi. Bir o'qish xonasida 6 yoshdan 15- 16 yoshgacha bo'lgan bolalar guruhi bilan bir vaqtda mashg'ulot olib borilar edi. Shuningdek, bir o'qish xonasidagi (20 - 30) o'quvchilarning bilim darajasi ham turlicha bo'lar edi. Dars, uning turlari va tuzilishining mazmuni Hozirgi kundagi ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan sinf- dars tizimi. Hozirgi kunda respublikamizda ta'limning oldiga qo'yilgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maktab ta'limini tashkil etishning, dars turlarining yangidan - yangi shakllari yaratilmoqda. Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo'lgan ma'lum miqdordagi o'quvchilar guruhidir.

Download 249,46 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 249,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars, uning turlari va tuzilishi mavzusini o'rganish bo'yicha quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilandi

Download 249,46 Kb.