• E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Darsni tahlil qilishdan maqsad xatolarni izlash emas balki




    Download 249,46 Kb.
    bet6/6
    Sana18.12.2023
    Hajmi249,46 Kb.
    #122485
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqil ish prizentatsiyasi

    Darsni tahlil qilishdan maqsad xatolarni izlash emas balki:
    Dars tahlili haqida gap ketganda ko‘pchiligimiz to‘lib-toshib dars tahliliga kirish texnikasini yaxshi o‘zlashtirganimiz, o‘qituvchi mahorati va dars jarayonini metodik, pedagogik, texnologik, psixologik, ijtimoiy, professional tahlil qilish kabi turlarini hamda bular amaliyotda o‘qituvchining kasbiy faoliyati uchun katta metodik yordam bo‘ishi haqida uzundan uzun ma’ruza o‘qiymiz. Aslida-chi? Nega hattoki har kuni bir jamoada ishlayotgan hamkasblarimiz ham darsingizni kuzatishga kiramiz, deyilsa cho‘chiydi. Chunki darsdan keyingi tahlillar odatiy tusga kirgan. Yo bir talay kamchiliklarni aytib o‘zlarini dono tutishadi yoki hali o‘z ustingizda ko‘p ishlashingiz kerakliginiuqtiradi. Faraz qilaylik, tekshiruvchi, ya’ni sizga metodik yordam uchun kelgan mas’ul yoki maktablarda faqat qog‘ozdagina ish ko‘rsatuvchi metodbirlashma, dars tahlili daftarini to‘ldirish uchun kuzatishga kiruvchi maktab rahbarlaridan biri tasodi­fan mashg‘ulotingizga kirdi va so‘ng jarayonni tahlil qila boshladi:
    “Siz hayajonlandi­ngiz, o‘quvchilaringiz ham gapini yo‘qotib qo‘ymoqda. Falonchi o‘quvchi­ngiz umuman qatnashmadi, siz jalb qila olmadingiz. Texnika vositasidan foydalanmadi­ngiz (qani shu texnika vositasi, deydigan mard yo‘q!) To‘g‘ri, maqsadingizga erishdingiz, ammo noan’anaviy dars o‘tma­dingiz” va hokazo. E’tibor be­ring, u faqat sizni, o‘quvchilarni obdon kuzatdi. Endi ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qanday yordam berishi­ni tasavvur qilyapsiz: metodik yoki psixologik? Darsdan keyingi tahlil bu — o‘qituvchining yutuqlari, kamchiliklarini topish va qog‘ozga tushirish emas, balki o‘qituvchining pedagogik mahoratiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va yangicha yondashuvni shakllantirishda uning o‘ziga xos usuli, metodlarini tanlash va qo‘llay olishida hamda o‘quv jarayonini takomillashtirishda muhim bir vositadir. Demak, tahlilni, to‘g‘rirog‘i, dars kuzatuvini chuqur o‘ylangan reja asosida bajarish lozim.
    Eng birinchi navbatda, kuzatuv ostida SHAXSga, ya’ni INSONga nisbatan hurmat ta­lab etiladi. Ikkinchi o‘rinda, tahlildan maqsad nima ekani oydinlashtiriladi. O‘qituvchi faoliyati sirtdan kuzatiladi: taj­riba almashish, metodik yordam be­rish, pedagogik va psixo­logik yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish kabi. Ko‘plab o‘qituvchilarning kasbiga muhabbatni shakllantirishda ham, aksincha tanlagan kasbidan pushaymonlik hissi paydo bo‘lishiga ham to‘g‘ri va noto‘g‘ri dars tahlillari sabab bo‘ladi. Deylik, hali ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan o‘qituv­chining darsiga kirishdan avval o‘zi bilan suhbat olib borish va tahlildan maqsad unga har tomonlama yordam berish ekanini aytish zarur. Yoki ba’zi ustozlarning o‘quvchilar bilan kelisha olmasliklari haqida eshitib qolasiz. Bunday holatlarda bolalarni psixologik o‘rganish metodlari bilan tanishtirish, darsga jalb etish usullarini topishda ko‘maklashiladi.
    Bilimi juda kuchli-yu, mahorati sust muallimlarga mavzuni yoritishga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiya­laridan qay tarzda foydala­nish bo‘yicha tajriba almashish ham maqsadga muvofiq. Bu borada ko‘p yillik tajribaga ega pedagoglarning va jamoada ijodiy muhitni yaratuv­chi rahbarlar­ning samimiy harakatlari yosh muallimlarni ruhlantiradi. Shundan so‘ng, qog‘ozdagi tahlil samarasi amalda ham o‘z natijasi­ni ko‘rsatadi. Shundagina dars tahlili xatolarni ko‘rsatish uchun emas, sifat­li ta’lim-tarbiya be­rish uchun zaruriy jarayon ekani anglanadi va hamma birdek ijobiy munosabat bildiradi.

    E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


    Download 249,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 249,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsni tahlil qilishdan maqsad xatolarni izlash emas balki

    Download 249,46 Kb.