Dars deb bevosita o'qituvchining rahbarligida muayyan o'quvchilar gurihi bilan olib boriladigan ta'lim mashg'ulotiga aytiladi




Download 249,46 Kb.
bet3/6
Sana18.12.2023
Hajmi249,46 Kb.
#122485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish prizentatsiyasi

Dars deb bevosita o'qituvchining rahbarligida muayyan o'quvchilar gurihi bilan olib boriladigan ta'lim mashg'ulotiga aytiladi. Dars - o'quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars - o'quv ishlarining markaziy qismidir. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib borilmoqda:
1. Dars mashg'uloti asosan 45 minutga mo'ljallangan bo'lib, qat'iy jadval orqali olib boriladi.
2. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko'ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo'ladi.
3. Dars bevosita o'qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars o'tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma - xil usullar orqali olib boriladi.
Ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o'zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib tashkil etiladi.
Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg'ulot o'qituvchining kundalik o'quv materiallarini tizimli bayon qilib berishni, xilma - xil usullardan foydalanishni, o'quvchilarning bilim va ko'nikma, malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi. O'qituvchi dars materiallarini bayon qilish jarayonida o'quvchilarga muammoli vaziyat tug'diradigan savollar bersa va javob qidirsa, fikrlash va izlanishlar yo'li bilan mavzu materiallari puxta o'zlashtirilib oladigan bo'ladilar. Bunday holatda umumsinf jamoasi va har qaysi o'quvchining o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan bo'lishi kerak. Hozirgi kunda darsda uzoqdan - uzoq vaqt sarflab o'quvchilarning bilimini aniqlash va baholash,
bilimlarni bayon qilish va mustahkamlashda o'quvchilar ishtirokini cheklab qo'yish habi holatlarga barham berildi. Bilimlarni bayon qilish jarayonida o'quvchilar faolligi (og'zaki yoki yozma mashqlar, labaratoriya - tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga solinmog'i kerak bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, o'quvchilarning oldindan o'zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga xizmat qiladi va to'g'ri baholash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birgalikda, o'quvchilarning mustaqil mantiqiy fikr yuritishlari, qunt, irodani mustahkamlash, nutq madaniyatini rivojlantirish, tegishli ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishda mustaqil ishning ahamiyati doim diqqat markazida bo'lishi, dars jarayonini shu maqsadga muvofiq qurish nazarda tutilishi kerak. Dars jarayonida o'tilayotgan o'quv materiallarining boshqa fanlarga aloqador mavzulari bilan bog'liqligini ko'rsatish ham eng muhim ahamiyatga egadir. Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko'ra zamonaviy darsning o'ziga xos xususiyatlari.
Dars - yuqorida aytib o'tilgandek, o'qitishni tashkil etishning o'zgarmas shakli emas. O'quv amaliyotida va pedagogik tafakkur doimo darsni takomillashtirish yo'llarini izlaydi4. Turli - tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi kerak bo'ladi:
1. Har bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo'lishi kerak.
2.Har bir dars mustahkam g'oyaviy - siyosiy yo'nalishlarga ega bo'lishi kerak.
3. Har bir dars hayot bilan, amaliyot bilan bog'langan bo'lishi kerak.
4. Har bir dars xilma - xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilishi kerak.
5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejash, undan unumli foydalanish kerak.
6. Har bir dars o'qituvchi va o'quvchilarning faolligi va birligini ta'minlab berishi kerak.
7. Darsda o'quv materiallarining mazmuniga oid ko'rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish kerak bo'ladi.
8. Dars mashg'ulotini butun sinf bilan umumiy olib borish bilan har qaysi o'quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.
9. Har bir darsda mavzuning harakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojat qilish va undan unumli foydalanish kerak. Shu bilan birgalikda ko'plab imkoniyatlarni va yangiliklarni qidirib topish kerak bo'ladi. Shundagina darslarimiz qiziqarli va tushunarli bo'lishiga imkon yaratgan bo'lamiz.

Download 249,46 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 249,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars deb bevosita o'qituvchining rahbarligida muayyan o'quvchilar gurihi bilan olib boriladigan ta'lim mashg'ulotiga aytiladi

Download 249,46 Kb.