• 1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 2. Otilgan materiallarni mustahkamlash darsi. 3. Takroriy - umumlashtiruvchi va kirish darslari.
  • 1.Yangi bilimlarni bayon qilish. 2.Yangi bilimlarni mustahkamlash. 3.Yangi bilimlar ustida mashq qilish.
  • Zaxriddin Muxammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti atkif-mt yo’nalishining 2-bosqich ki-ki 1-guruh talabasi Temirova Orifaning




    Download 249,46 Kb.
    bet4/6
    Sana18.12.2023
    Hajmi249,46 Kb.
    #122485
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqil ish prizentatsiyasi

    Darsning turlari va mazmuni
    Bir soatlik darsga mo'ljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg'ulot turi dars turi deb yuritiladi. Ta'lim tizimida eng ko'p qo'llaniladigan dars turlari quyidagilardan iborat:
    1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
    2. O'tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.
    3. Takroriy - umumlashtiruvchi va kirish darslari.
    4. O'quvchilarning bilim va malaka, ko'nikmalarini tekshirish va baholash darsi.
    5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birgalikda qo'llanilishi tushiniladi).
    Har bir dars turining ma'lum tuzilishi va xususiyatlari bor. Bu narsalar esa, o'qituvchining o'quv materialini to'g'ri va samarali tushintirishga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning o'zlashtirilishini nazorat qilib borishga yordam beradi. Ma'lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashg'ulotlarda ikkinchi, hatto uchinchi bir dars turining elementlari bo'lishi mumkin. Masalan, o'quv yurtlarimizda eng ko'p qo'llaniladigan dars turlaridan biri - yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagi guruhlarga bo'linadi:
    1.Yangi bilimlarni bayon qilish.
    2.Yangi bilimlarni mustahkamlash.
    3.Yangi bilimlar ustida mashq qilish.
    4.Yangi bilimlarga bog'liq holda uy vazifalarini topshirish.
    Demak, dars bishidan oxirigacha bir dars turi bilan olib borilmaydi. Balki, shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (ikkinchi bir dars turi elementi - savol javob o'tkazish), yangi bilimlar ustida mashq o'tkazish (uchinchi bir dars turi element -masala va misollar yechtirish, Grammatik tahlil, grafik ishlar olib borish), uyga vazifa kabi ko'plab turlarini qo'llash mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarga yangidan - yangi bilimlarni berishga qaratilgan bo'lsa, butun didaktik usullar shu o'tiladigan mavzuga moslashtiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb yuritiladi. Ma'lum bir dars turi bilan ish olib borilayotganda, boshqa bir dars elementlari asosiy dars turidan o'rin olishi va ayni paytda asosiy dars turning tuzilishini, uning qismlarini anglatadi. Biroq, dars turlari tuzilishidagi har qanday qism didsktik usul dars tuzilishi bo'lavermaydi.
    U o'qitish usuli bilan bog'langandagina dars tuzilishini tashkil qila oladi. Ya'ni dars tuzilishining o'zgarishi bilanoq dars olib boorish usuli ham o'zgaradi, yangilanadi. Bu bilan darsning yangi bosqichi boshlanadi. Dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o'tishi va shu orqali darsning shakli hamda usullarining o'zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. Masalan,

    Download 249,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 249,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zaxriddin Muxammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti atkif-mt yo’nalishining 2-bosqich ki-ki 1-guruh talabasi Temirova Orifaning

    Download 249,46 Kb.