• ____________________________ ________________________ (Ф.И.Ш) (имзо) “_____” _________2020й Annotatsiya
  • Ўзбекистон республикаси халқ таьлими вазирлиги




    Download 55.25 Kb.
    bet3/4
    Sana23.08.2022
    Hajmi55.25 Kb.
    #25353
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Malakaviy ish. Ortiqova
    5641270, test1, ta-limda-innovatsion-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish-davr-talabi-bo-lib-u-ta-lim-sifatini-oshirishga-xizmat-qiladi, Komputer tashkil etish Amaliy, Моденов П С Аналитическая геометрия, 1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari, 1- Mavzu Mutax, TURKIY TILLARNING FONETIK TIZIMIDAGI O\'ZGARISHLAR, RANGLI QOG\'OZDAN BAYRAM TABRIKNOMASINI YASASH, forex kalkulyator, Mundarija kirish I. Bob. Motiv muammosi va uning yechimiga doir , 1. Algebraik va geometrik materiallarni o‘rgatishda axborot texn-fayllar.org, sst-stx-15-22 MIT Isaqov Qahramon
    Тақризчининг хулосаси:
    Тингловчи_________________ Teshayeva Norjon________нинг малака иши___18__балл билан баҳоланганини ҳисобга олиб, малака иши якуний аттестация комиссиясида ҳимояга тавсия қилинади (тавсия қилинмайди).
    Раҳбар (тақризчи): ____________________________ ________________________
    (Ф.И.Ш) (имзо)
    “_____” _________2020й

    Annotatsiya
    Ushbu bitiruv malaka ishi “Turob To`laning “Do`nan” hikoyasini o`tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llash usullari ” mavzusida bo`lib, 5 ta asosiy rejadan iborat. Ishni yoritishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali qo`llandi. Jumladan: “Klaster”, “Galereya”, “Toifalash jadvali”, “Tushunchalar tahlili”, “Lahzalik aql charxi”, “To`liqsiz maktub” yoki “Chala xat” metodlari asosida mavzuning asosiy g`oyasi yanada ochib berildi. Ish yakunlanib, mavzu yuzasidan tavsiyalar berilib, xulosalandi. Ish tugatildi, 29 sahifada ifodalandi. Foydalanilan adabiyotlar ro`yxati ilova qilindi. Bitiruv malaka ishi BMI talablari asosida 14 shrift, Times New Roman yozuvida, 1,5 interval asosida, o`ng tomondan 2 sm, pastki va tepa qizmidan 1,5, chap tomondan 3 sm oraliq masofada yozib bitkazildi.

    MUNDARIJA


    KIRISH. Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi……………........
    I BOB. TUROB TO’LA HAYOTI VA IJODI HAQIDA
    1.1.Umumta’lim maktablarida Turob To’la tarjimai holini о‘rganilishi…...
    II BOB. TUROB TO’LA HAYOTI VA IJODI HAMDA “DO’NAN” HIKOYASINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
    2.1. 6–sinfda “Yetti zog’ara qissasi”dan keltirilgan parchani о‘rganishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o’rni …………………………….….
    XULOSA . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………….... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR . . . . . . . . . . . . . .. ………….. …...
    ILOVALAR

    Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalombor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli tafakkurga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog‘liq…


    I. A. Karimov
    KIRISH
    Erishilgan milliy davlat mustaqilligini mustahkamlash, istiqboldagi buyuk davlatni barpo qilish, avvalo, yoshlarni milliy g‘oya va mafkura ruhida, Vatanning haqiqiy fidoyilari qilib tarbiyalash ta’lim-tarbiya tizimi oldidagi muhim tarixiy vazifalardandir. Bu borada О‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A Karimov: “Ma’naviy jihatdan barkamol insonni tarbiyalash, ta’lim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy uyg‘onish g‘oyasi asosida ma’naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga yetkazish – davlatimizning eng muhim vazifalaridan biridir” , – degan edi. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida ham yozuvchi-shoirlar ijodini chuqur о‘rganish emas, kо‘p sonli ijodkorlarni о‘qitish an’anasi kuzatiladi. Bizning fikrimizcha, buning о‘rniga, ijodkorlar sanoqini kamaytirib, о‘zbek adabiyoti taraqqiyotida munosib hissa qо‘shgan shoir-u ijodkorlar yaratgan durdona asarlarni chuqurroq о‘rganish kerak, deb о‘ylaymiz. Masalan: Bizlarga ma’lumki, sevimli yozuvchimiz Turob To’laning hayoti va ijodi umumta’lim maktablarida о‘tilib kelinadi. Hozirgi kunga kelib esa yangi programma bо‘yicha yozuvchining hayoti va ijodi о‘tishga mо‘ljallangan reja quyidagichadir: VI sinf. Adabiyot darslik–majmudan о‘rin olgan Turob To’la hayoti va ijodini о‘rganish uchun-1soat, “Do’nan” hikoyasini о‘rganish uchun2soat , jami: 3 soat ajratilgan. Bunda hikoya haqida nazariy tushuncha ham shu 3 soat ichiga kiritilgan.
    Umumta’lim maktablari adabiy ta’limida nasriy asarlarni о‘rganishning о‘z maqsad va vazifalari mavjud. Shu о‘rinda, A.Zunnunovning “Badiiy asar tahlili metodikasi” nomli qо‘llanmasida umumta’lim maktablarining 5–9–sinflardagi tahlilning о‘zaro farqli jihatlari, ifodali о‘qish – badiiy asarni о‘zlashtirishning faol usuli ekanligi, asarlarni tahlil qilishda kо‘rgazmalilikdan foydalanish kabi masalalar yoritilganini eslab о‘tish joiz. Shu jihatdan, turli sinflardagi adabiy tahlilning maqsad va vazifalari о‘zaro farqlanadi. Ammo adabiy asarni о‘rganishda xususiy holatlardan tashqari umumiy holatlar ham bо‘ladi. Darslik mualliflari esa badiiy tahlilga kirishishda о‘qituvchidan quyidagilar talab etilishini alohida ta’kidlaydilar:
    a) darsni tashkil qilish;
    b) о‘quvchilarning emotsionallikni anglash faoliyatini о‘stirish, asarni о‘qish kо‘nikmalarini taraqqiy ettirish usullarini aniqlab olish . Darsning maqsad va vazifalarini belgilab olish zarurligi tushunarli, ammo barcha holatlarda tahlil usullarini oldindan aniqlab olishning iloji bormikan? Biz shu tо‘g‘ridagi mulohazalarimiz va takliflarimizni ilmiy tadqiqot ishimizda fikrlashdik.
    Mavzuning dolzarbligi. O‘zbеkiston Rеspublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar jamiyat taraqqiyotini ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimini joriy etish, shuningdеk, mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga еtkazishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ta'limiy islohotlarning ikkinchi – sifat bosqichi kеchayotgan mavjud sharoitda O‘zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da bеlgilangan vazifalarning to‘laqonli amalga oshirishga erishish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga tayangan holda dastur mazmuniga tеgishli o‘zgartirishlarni kiritish yo‘lida amaliy harakatlar olib borilmoqda.
    Mavzuning o‘rganilishi. Adabiy ta’limning sifatini oshirish va bu boradagi izlanishlarni umumlashtirish bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar amalga oshirilgan va hamon zamon bilan hamnafas holda metodik tadqiqotlar davom etmoqda. Adabiyot o‘qitishning dolzarb masalariga doir tadqiqotlar sirasiga S. Dolimov 1 , A. Zunnunov 2 , N.Hotamov, Q. Yo‘ldoshev 3 , B. 1 Dolimov S. Ubaydullayev H. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T., 1976. 4, R. Niyozmetova singari olimlarimizning ilmiy asarlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ammo qayd etilgan ishlarda aynan maktab o‘quvchilariga Turob To’laning “Yetti zog’ora qissasi” asaridan olingan” Do’nan” parchasini o’qitishning zamonaviy metodlariga masalasi alohida muammo sifatida o‘rganilmagan. Chunki ta'lim jarayoni ko‘p bosqichli yaxlit tizimga ega bo‘lib, uning har bir bosqichi ta'lim oluvchilarning yosh hamda o‘ziga xos xususiyati, ta'lim-tarbiya jarayonidagi intеllеktual qobiliyatiga hamda ta'limni izchil, tizimli va uzviy amalga oshirilishiga bog‘liqdir. O‘quv jarayonini tеxnologik yondashuvlar asosida tashkil etishda o‘quvchi Turob To’la ijodi va “ Do’nan”dagi asosiy g’oya va mazmuni alohida tadqiqot sifatida o‘rganilmagan.. Bu esa biz tanlagan bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi. Yangi asr o‘qituvchisini tayyorlashda uning pеdagogik-psixologik va intеllеktual salohiyat bo‘yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim bo‘yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tеxnologiyalari, ta'limning intеrfaol usullari va ilg‘or samarali mеtodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada birinchi prеzidеntimiz I.A.Karimov o‘zining «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» asarida O‘zbеkistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modеrnizatsiya modеli orqali amalga oshirish lozimligini ta'kidlagan . Bu muhim vazifani hal qilishning samarali yo‘llaridan biri mutaxassislarni ilmiy tadqiqot mеtodologiyasi bilan shug‘ullana oladigan qilib tayyorlashdan iboratdir. Ushbu muammo еchimini ham birinchi prеzidеntimiz o‘zining «Yuksak ma'naviyat – yеngilmas kuch» asarida “...farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli, yashaydigan komil insonlar etib voyaga еtkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo‘lishi lozim,” dеb ta'kidladi .
    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: “ Do’nan” asarini o‘rganish uchun belgilab olingan maqsadlar quyidagilar:
     Turob To’la ijodining asosiy g’oyasi va “Do’nan” asarini o‘rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘qitish;
     “Do’nan” hokoyasining tarbiyaviy tomonini o‘quvchilar ongiga singdirish va ezgulik ruhida tarbiyalash;
     Darslarni interfaol tarizda olib borish va dars samaradorligini oshirish;
     “Do’nan” asarining ma’rifiy-badiiy qimmatini aniqlash.
    Maktab o‘quvchilarida adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari asosida didaktik imkoniyatlarini aniqlash.
    Tadqiqot obyekti va predmeti. Turob To’laning “Yetti zog’ora qissasi”ning “Do’nan” hikoyasi, adabiyot darsliklari va bu mavzuga doir monografiyalar, dissertatsiyalar, hamda ilmiy maqolalarga tayaniladi.
    Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
    1. Ta'limni adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari asosida tashkil etish jarayoning mavjud holatini o‘rganish.
    2. Ta'limni adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari asosida tashkil etish jarayoni asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, mеtod va vositalarni bеlgilash.
    3. Ta'limni adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari asosida tashkil etish jarayoni asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan ilmiy-mеtodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularning samaradorligini aniqlash
    . 4. Turob To’laning “Yetti zog’ora qissasi” asarining “ Do’nan” hikoyasini adabiy-badiiy tahlil qilishning filologik-pеdagogik talqini.
    Bitiruv malakaviy ishning mеtodlari: BMI muammosiga oid pеdagogik, psixologik va mеtodik adabiyotlar mazmunini o‘rganish, nazariy jihatdan tahlil etish; maktab o‘quvchilarda ta'limni adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari asosida tashkil etishning mavjud holatini o‘rganish;
    pеdagogik kuzatuv;
    suhbat;
    ankеta so‘rovi;
    pеdagogik tajriba;
    matеmatik-statistik mеtod.
    Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi: Ish amalga oshirilish jarayonida maktab darsliklarida o‘quvchilarning o‘quv, bilim faoliyatini izchil shakllantirishga yo‘naltirilgan nazariy yondashuvlar bilan boyitildi. Shuningdek, “Do’nan” asarini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va tafsiyalar beriladi. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: O‘quv jarayonini yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etish omillari, yo‘llari, pеdagogik shart-sharoitlari ko‘rsatib bеrildi.

    I BOB. TUROB TO’LA HAYOTI VA IJODI HAQIDA.


    1.1.Umumta’lim maktablarida Turob To’la tarjimai holini о‘rganilishi
    Shu о‘rinda, metodist olim Q. Yо‘ldoshev “Adabiyot о‘qitishning ilmiy– nazariy asoslari” nomli qо‘llanmasida, shu tо‘g‘ridagi fikrlarni keltirishni lozim kо‘rdik : “...adabiyot darslarida hamisha yozuvchilarning tarjimai hollariga oid ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar, kо‘pincha, bir necha sinflarda takror–takror keltiriladi va biri–biridan jiddiy farq qilmaydi. Yuqori sinflarda esa tarjimai holga juda katta о‘rin ajratilib, adibning hayoti va ijod yо‘liga ancha batafsil tо‘xtalinadi. Shu vaqtga qadar amalda bо‘lib kelgan darsliklardagi bu xil ma’lumotlarda asosiy e’tibor adibning individual qiyofasini, inson sifatidagi о‘ziga xosligini, ijodkor sifatidagi ruhiyatini ochishiga emas, balki ayni shu jihatlarni kо‘rsatmaslikka xizmat qilar edi. Shuning uchun ham о‘quvchilarimiz adiblarni faqat ismu sharifi va yozgan asarlaridangina farqlay olishardi, xolos,” – deb yozgan va barchaning diqqatini yozuvchi hayoti va ijodini о‘rgatishdagi asosiy kamchiliklarga tortgan.
    Adabiyotshunos olim B. Tо‘xliyev esa, “Adabiyot о‘qitish metodikasi” nomli о‘quv qо‘llanmasida ham yozuvchi tarjimai holini о‘rgatish masalasiga tegishli quyidagi mulohazalarni bayon qilgan: “Badiiy asarlarni о‘rganishda uning muallifi haqidagi ma’lumotlar ham ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma’lumotlar kо‘pincha, asarning g‘oyaviy badiiy mazmunini teranroq anglashda, asarning ijtimoiy–estetik mohiyatini tо‘g‘ri belgilashda yordam beradi. Mazkur ma’lumotlar qayerlardan olinadi? Ularni adiblarni о‘zlari yozib qoldirgan tarjimai hollardan, adib haqida aytilgan zamondoshlari, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish–bilishlari yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin. Bu boradagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan materiallardir” . Darhaqiqat, mustaqillik davri adabiy ta’limining yetakchi xususiyatlarini о‘quvchi ma’naviyatini yuksaltirish, ijodkorning hayoti haqidagi ma’lumotlarni о‘rgatish vositasida yoshlarda ham yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatlarini tarkib toptirish, ularning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ijodkor shaxsiga xos namunaviy sifatlar ta’sirida о‘quvchilarning ilmga, san’at va adabiyotga mehrini, hurmatini о‘stirish; muayyan ijodkor ruhiyatini his qilish vositasida о‘quvchilarni о‘zga odamlar qalbini anglashga о‘rgatish, о‘zgalar dardini anglashga yо‘llash kabilar tashkil etdi. Adabiy asar va uning yaratuvchisini о‘quvchi о‘z tuyg‘ulari, fikr–mulohazalari orqali tanishi va anglashi lozimligi yangilangan pedagogik tafakkur tamoyiliga aylandi. Chunki ana shunday yо‘l bilangina san’at asarlariga nisbatan о‘quvchilarning nuqtai nazari, munosabati va muhabbatini shakllantirish mumkin. Adabiy ta’limning zamonaviylik tamoyili ham texnologik, ham muammoli izlanishga oid yondashuvni taqozo etadi. Lekin ularni о‘z о‘rnida, aniq maqsad asosida qо‘llash lozim. Shuni ta’kidlash joizki, ma’lum sharoitlarda bir mavzuni muammoli ta’lim usulida, ikkinchisini tadqiqot usulida о‘zlashtirish qulaydir. Shunisi ham borki, muallif shaxsiyati uning asarlarida turli darajada aks etishi mumkin. Demak, о‘quvchi “badiiy asarning ijodkor shaxsiyatining ifodachisi ekanligini anglab yetgandan keyingina asar mohiyati ham, uning muallifining nuqtai nazarlari ham о‘quvchiga tо‘laroq va teranroq tushuniladi. Shundagina muallifning adabiyotga, jamiyatga, shu xalq va millatga bо‘lgan muhabbati va xizmatlari tо‘la idrok etiladi” .
    Kо‘rinib turibdiki, yozuvchining tarjimai holini о‘rganish о‘quvchini adib yaratgan asarlarni tushinishga, idrok etishga qaysidir ma’noda ta’sir kо‘rsatar ekan, bunga albatta befarq qarab bо‘lmaydi. Binobarin о‘quvchi yozuvchining ichki dunyosi bilan yaqindan tanish bо‘lsa, uning shaxsiy fazilatlari, ijodiy yо‘li bilan unga nisbatan hurmat, muhabbat hissi paydo bо‘ladi. Shu sababdan yozuvchi tarjimai holini о‘rganishda uni о‘zi haqidagi ma’lumotlar bilan birga, qalamkash ijodkorlar va adabiyotshunos olimlar tomonidan berilgan adibning hayot yо‘li, badiiy uslubi haqidagi fikrlarga tayanish ham yaxshi samara beradi. “Chinakam badiiy asar–, degan edi A.Zunnunov– katta ijodiy mehnat mahsuli bо‘lib, ulug‘ yozuvchilar ijodining о‘zi “butkul bir dunyo”dir. О‘quvchilarni ana shu dunyo ichiga olib kirish uchun, avvalo adibning hayoti, shaxsi, g‘oyaviy–ijodiy izlanishlari tо‘g‘risida о‘quvchilarga hikoya qilib berish muhim ahamiyatga ega. Chunki, har bir yozuvchining о‘zicha fikrlash, yozish usuli bо‘ladi. Shuning uchun badiiy ijod jarayonini о‘rganish, yozuvchining ijodiy lobartoriyasiga kirish, uning xos sirlari bilan tanishish lozim. Bu bilan “uslub” tushunchasini, ijodiy jarayonni, yozuvchining individual uslubini chuqur, puxta о‘zlashtirishga zamin hozirlanadi”6 . Yozuvchining tarjimai holi haqidagi ma’lumot о‘quvchilar dunyoqarashini shakllantiradi, axloqiy fazilatlarini shakllantiradi. Chunki, yozuvchi о‘z jamiyatining ilg‘or fikrli kishisi bо‘lib, uning tarjimai holi ijodini, ijodi esa uning hayot yо‘lini bilib olish juda muhim hisoblanadi. Shu tamoyildan kelib chiqib qarasak, Turob To’lanfaqat asarlari bilan emas, balki bosib о‘tgan hayot yо‘li, о‘zining yaxshi fazilatlari bilan ham о‘quvchilarga katta ta’sir kо‘rsatadi.
    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Turob To‘la 1918-yilning 24-dekabrida hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turbat qishlog‘ida tug‘ilgan. Otaonasidan erta ayrilgan Turobjon bolalar uyida ta’lim-tarbiya oladi. 1934–1938-yillarda Toshkent teatr bilim yurtida, 1938– 1941-yillar oralig‘ida Toshkent pedagogika instituti til va adabiyot fakultetining kechki bo‘limida o‘qiydi, kunduzi esa ishlab, ijodiy va hayotiy tajribalarini boyitadi. O‘qishni bitirgach respublikamizning madaniy-ma’rifiy tashkilotlarida turli vazifalarda sidqidildan mehnat qiladi. Jumladan, yoshlar gazetasida adabiy xodim, O‘zbekiston Davlat radioeshittirish qo‘mitasida muharrir va suxandon, O‘zbekiston Davlat nashriyoti (O‘zdavnashr)da muharrir, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ssenariy bo‘limi mudiri, respublika Kinochilar uyushmasida kotib, Madaniyat vazirligi san’at ishlari boshqarmasi boshlig‘i, hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targ‘ib etish markazi rahbari singari vazifalarni bajaradi. Turob To‘la ijodiy faoliyatini 15–16 yoshidan boshlagan. Uning dastlabki to‘plami 1939-yilda «She’rlar» nomi bilan chop etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida shoirning «Shodligim» (1941-yil), «Tabassum» (1944-yil) nomli to‘plamlari e’lon qiTurob TO‘LA (1918–1990) 4 1 ! lindi. Ulardan joy olgan aksariyat asarlarda barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqining ham ko‘nglida to‘lib-toshgan fashizmga nafrat, tinch va osoyishta hayotni qo‘msash, urushga ketgan farzandlarini sog‘inish hislari badiiy ifoda etilgan edi. Urushdan keyin faol ijodiy mehnatga sho‘ng‘igan Turob To‘laning birin-ketin «Baxt tongotari» (1948-yil), «Muborakbod» (1949-yil), «Bolalar dostoni» (1950-yil), «Qanotlan, qo‘shiqlarim» (1955-yil), «Tanlangan asarlar» (1958-yil), «Oromijon» (1961-yil), «Gulyor» (1968-yil), «Oftob nayzada» (1974-yil) singari she’r va dostonlar to‘plamlari, zamondosh o‘zbek adabiyoti va san’ati namoyandalariga bag‘ishlangan «Nafosat» (1967-yil), «Kamalak» (1972-yil) nomli adabiy portret va xotiralar kitobi o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. Jumladan, shoirning «Qanotlan, qo‘shiqlarim» to‘plamidan o‘rin olgan aksariyat she’rlari («Hayo bilan», «Sumbula», «Ko‘- chalar», «Do‘ppi tikdim», «Sartarosh qo‘shig‘i» va boshqalar) respublikamizning ko‘plab iste’dodli san’atkorlari tomonidan qo‘shiq qilib kuylanib, xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi. Turob To‘la shu tariqa zamonaviy o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkor sifatida tanildi. Turob To‘la, bundan tashqari, bir qancha kinossenariylar yaratilishida, ular asosida milliy kinomizning nodir namunasi bo‘lib qolgan filmlar suratga olinishida ham faol ishtirok etdi. Ular orasida «Maftuningman», «Shashmaqom», «Furqat» singari mashhur filmlar bor. Ijodkor dramaturgiya sohasi rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shdi. Uning qalamiga mansub «Qizbuloq», «Nodirabegim», «Momo yer» pyesalari, «Zulmatdan ziyo», «Malikayi ayyor» opera librettolari hamda «Samarqand afsonasi» baleti librettolari respublikamiz teatrlari repertuaridan munosib o‘rin egalladi. 4 2 Turob To‘la Shekspirning «Qiyiq qizning quyulishi» komediyasini, Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Shevchenko, To‘qay asarlarini ona tilimizga mahorat bilan o‘girgan. Taniqli shoir, nosir, tarjimon va dramaturg Turob To‘la 1990-yil 20-aprelda olamdan o‘tgan. Serqirra ijodiy faoliyat sohibi Turob To‘la bolalar adabiyoti rivojiga ham befarq qaramagan. U yosh o‘quvchi do‘stlariga ajoyib tortiq sifatida 1981-yilda «Yetti zog‘ora qissasi» nomli o‘ziga xos nasriy asarini e’lon qiladi. Bu kitobni shuning uchun ham o‘ziga xos deyapmizki, unda bir necha nasriy janrlarda yaratilgan katta-kichik hikoyalar yagona syujet ipiga mohirlik bilan tizilgan. Ular orasida shoirning o‘z bolaligi bilan bog‘liq hayotiy hikoyalar, keksalardan eshitgan rivoyat, afsona, ertak va cho‘pchaklar, o‘zi to‘qigan ibratli voqealar bayoni bor. Asardagi badiiy lavhalarni bir-biriga mazmunan va ruhan bog‘lab turuvchi qahramonlar sifatida ko‘z o‘ngimizda «o‘ziga to‘q, tinch oilada katta bo‘lgan yolg‘iz o‘g‘il» – Toshtemir hamda unga «nihoyatda qiziq, ajoyib hikoyalarini, boshidan kechirganlarini» aytib berib charchamaydigan buvasi – Baxshilla maxsum gavdalanadi.

    II BOB. TUROB TO’LA HAYOTI VA IJODI HAMDA “DO’NAN” HIKOYASINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH


    2.1. 6–sinfda “Yetti zog’ara qissasi”dan keltirilgan parchani о‘rganishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o’rni

    Shoirlarning nasriy asar yozishi adabiyot tarixida ko‘p uchrayvermaydi. Ham she’rlari, ham nasriy asarlari bilan tanilgan ijodkorlardan biri esa Turob To‘ladir. «Yetti zog‘ora qissasi» shoir Turob To‘laning nasriy yo‘nalishda yozgan dastlabki asari edi. Agar aksariyat yozuvchilar nasrdagi ijodini kichik janrlardan, masalan, hikoyalar yozish bilan boshlagan bo‘lsa, Turob To‘la birdaniga yirik qissaga qo‘l uradi. Biroq, shunga qaramay, uning mazmun-mohiyati, kitob qahramonlarining jonli xarakteri, tili va uslubi muallifning bu borada katta muvaffaqiyatga erishganidan dalolat beradi. O‘qishidan ta’tilga chiqqan Siz tengi bola Toshtemir buvasi Baxshilla maxsumdan Turbat qishlog‘iga olib borishni iltimos qilishi bilan boshlangan bu qissa o‘nlab hikoya, afsona, rivoyat va ertaklarni o‘z ichiga oladi. Asosiy hikoyachi Baxshilla maxsumdir. U o‘z hayotida ko‘rgan-kechirganlarini, kattalardan eshitgan rivoyatlarni nabirasiga yo‘l davomida nihoyatda qiziqarli tarzda aytib boradi. Ularda turli zamon kishilarining birbiridan ibratli taqdiri, o‘quvchi e’tiborini o‘ziga tortib oladigan g‘ayritabiiy voqea-hodisalar hikoya qilinadi. Shunisi e’tiborliki, yozuvchi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan bu qissaga o‘z davrida qalamga olish taqiqlangan mavzularni ham dadil olib kiradi, yosh do‘stlariga milliy tariximizning shonli sahifalarini bildirib ketishdan cho‘chimaydi. Qissada, jumladan, buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur, diniy ma’rifatning ulug‘ namoyandalari, «xalqparvar siymolar» Ismoil ota, Avliyo ota, «sharq adabiyotining vallamatlaridan biri, butun Osiyoni aqlidroki bilan tebratgan» Xo‘ja Ahmad Yassaviy, «Navoiyni mahliyo qilgan donishmand», mashhur shoir Otoyi singari ulug‘lar hayoti va faoliyati chuqur ehtirom bilan tilga olinadi.


    Turob To‘laning bu mavzularga maxsus to‘xtalishi uning buyuk tarixga ega ona xalqi oldidagi farzandlik burchini teran anglagani va boshqalarga ham anglatmoqchi bo‘lganini ko‘rsatadi. Chunki o‘tgan asrning 70–80-yillarida, sobiq sho‘rolar mamlakatida xalqlar va milliy madaniyatlar tarixiga, millatlarning din-u diyonatiga past nazar bilan mensimay qaralar edi. Bu mavzularda ilmiy yoki badiiy izlanishlar olib borish qattiq ta’qib etilar, ijodkorlar ayovsiz tanqid ostida qolardilar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ta’kidlaganidek: «Bularning barchasi zamirida sovet mafkurasiga xos bo‘lgan, odamzodni tarixiy xotira, Vatan tuyg‘usidan judo qilishga qaratilgan g‘arazli intilishlar mujassam ekanini anglash, tushunish qiyin emas» (92-bet) edi. «Yetti zog‘ora qissasi» asarini o‘qir ekansiz, ona tilimiz – o‘zbek tilining qanchalar boy va shiraliligi, u orqali chizilgan tabiat va inson manzaralarining naqadar tiniqligiga ham guvoh bo‘lasiz. Muallifning badiiy mahoratini yuqoridagi mo‘jaz hikoya ham yaqqol ko‘rsatib turibdi. Toshtemirning buvasi o‘z bolaligidan xotira bo‘lib qolgan hodisani aytib berar ekan, biz unda bir emas, bir necha insonning takrorlanmas xarakteri bilan tanishamiz. Avvalo, do‘nan otiga xuddi o‘z jigaridek o‘rganib-bog‘lanib qolgan bola Baxshilla qalbidagi jonivorlarga shafqat va muhabbat hissi o‘quvchiga ham tezda yuqadi. Agar Do‘nanga Baxshillaning ko‘zi bilan qaralsa, uning «ot emas, odam» ekaniga bemalol ishonsa bo‘ladi. Do‘nanning uxlab yotgan egasini chaqmoqchi bo‘lgan ilon boshini majaqlashi ham, boshqa otlardek o‘rta ariqdan suv ichib ketavermay, Toshloqdagi buloq suvinigina ichishi ham, xuddi odamlarga o‘xshab yo‘lning o‘ng tomonidan yurishi ham shundan dalolat. Voqealar rivoji Baxshillani suygan otidan, otni esa boladan ajratish aslo mumkin emasligini ishonarli isbotlaydi. Inson va hayvonot olami, yaratilishidan ona tabiatning bir-birini to‘ldiruvchi, bir-biriga nihoyatda muhtoj farzandlari ekanini yana bir bor dildan his qilamiz. Baxshilla kimdandir, masalan, akasidan o‘ch olish maqsadida yoxud kimgadir, masalan, dadasiga achchiq qilib ovqat yeyishdan bosh tortmaydi, aslo. Uning hikoyasida «Hech ovqat tilamay qo‘ydi tabiatim, ishtaham bo‘g‘ilib qoldi, uch kunda qiltiriq bo‘lib qoldim, oyim qo‘rqib ketdilar, o‘zim ham» degan muhim ! o‘rin bor. Bu gapga alohida e’tibor qaratishimiz kerak, bolalar. Chunki faqat chinakam mehr, chinakam insoniy tuyg‘ulargina odamni shu ko‘yga solishi mumkin. Ya’ni yaxshi-yomon kunlarida doim yonida bo‘lgan, «onasining qornidan tushiboq, dingillab» unga «qaragan, bo‘ynini bo‘yniga solgan, ingichka-ingichka oyoqlari titrab turgan», «ko‘zlari katta-katta, kiyiknikiga o‘xshagan chiroyli» otidan birdaniga ayrilish Baxshillaning tabiatidan, hayoti mazmunidan juda katta narsani qo‘porib ketadi. Birdan uning qalbi, ichki va tashqi olami, ruhiyati bo‘mbo‘sh bo‘lib qolgandek, endi hayotning-da qizig‘i qolmagandek bo‘ladi. Mana shu holga tushgan kishining ko‘ngliga ovqatlanish yoki boshqa mashg‘ulot sig‘adimi? Baxshilla maxsum do‘nan otining sadoqatini eslab nabirasi Toshtemirga qarata: «Mana do‘st, bolam, mana o‘rtoq!» – deyishi ham Siz-u bizni o‘ylatishi kerak. Chunki birga o‘sish, birga yurish, birga o‘qish-u birga o‘ynashning o‘zi hali odamlarning chinakam do‘st bo‘lishlari uchun yetarli emasdir. Do‘stlik har ikki tomondan beg‘araz fidoyilikni, samimiy tuyg‘ularni, eng muhimi – juda katta sadoqat va vafodorlikni talab etadigan mas’uliyatli burchdir. Afsuski, ba’zan insonlar umrbod do‘stim deb yurgani o‘rtog‘idan emas, tilsiz-zabonsiz hayvonlardan shu noyob xislatlarni topadi. Baxshilla va Do‘nan o‘rtasida yillar davomida toblangan do‘stlik va mehr-u muhabbatni tushunish, his qilish ham boshqalarga oson kechmaydi. «Aybdor» sifatida Baxshillaning akasini – qachondir Do‘nandan «o‘xshatib tepki yegan» bolani ko‘rsatish mumkinmi? Bir qaraganda, albatta mumkin. U ham xuddi Baxshillaga o‘xshagan o‘zining chiroyli oti bo‘lishini, shunday otni bir o‘zi parvarishlab, xohlaganida minib, ko‘pkarilarda choptirib yurishni xohlashi mumkin-ku. O‘g‘il bola sifatida mana shunday orzusi bo‘lgan bolani birdan qoralashimiz qanday bo‘ladi? To‘g‘ri, uning bolaligiga borib otga g‘ayirlik qilishi, ukasining shuncha azob chekishiga sababchi bo‘lganini oqlash qiyin. Biroq u qilib qo‘ygan bu ishi qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilmagan edi-da. Agar buni bilganida, rostdan ham ukasini yomon ko‘rganida, uning boshida ota-onasiga qo‘shilib yig‘lab, tezroq tuzalishini istab iztirob chekarmidi? Otaning o‘z qadrdon do‘sti – mehmoniga otni berib yuborib, qanchalar iztirob chekkanini hammamiz his qilib turibmiz. Bir qaraganda u o‘g‘lini asrab qolish uchun otni olib ketgan odamning oldiga borib do‘nanni qaytarib olib kelishi mumkindek. Lekin u bu ishni qila olmaydi, hatto qishloq oqsoqoli fatvo (ruxsat) bersa ham qila olmaydi! Nega? Chunki o‘rtada ajdodlardan qolgan udum bor. Bu qishloqda aziz mehmonning ko‘ngliga yoqqan narsani unga berib yuborish – avvaldan kelayotgan, barcha amal qiladigan qattiq odat sanaladi. Kasal bo‘lib qolgan o‘g‘lini o‘ylamagani uchun emas, balki shu odatga xiyonat bo‘lib qolmasligi uchun «dadam bu ishni qilolmayman, deptilar. Kelib hammasini aytib, boshimda yig‘ladilar: «Bolam, menga, o‘zingga, onangga rahming kelsin, o‘zingni asra», – dedilar». Otani ayblashdan oldin behush farzandi ustida izillab yig‘layotgan, ikki o‘t orasida qolib bolasiga iltijo qilayotgan inson qalbidagi iztiroblarni tushunish va his qilish muhimroq, bizningcha. Balki bor «ayb»ni qo‘shni qishloqdan kelgan mehmonga to‘nkarmiz. Axir u otni olib ketmaganida, bu ishlar bo‘lmas edida. Lekin bu mehmon ko‘ziga chiroyli ko‘ringan, otxonada yer tepinib, gijinglab turgan do‘nan otning Baxshilla degan bola uchun nihoyatda qadrli ekanini qayoqdan bilsin? Qolaversa, u ham otning shaydosi, yaxshi ot boqishni xush ko‘radigan, otning tilini biladigan odam bo‘lishi mumkin-ku. Uyiga olib kelgan oti hech narsa yemay qo‘ygani, demakki, bu uyni xushlamaganini sezib ortga qaytarib keltirgani ham shundan dalolat bermaydimi? Ko‘ryapmizki, hikoyaning maqsadi kimnidir qoralash yoxud fosh etish emas ekan. Muallifning asl niyati – turli sabablar jamuljam bo‘lib yuzaga kelgan murakkab vaziyatga tushib qolgan odamlar va ... hayvonlarning nozik kechinmalarini Siz-u bizga yuqtirishdir. Biz bekorga hayvonlarga nisbatan ham «nozik kechinmalar» degan iborani ishlatganimiz yo‘q. Chunki asarda, asosan, Baxshilla boshidan o‘tgan hodisalar hikoya etilayotgandek tuyulsa-da, xuddi shunday holatga do‘nan ot ham to‘la-to‘kis duchor bo‘lganini his qilish qiyin emas. Buni otning, xuddi egasi Baxshillaga o‘xshab, «ko‘zi bor» mehmonni o‘ziga yaqin yo‘latmay «menga tegma, nari tur» degandek chiyirilib yer tepinib turishidan, yot xonadonda hech ovqat yemagani, suv ichmagani, nuqul kishnayvergani, oxir-oqibat ozib, qovurg‘alari sanalib qolganidan ham bilsak bo‘ladi. Birgina farqi – agar Baxshilla bir kecha-yu bir kunduz yig‘lagan bo‘lsa, Do‘nan tinimsiz kishnaydi. Uning bu kishnashi jonivorning achchiq yig‘isi edi, desak to‘g‘ri bo‘lar harqalay. «Do‘nan» asari, yuqorida ta’kidlanganidek, ko‘pni ko‘rgan qariya Baxshilla maxsum tilidan hikoya qilinadi. Shunga ko‘ra, yozuvchi qahramonining yoshi, tajribasi, o‘ziga xos gapirish uslubiga mos so‘zlar, iboralar tanlaydi, gaplarni og‘zaki nutqqa mos tarzda tuzadi. Buni birgina quyida keltirilgan parchada ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin: «Matansoy degan soyimiz bo‘lardi, juda bug‘doy bitkuchiydi. Go‘ja olib chiqdim-u, birozgina mashoq tersin deb boshini qo‘yib yubordim. O‘zim g‘aram soyasida, g‘ir-g‘ir shabadada mast bo‘lib yotdim, nafas o‘tmay uxlab qolibman. Bir mahal uyg‘onsam, oftob og‘ib qolgan, Do‘nanboy, mashoq qayoqda, o‘sha turgan joyida hali ham bir xil holatda turipti».
    Agar shu parchani adabiy tilning qoidalariga moslab tuzadigan bo‘lsak, mutlaqo boshqacha holat yuzaga kelishini Siz yaxshi bilasiz. Bunda, garchi, adabiy til qoidalari go‘yo to‘g‘rilansa-da, badiiy asar juda katta narsani yo‘qotishini ham sezib turibsiz. Chunki badiiy til har doim ham adabiy tilga to‘liq mos tushavermaydi. Ayniqsa, badiiy asar qahramoni tili, yuqorida ta’kidlanganidek, uning yashagan zamoni, yoshi, tajribasi, bilimi, kasbi, jinsi, dunyoqarashi va yana boshqa o‘nlab xususiyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Buni teran his etgan yozuvchi o‘z asarida har bir qahramonning nafaqat tashqi ko‘rinishida, balki tili va gapirish uslubida ham o‘ziga xoslikni ta’minlashning uddasidan chiqqan. Xulosa qilib aytganda, iste’dodli adib Turob To‘laning «Yetti zog‘ora qissasi» va undan joy olgan «Do‘nan» hikoyasi Siz-u bizning dunyoqarashimiz, didimiz, insoniy tuyg‘ularimiz boyishiga kuchli ta’sir qilishi bilan qadrlidir.
    Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab adabiy ta’limni milliy о‘zanlariga qaytarish masalasi milliy ta’lim tizimini yaratish, uzluksiz ta’limni isloh qilish kabi jiddiy muammolar yechimiga qaratilgan davlat qarorlari, hujjatlar va qonunlar asosida hal qilina boshlandi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni natijasida uzluksiz ta’limning yangi tizimi yuzaga keltirildi, har bir ta’lim bosqichini zarur о‘quv va metodik adabiyotlar, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash masalasi davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi “Badiiy asar – xoh u lirika, xoh nasr, xoh drama bо‘lsin – yozuvchining ijod mahsuli. Farzand ota–onasiga о‘xshamasligi mumkin emas. Badiiy asar tahlil, talqin qilinganda, tabiiyki, yozuvchining ruhiy holati, kayfiyati hisobga olinadi... Uni biografik metod yoxud badiiy asarga yozuvchi holati nuqtai nazaridan yondashish deyiladi”, – deb yozadi adabiyotshunos A.Rasulov . Ayni paytda har bir ijodkorning о‘ziga xos badiiy olami tomon о‘quvchini yetaklash, sо‘z sehrini tuydirish, gо‘zallik alomatlarini his qila oladigan, uni qadrlaydigan insonni voyaga yetkazish adabiy ta’limning bosh maqsad–muddaosi hisoblanadi. Yuqorida aytganimizdek, VI sinf “Adabiyot darslik–majmu”dan о‘rin olgan Turob To’la hayoti va ijodini о‘rganish uchun– 1soat, “Do’nan” hikoyasini о‘rganish uchun–2soat, jami: 3 soat ajratilgan. Bunda hikoya haqida nazariy tushuncha ham shu 3 soat ichiga kiritilgan. Yozuvchini hayoti va ijodini alohida о‘rganganligimiz sababli bevosita uni «Do’nan»hikoyasini о‘rgatish tо‘g‘risida о‘z tavsiyalarimizni beramiz. Avvalo texnologik xarita tuzib olamiz.
    Turob To’laning «Do’nan»hikoyasi
    darsining texnologik xaritasi
    Ish bоsqichlаri vа vаqti
    1- Tashkiliy qism (5–daqiqa) a) salomlashish;
    b) davomat nazorati;
    muhim yangiliklar (ingliz tilida)
    2- О‘tgan darsni sо‘rash (10 daqiqa)
    Yozuvchi qanday oilada dunyoga keldi?
    Qanday maktablarda о‘qidi?
    She’rlarini nomini bilasizmi?
    Qanday hikoyalar yozgan?
    Pyesasini nomi?
    Qanday romanlari bor?
    Qachon, qanday vafot etgan?
    Qachon, qanaqa mukofatlar olgan?
    3–asosiy bosqich. Yangi darsni о‘tish (20 daqiqa) .Adabiy talqindan foydalanib, о‘quvchi tomonidan badiiy asar tarkibining tо‘la tasavvur etilishiga erishish vositasida ijodkorning hayot hodisalariga munosabatini о‘rgatish. Bu jarayon samaradorligini ta’minlashga yordam beruvchi an’anaviy va noan’anaviy metod hamda usullardan foydalanish yо‘llarini yoritish. О‘quvchilarda tahlil malakasini takomillashtirish. О‘quvchini yozuvchiga kechinmadosh qilish orqali insonni tushunishga yо‘llash, ularda tuyg‘udoshlik xususiyatini shakllantirish omillarini belgilash orqali о‘quvchi ma’naviyatini tarbiyalash mumkinligini ilmiy– nazariy va amaliy jihatdan asoslab berish.
    4–bosqich. yakuniy bosqich (10 daqiqa) Mustahkamlash savollari ustida ishlash va о‘quvchilarni baholab, vazifa berish.
    I. Darsning maqsad va vazifalari:
    a) Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga Turob To’la hikоyalаridа rеаlistik хususiyatlаrning «Do’nan»hikoyasi misolida tushuntirib berib, о‘quvchilarda bilim va ko`nikma hosil qilish .
    b)Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning o`z yurtidan g`ururlanish ona Vatanga sadoqatli, aqlan barkamol, ruhan sog`lom, komil inson bо‘lib yetishishiga undash; v) Rivojlantiruvchi maqsad: О‘quvchilarni og‘zaki nutqini tafakkur, xotira idrok mashqi orqali rivojlantirish, o`quvchilarni adabiyot faniga qiziqishlarini oshirish, yozuvchi va shoirlik kasblariga yо‘naltirish
    . g) Vosita: Turob To’la portreti, adib asarlari, darslik asosida ko`rgazmali qurollar, slayd taqdimoti, tarqatma testlar, savollar
    d) Fanlar aro bog`liqlik: Milliy istiqlol go`oyasi, ona tili tarix
    e) Nazorat: og‘zaki nazorat, о‘z–о‘zini nazorat qilish
    j) Kuzatilgan natijalar: «Do’nan»hikoyasi tahlili vositasida о‘rganilayotgan matn mohiyatiga kirib borib, ijodkorning badiiy tafakkur tarzi va yaratuvchi shaxsga xos xususiyatlarini о‘quvchiga anglatish usullarini belgilash.
    z) Baholash: rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash
    II. Vazifa: «Do’nan»hikoyasi о‘rgatishda adabiy tahlil hamda talqindan foydalanish masalasini ilmiy–metodik muammo sifatida tadqiq etish.
    III. О‘quv jarayonining mazmuni: Turob To’laning «Do’nan»hikoyasi yangi o`zbek adabiyotidagi realistik hikoyadir. Hikoyada Baxshilla ismli sizlarga tengqur yigitchaning tilidan aytib beriladi.
    Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
    1)Turob To’la hayoti va ijodi haqida gapirib bering.
    2)”Do’nan” hikoyasida asosiy hikoyachi kim?
    3) Hikoyadagi obrazlarga tavsif berish.
    4) Asar mohiyatini muhokama qilish.
    5) “Do’nan” hikoyasidan yozuvchi ko`zlagan maqsad nima.
    7) Asardagi badiiy tasvir vositalari qaysi о‘rinda kо‘rinadi?
    Darsni yakunlash: О‘quvchila baholanib, uyga vazifa beriladi.
    “Do’nan” hikoyasini o’quvchilarga tushuntirishda quyidagi metodlardan ham foydalanish yuqori samara beradi. Bu o’rqali o’quvchilar dunyoqarashi, fikrlah doirasi va og’zaki nutqi yanada o’sishiga erishamiz.
    “VENN” DIAGRAMMASI , TOYIFALASH JADVALI AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY О‘QITISH METODLARI , “XULOSALASH” (Rezume, Veer). “ASSESMENT” METODI, BBB JADVALI O‘QITISH SHAKL VA USLUBLARI , “FSMU” METODI , T-SХЕMА.
    Ularning qo’llanish shakli quyidagicha:
    “Venn diagrammasi” metodi
    Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qoʻyish uchun qoʻllaniladi. Oʻquvchilarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari: oʻquvchilar ikki guruhga boʻlinadi; plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qoʻyiladi; har bir toʻgʻri fikrga qoʻyiladigan ball oldindan kelishib olinadi; qoʻyilgan topshiriq boʻyicha guruhlarning har qanday toʻgʻri yoki notoʻgʻri fikrlari bir oʻquvchi tomonidan ikki xil rangdagi flomasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi; kichik guruh ichidan biror oʻquvchi sheriklarining ismi-shariflari toʻgʻrisiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi; fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, oʻqituvchi va oʻquvchilar hamkorligida toʻgʻri va notoʻgʻri javoblar aniqlanadi; toʻgʻri javobga uch ball qoʻyiladigan boʻlsa, har bir notoʻgʻri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi; eng koʻp ball toʻplagan guruh gʻolib hisoblanib ular ragʻbatlantiriladi; bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning notoʻgʻrilari oʻchirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda oʻquvchilarga tabaqalashtirilgan ball qoʻyiladi. Venn diagrammasi metodini barcha sinflarda bir-biriga bogʻliq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi.
    “Xulosalash” (Rezyume, Veer) metodi Bu metod murakkab, koʻp tarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni oʻrganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari boʻyicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari boʻyicha oʻrganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda oʻquvchilarning mustaqil gʻoyalari, fikrlarini yozma va ogʻzaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” metodidan ma’ruza mashgʻulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashgʻulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.
    Assesment” inglizcha “assessment” so’zidan olingan bo’lib, “baho”, “baholash” ma’nolarini bildiradi. Assesment metodi talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to’plami bo’lib, u biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o’quv individual topshirig’i, bahs- munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatishi, rolli hamda ishbilarmonlik o’yinlari kabilardan tashkil topadi. Bu metod asosan quyidagi
    Download 55.25 Kb.
    1   2   3   4




    Download 55.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси халқ таьлими вазирлиги

    Download 55.25 Kb.