• Bolalar uchun mo‘ljallangan dorilar bolaning yoshini hisobga olgan holda dozalangan, korrigirlangan, kerakli samaradorlikga ega bo‘lgan va bolalar uchun qulay jihozlangan dori vositalar
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




    Download 13,81 Mb.
    bet3/117
    Sana23.07.2021
    Hajmi13,81 Mb.
    #15896
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
    O‘qitish maqsadi:Pediatrik dori turlarini texnologiyasini takomillashtirish. Bolalarga mo`ljallangan dorilarni jihozlashga oid nazariy va amaliy savollarni o1zlashtirish.

    Tayanch atama va iboralar: bolalar uchun dorilar, dozalash, korrigirlash, chaqaloqlik davri, dozis-faktor, Lenart usuli, yuborish usullari

    Tushuntirish matni

    Dttri fanining mazmuni, asosiy masalalar

    • 1-Bo‘lim: Yoshiga qarab beriladigan dori turlarini yaratishdagi muammolar

    • 2-bo‘lim: Steril dori turlari texnologiyasidagi muammolar

    • 3 – bo‘lim: Dori turlarini turg‘unlashtirish. Zamonaviy konservantlar va antioksidantlar

    • 4 bo‘lim: Radiofarmatsevtik preparatlar




    1. Pediatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarini yaratishdagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari

    Bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarni yaratish xozirga vaqtda Umumjaxon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan tibbiyotning va farmatsiyaning dolzarb muammolaridan biri deb belgilangan. Bunga asos:

    - bola organizmining qator o‘ziga xos taraflari mavjudligi;

    - undan tashqari respublikamizning 40% bolalar tashkil etadi sh.u. bolalar farmakotnrapiyasigi katta axamiyat berilishi);

    - dunyo miqyosida maxsus bolalar uchun yaratilgan dorilarni katastrofik etarli emasligi.

    Bolalar uchun mo‘ljallangan dorilar bolaning yoshini hisobga olgan holda dozalangan, korrigirlangan, kerakli samaradorlikga ega bo‘lgan va bolalar uchun qulay jihozlangan dori vositalar

    USSJ ma’lumotlariga ko‘ra xar yili dunyo bo‘yicha 1 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflanadi bolalarga kerak bo‘lmagan dorilar uchun ( yo‘talga qarshi. diareyaga qarshi, shamollashga qarshi) (www.magelan.su). Ulardan ko‘pchiligi befoyda, ayrimlari esa potensial zararli, faqat ayrim qismi bolalga kasalni engishga yordam beradi. Kator tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki- bolalar organizmi anatomo-fiziologik, psixosomatik tarafdan farqlanadi.



    Pediatriya amaliyotida bolalarning yoshi kuyidagi davrlarga bo‘linadi:

    1. Yangi tug‘ilgan davri 3 oygacha

    2. Emizikli davri 3 oydan 1 yilgacha

    3. Maktabdan oldingi davri 1 yoshdan 4 yoshgacha

    4. Maktabgacha bo‘lgan davri 4 yoshdan 7 yoshgacha

    5. Boshlang‘ich sinf yoshdagi davri 7 yoshdan 12 yoshgacha

    6. Yuqori sinf yoshdagi davri 12 yoshdan 16 yoshgacha


    Modda almashinuvi, biokimyoviy jarayonlarni sodir bo‘lishi, asab psixosomatik holati bolaning hayotidagi har bir bosqichida o‘zgacha bo‘lishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar dorilarni so‘rilish, tarqalish, metabolizm va tanadan chiqib ketish jarayonlarida o‘z ta’sirini ko‘rsatish mumkin. Dorilarni farmakokinetikasiga bola organizmining qaysi o‘ziga xos taraflari ko‘proq ta’sir kursatishini qo‘rib chiqamiz.

    1. Dorilarni so‘rilish bosqichida:

    A) o‘zgarishlar oshqozonda xloridvodorod kislotaning konsentratsiyasi nisbatan past bo‘lishi bilan bog‘lik. 1 oygacha bo‘lgan bolalarda oshqozon rN muhiti 5,8, 1 yil yoshdagi bolalarda –4,5 atrofida bo‘ladi. (Katta odamlarda 1,5-1,8 bo‘lishi kerak);

    B) oshqozon-ichak fermentlarini to‘la rivojlanmaganligi;

    С) tanada qon aylanishning tezligi (12 soniya chaqaloqlarda, 22 soniya katta odamlarda);

    G) o‘pkada xavo aylanish tezligi nisbatan yukori (chaqaloqlarda nafas xarakati 40-60 daqiqada bo‘lsa, katta odamlarda esa-15-18 ni tashkil etadi);

    Yuqorida keltirilgan bola organizmining o‘ziga xos taraflari dorilarni umumiy ta’sirini tez namoyon bo‘lishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa ular peroral va ingalyasion yo‘li bilan yuborilsa. Ayrim xolatlarda dorilarni salbiy ta’siri kuchayishi kuzatilish mumkin. Masalan, tetratsiklin preparatlari oshqozonda uzoq vaqt davomida so‘rilganligi (xloridvodorod kislotasining miкdori kam bo‘lganligi oqibatida) uchun skelet suyaklarining shikastlanishiga, tishlarning zararlanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu esa preparatni yosh bolalarga ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qiladi (8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tetratsiklinlarni berish tavsiya qilinmaydi).

    2. Bolalar organizmida dorilarning tarqalish jarayonida farqi kuyidagilarga bog‘liq:

    a) bolalarda gemato-ensefalik to‘siq yaxshi rivojlanmaganligi sababli qondan miyaning suyuqligiga moddalar tez so‘rilib o‘tishiga;

    b) qon zardobidagi oqsillar bilan dori moddaning bog‘lanish darajasi past. Shu sababli moddaning aktiv fraksiyalari uzoq vaqt davomida qonda saqlanadi, bu esa,albatta, dori moddaning dozasini kamaytirilishini talab qiladi;

    c) bola organizmida suv miqdori yuqori bo‘lishi (chaqaloqlarda o‘rtachatanadagi suv miqdori-74,7% bo‘lsa, katta odamlarda esa bu ko‘rsatkich 61,5 % tashkil etadi). Bu xolat suvda eruvchan preparatlarning bola tanasida tarqalishining o‘ziga xos bo‘lishiga sabab bo‘ladi)

    3. Dorilarning parchalanish, biotransformatsiya va eliminatsiya jarayonlarining farqi kuyidagilarga bog‘liq bo‘ladi;

    a) ferment, gormon sistemalarning to‘liq rivojlanmaganligi, ayniqsa jigar xujayralarida fermentlarning faoliyati etarli darajada bo‘lamaganligi uchun metabolizm tezligi susaygan bo‘ladi. Bu esa preparatlarning nojuya reaksiyalarini oshishiga olib kelishi mumkin. Masalan levomitsetinning yarim parchalanish vaqti 5 yoshli bolalarda 4 soat bo‘lsa, chaqaloqlarda bu vaqt 26 soatni tashkil etadi. Bu xolat preparatning salbiy reaksiyalarini kuchayishiga olib keladi (ko‘z nevriti, yurak-tomir sistemasini kollapsi);

    b) gidroksillash va demetillash jarayonlari to‘liq rivojlanmagan;

    c) buyrakda qon aylanishi 30-40% kam bo‘lganligi uchun dorilarning buyrak orqali chiqib ketishi ancha farq qiladi (50% gacha bo‘lishi mumkin). Bu dorilarning tanada uzoq vaqt saqlanishiga olib keladi (kumulyasiya). Shuning uchun qator preparatlarning bola tanasiga salbiy reaksiyalari ko‘zatilish mumkin. Masalan,yosh bolalarda anestezin metgemoglobinemiyaga, butadion gepatitga, ampitsillin allergik reaksiyalarga, kortikosteroidlar ( prednizolon, gidrokortizon) oshqozon yazvalariga, gipotiazid koma xolatlariga sababchi bo‘lishi mumkin.

    Ayrim xolatlarda dorilar bola organizmiga paradoksal reaksiya ko‘rsatish mumkin.

    4. Bulardan tashqari bolalarning asab sistemasi ham mustahkam emas. Ularning og‘riqqa, noxush hidga, ta’mga, rangga sezgirligi ancha yuqori. Bolalar asab sistemasining o‘ziga xosligi xam ularga dorilar yaratishda hisobga olinish lozim.

    5.Chaqaloqlik davrida bolalarni immunitet kuchlarini to‘la rivojlanmaganligi uchun mikroorganizmlarga sezgirliga yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dori turlari mikroblardan tozalangan bo‘lishi talab etadi.

    6. Yоsh bolalarda (7-8 yoshdagi) yutish refleksi to‘liq rivojlanmaganligi uchun, qattiq dorilarni ist’emol qilini qiyinlashadi.1

    7. Yоsh bolaning terisi nozikligi va shimib olish xususiyati yuqori bo‘lishi bilan farqlanadi. Bu esa ayrim moddalarni teridan tez so‘rilib ularni rezorbtiv ta’sirini kuchayishiga olib keladi. Shuning uchun bolaning terisiga surtiladigan preparatlar ehtiyotlik bilan qo‘llanilish lozim. Masalan, teriga yodni spirtli eritmalarini 5 yoshgacha, mentol saqlovchi surtmalarni burunga 1 yoshgacha, borat kislotasi preparatlarini esa umuman qo‘llash tavsiya etilmaydi.

    Yоsh bolalar tanasiga dorilarni salbiy reaksiyalarini darajasi yuqori bo‘lishini hisobga olib, ayrim preparatlarni bolalar amaliyotida qo‘llanilishi cheklangan yoki umuman ishlatish tavsiya etilmasligi to‘g‘risida, adabiyotlarda ma’lumotlar keltirilgan .

    Demak, yosh bolalarning farmakoterapiyasini samaradorligini ta’minlash uchun dorilarni yaratishda bola organizmining xususiyati va dorini ta’sirini hisobga olish kerak. Demak, bolalar organizmining fiziologik, psixologik, anatomik xususiyatlarini va dorilarning farmakokinetikasining o‘zgarishini hisobga olgan holda maxsus pediatrik dori turlarini yaratish dolzarb masala hisoblanadi.

    Bu masalani echishda dorilarni bolalarga to‘g‘ri dozalash masalasiga kata e’tibor beriladi.


    Download 13,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




    Download 13,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

    Download 13,81 Mb.